O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti


-MAVZU  HOZIRGI ADABIY JARAYON VA TARIXIY



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
9-MAVZU 
HOZIRGI ADABIY JARAYON VA TARIXIY 
ROMANCHILIK 
REJA: 
1.Istiqlol davrida tarixiy romanchilik taraqqiyoti. 
2.Tarixiy romanlar va ularning xususiyatlari. 
3.Tarixiy romanda tarixiy shaxs obrazi va badiiyati.
4.Istiqlol 
yillaridagi 
tarixiy 
romanlarga 
bir 
nazar 
(A.Dilmurodning ―Mahmud Tarobiy‖, ―Pahlovan Mahmud‖, 
Muahammad Alining ―Sarbodorlar‖, ―Ulug‗ saltanat‖, Xayriddi 
Begmatning ―Devona Mashrab‖, Saydulla Ziyoevning 
―Yassaviyning so‗ngi safari‖). 
Tayanch iboralar:
tarix, zamon, roman, hayot, haqiqat, 
talqin, istiqlol, tarixiy romn, taraqqiyot, adabiy tanqid.
Bu davrga kelib roman janri jiddiy o‗zgarishlarni
boshdan kechirdi. Jamiyat hayotida ro‗y berayotgan voqealar 
tezligi, zidiyatlari, ko‗lami bilan romannavislarni biroz shoshirib 
qo‗ydi. Aslida roman operativ, hozirjavob janr emas. U 
voqealarning tinishi, saragi sarakka, puchagi puchakka 
ajralishini kutadi, voqelik ustida jiddiy mulohaza yuritishni talab 
qiladi. Shu boisdan istiqlol davrining ilk bosqichida romanjanri 
o‗z o‗rnini adabiyotning hozirjavob, chopqir janrlari bo‗lgan 
she‘riyat va publitsistikaga bo‗shatib berdi. O‗zi esa ro‗y 
berayotgan voqea-hodisalarni jiddiy kuzata va tinishini kuta 
boshladi. Romanga bo‗lgan ehtiyojni qondirish uchun jahon 
adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjima qilinib, targ‗ib etila 
boshlandi. B.Pasternakning "Doktor jivago", A.Ribakovning 
"Arbati bolalari", N.Dumbadzening "Abadiyat qonuni", 
Ch.Aytmatovning 
"Asrga 
tatigulik 
kun", 
"Qiyomat", 
M.Bulgakovning "Usta va Margarita", Markesning "Yuz yil 


130 
tanholikda" kabi o‗z vaqtida nashr etilmagan romanlar shular 
jumlasidandir.
80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida 
jiddiy yangilanish belgilari ko‗zga tashlana boshlandi. Isteododli 
yozuvchi O‗.Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar", M.M. 
Do‗stning "Lolazor", O.Yoqubovning "Adolat manzili" 
romanlari adabiyotimizda yangi sahifa ochdi. Bu romanlar 
haqida ma‘lumot beraman. Shundan so‗ng, birin-ketin 
E.Samandarovning "Daryosini yo‗qotgan qirg‗oq", "Tangri 
qudug‗i", U.Nazarovning "Chayon yili", M.Mansurovning 
"Mangu jang", "Gunohi azim", O.Muxtorning "Egilgan bosh", 
"Ming bir qiyofa", "Ko‗zgu oldidagi odam", T.Murodning 
"Otamdan qolgan dalalar" romanlari dunyoga keldi va katta 
e‘tibor qozondi.
Istiqlol davriga kelib, tarixga munosabat o‗zgardi. Endi 
adiblardan tariximizni ro‗y-rost, bezak va qora bo‗yoqlarsiz 
tasvirlash talab qilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis 
adiblarning to‗rtinchi avlodi "labbay" deb javob berdi. Ular o‗z 
oldida tarixiy mavzuda ko‗plab talantli asarlar yaratish vazifasi 
turganligi hal qilinishini kutib turgan muammolar borligini 
anglab yetdilar va ularni hal etishga astoydil kirishdilar. Chunki 
xalqimiz uzoq tarixda ko‗rsatgan jasoratlari, qahramonligi 
to‗g‗risida hali yetarli so‗zlab berilgani yo‗q. Zero, adib I.Rahim 
kuyinib yozganidek, "Adabiyotimiz xalqimizning tarixi oldida, 
o‗tib ketgan qahramonlarimiz ruhi oldida va hozir ham ibrat 
bo'lib yashayotgan qsha davr pahlavonlari oldida katta qarzdor 
bo‗lib kelmoqda. Bu qarzni uzishni ham Vatanni himoya 
qilishdek jangovr burchimiz deb" bilishimiz lozim. 
Biz tariximizni sevamiz, hurmat qilamiz, usiz yashash 
qiyin. Chunki R.Hamzatov aytganidek, o‗tmish xalqimizning 


131 
shahodatnomasidir. Ma‘lumki,tariximizning sahifalari qonli 
fojialar va dahshatli dramalarga ham boydir. Biz albatta, ana shu 
fojia va dramatik holatlarni ham, ularni yenggan, omon chiqqan, 
o‗zining ulug‗vor va oliyjanob ruhini asrab qololgan, har doim 
adolat, haqiqat, ezgulik tantanasi uchun kurashgan, ularning bir 
kun emas, bir kuni albatta barqaror bo‗lishiga qattiq ishongan 
ajdodlarimizning nurli yo‗lini, otimizmini, barkamol, sog'lom 
irodasini ham ko‗rishni istaymiz. Shuning uchun tarixiy 
asarlarni 
mutolaa 
qilganda 
ulardagi 
ijtimoiy-tarixiy 
jarayonlarning markazida turgan yengilmas ajdodlarimiz qudrati 
va irodasini qidiramiz. Chunki tarix g'ildiragini xalq 
harakatlantiradi. 
Tarixiy roman janri xususida fikr yuritar ekanmiz, 
dastavval A.Qodiriyni, Oybekni esga olamiz. Har ikki tarixiy 
romannavis adabiyotida o'ziga xos yo‗nalishni boshlab 
berganlar. Agar A.Qodiriyning "O‗tgan kunlar" va "Mehrobdan 
chayon" romanlari markazida asosan tarixiy voqealar tursa, 
Oybekning "Navoiy" romanida tarixiy shaxs birinchi o‗ringa 
chiqdi. Tarixnavis adiblarning 3-to‗lqini har ikki ustoz 
san‘atkorlarning an‘analarini uyg'unlashtirib tasvirlashdi va 
natijada tarixiy roman 70 yillarda yuqori bosqichga ko‗tarildi. 
Bu parvozda O.Yoqubov, P.Qodirov, Mirmuhsin, M.Qoriyev 
kabilarning xizmati katta bo'ldi.
Tarixga murojaat qilishning o'ziga xos murakkab 
tomonlari bor. Avval yozuvchi qalamga olinayotgan davrni 
chuqur o‗rganishi, tarixiy haqiqatga tqla amal qilishi, ayni 
paytda tarixiy shaxslar hamda voqealarning zamonaviy ruhini 
aniqlab olishi va haqqoniy tasvirlashi lozim. Tarixiy materiallar 
ipi zamon bilan uzviy bog'lanmas ekan, binobarin, u o'z ruhi, 
g'oyasi bilan bugungi kunimizga xizmat qilmas ekan, bunday 


132 
tarixiy asar o'z vazifasini uddalay olmagan bo'ladi. Mustaqillik 
bergan imkoniyatlardan foydalanib tarixnavis adiblarning 4-
to‗lqini mamlakatimiz tarixining shu paytgacha qorong'i bo'lib 
kelgan tomonlarini yoritishga kirishdilar. Bular orasida 
M.Alining "Sarbadorlar", B.Ahmedovning "Amir Temur" nomli 
xronologik, M.Karimning "Mohlaroyim", M.Qoriyevning "Ibn 
Sino", 
X.Begmatning 
"Mehrig'onim 
qaydasan?", 
A.Dilmurodning "Maxmud Torobiy" singari romanlari e‘tiborga 
loyiqdir. Zero, tarixda ham, adabiyotda ham unutilganlar, oq 
dog'lar qolmasligi uchun harakat boshlandi. Bir paytlar 
yakkahokim kompartiya "qtmishni ideallashtirish, noinsofiy va 
notarixiy yondashishga, Temur kabi feodal zolimlar teatr 
sahnalarida, kino ekranlarida, kitoblar sahifalarida shu vaqtga 
qadar ko'zga tashlanib turishiga" chek qo'ygan edi. Tarixiy 
voqealar va shaxslarning paydo bo'lishi "ayrim yozuvchilarning 
mulohazasizligi, tarix haqiqatiga zid ish tutishi" deb 
bahalanardi. 
Shukurki, istiqlol bunday cheklashlarga barham berdi. 
Dastlab 
buyuk 
bobokalonlarimizni 
g'ubordan 
tozalash, 
tariximizga xolisona yondashish boshlandi. Mamlakatimizda 
ulutlarimizni ulug'lashga, buyuk zotlarning yubileylarini katta 
tantanalar bilan nishonlashga alohida eotibor berildi. Har yili 
biron bir tarixiy shaxsning ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy merosi, 
faoliyati yil davomida chuqur qrganila boshladi. Amir Temur 
yili, Yassaviy yili, Ulug'bek, Bahovuddin Naqshband, 
"Alpomish" dostoni, Jaloliddin Manguberdi yubileylari shular 
jumlasidandir. Amir Temur hayoti va faoliyati to'g'risida tarixchi 
olim, akademik B.Ahmedovning "Amir Temur" nomli tarixiy-
xronologik romanining dunyoga kelishi katta voqea bo'ldi. Unda 
muallif buyuk tarixchi, Amir Temur yurishlari va davlatning 


133 
boshqarishining tirik guvohi bo'lgan Sharafiddin Ali Yazdining
"Zafarnoma" asari asosida voqea-hodisalarga yondashadi. Amir 
Temur va sarbadorlar munosabiti to'g'risida M.Alining 
"Sarbadorlar" delogiya romani yaratildi. Unda sohibqiron Amir 
Temurning Turkiston tuprog'ida birinchi bo'lib mo'g'ullarga 
qaqshatqich zarba bergan sarbadorlarga xayrixohligi haqqoniy 
tasvirlangan. 
Xullas, 
mustaqillik 
tariximizga 
noxolis 
yondashish, uni bo‗yab, bezab ko‗rsatish tamoyillariga barham 
berdi. 
Bu davrda ko'proq zamonaviy mavzuda romanlar yaratildi. 
Bu romanlar orasida ayniqsa, T.Murodning "Otamdan qolgan 
dalalar", O.Muxtorning "Egilgan bosh", "Ming bir qiyofa", 
"Ko'zgu oldidagi odam", "Ffu", "Tepalikdagi xaroba", "Ayollar 
mamlakati va saltanati" kabi romanlari mashhur bo'ldi.
Omon Muxtor hozirgi adabiy jaryon - istiqlol davri 
adabiyotining eng sermahsul adibi sifatida shuhrat qozondi. U 
qisqa muddatda oltita roman yaratdi. Bu romanlar son jihatidan 
adibga shuhrat keltiribgina qolmadi, ayni paytda bu 
romanlarning shakli va mazmunidagi talay yangiliklar adabiy 
jamoatchilik eotiborini tortdi. O.Muxtor ijodi asardan-asarga 
qayralib borayotganligi bilangina emas, balki har bir romanining 
shaklining o'ziga xosligi, nutqiy ko'rinishlarining rang-
barangligi, 
syujet 
va 
kompozitsiyasining 
betakrorligi, 
qahramonlarining 
yangiligi, 
orginalligi, 
fikrlashi 
va 
duyoqarashining o'ziga xosligi, xulosalarining muhimligi bilan 
ajralib turadi. Uning romanlari badiiy adabiyotning bosh mezoni 
- shartlilik asosiga qurilgani, bayon manerasining yangiligi, 
voqealarning hayotiyligi, ayni paytda hayotda ro'y berishi 
mumkin bo'lmagan uydirmalar bilan chatishib ketishi, 
syujetning shiddatli davom etishi, kutilmagan almashinuvlar 


134 
zanjirining o'zaro bog'liqligi bilan qimmatlidir. Adabiy madaniy 
merosimizni 
o‗rganish, 
anglash 
va 
tadqiq 
etish 
adabiyotshunosligimizning asosiy vazifalaridan biridir. Badiiy 
adabiyotda insoning badiiy jihatdan mukammal obrazini 
yaratish eng murakkab masalalardan biridir. Adabiyot va san‘at 
jamiyat hayotida ma‘lum o‗rinni egallay boshlagan davrlardan 
boshlab insonni talqin qilishga, uning ijtimoiy hayotdagi o‗rinni, 
ruhiy dunyosidagi o‗zgarish va qarama- qarshiliklarni badiiy 
tadqiq qilishga intilib kelgan. Inson ruhiyatidagi ziddiyatlar,
ijtimoiy muhit, qishloq hayoti kabi hayot voqyeligini tadqiq 
etgan iste‘dodli romannavislardan biri Odil Yoqubovdir. Adib 
«Ko‗hna dunyo», «Ulug‗bek xazinasi», «Adolat manzili», 
«Diyonat», «Oq qushlar oppoq qushlar» romanlarining 
muallifidir. 
Yozuvchi Odil Yoqubovning tarixiy mavzudagi ijodiy 
izlanishlari 
jiddiy 
muvaffaqiyatga 
olib 
keldi. 
Voqyea
hodisalarni va xarakterlarni chuqur tahlil qilish, tasvirda 
yangilikka intilish natijasida adibning barcha asarlari adabiy 
tanqidda o‗ziga xos tarzda baholangan. Odil Yoqubov 
romanlari milliy romanchiligimiz poetikasiga qator yangiliklar 
olib kirdi. «Ko‗hna dunyo» romanida jahon madaniyatini 
yuksalishida o‗z hissasini qo‗shgan mutafakkirlar Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn Sino haqidagi badiiy asarlardan biridir. Asar o‗z 
davrida adabiyotshunos S. Mamajonov,
1
A. Kattabekov
2
, U. 
Normatov
3
, Z. Rahimjonov
4
lar kabi olimlar tomonidan tahlil 
qilingan. «Ko‗hna dunyo» romani tariximiz sarhadlarini, yetuk 
iste‘dod sohiblarining hayotini asos qilib olgan. Shuningdek, 
asarda yozuvchining ichki iztiroblari, ijtimoiy qarama- 
qarshiliklar adib ovozi orqali yanada yorqinroq namoyon 
bo‗ladi: 


135 
«…gumrohlarni insof va adolat yo‗liga solaman deb 
umrining eng ma‘sud damlarini yo‗qotdi, shu niyatda hatto 
ularga vazirlik ham qilib ko‗rdi, biroq, hayhot, shon- shuhrat 
ishqida yongan bu johil hokimlarning tuban istaklari oldida 
uning ezgu orzulari bamisoli toshga tekkan oynaday chil-chil 
sindi»
5
. Bu satrlar orqali Ibn Sino qalbidagi iztiroblarni yuzaga 
chiqargan. Chunki Ibn Sino hakim sifatida tanilgan bir davrda 
Buxoro va Samarqandni yakson qilgan o‗ziga bo‗ysindirgan
Mahmud Sultonni davolash uchun taklif qiladi. Asar 
qahramonning ruhiyatidagi iztiroblar yorqin lavhazlarda o‗z 
ifodasini topgan. Vatan sog‗inchi, darvishlik, ilm o‗rganish 
borasidagi o‗zga ellardagi hayotini do‗sti Shokalon o‗rtasidagi 
suhbat orqali yoritadi: «… Muroding qorin to‗ydirmoq bo‗lsa… 
yo anov qishloqqa, yo rabotga bor,-dedi hamon Ibn Sinodan 
nigohini uzmay.
-
Olloga hamdu sano o‗qib, rizq-ro‗zingni terib ye! 
Sabab, bu qirlarda daydib yuribsen, ey darvish?… Peshonaga 
yozilgani shu bo‗lsa ne qilay, ey bandai mo‗min?
-
… Tuyakashlik qil! Usting but, noning halol 
bo‗lur, faqir banda!… 
-
Tuyakash bo‗lishga keksalik qilaman!… 
-
Abu Ali ibn Sino darvish bo‗lmish? Dong‗i olamga ketgan 
hakimi davron ibn Sino devona kiyimida tilanchilik qilib 
yurmish? Bu ne hol yo parvardigor?.… tavallud topgan 
yurtingda sening noming odamlar tilida davri doston, sen 
bo‗lsang…»
Abu Ali ibn Sino ruhiyatidagi qarama-qarshiliklar bu 
satrlarda asosli ifodalangan. Hayot haqiqati qanchalik chuqur va 
ishonarli talqin qilinsa, qahramon kechinmalarini gavdalantirish 
ham o‗ziga xos tarzda namoyon bo‗ladi. Chunki, asarda talqin 


136 
qilingan voqyelik g‗oyatda rang-barng ziddiyatli, murakkab 
bo‗lib, bularning barchasi qahramonlar taqdirida, xarakterida, 
ichki dunyosida, kechinmalari, xatti-harakatlarida o‗z aksini
topadi. Shuning uchun ham badiiy haqiqat hayot haqiqatining 
chuqur tahlil qilinib, haqqoniy to‗laqonli obrazlar, xarakterlar, 
tiplarga singdirilgan shaklidir. Hayotdagi zarbalar Abu Ali ibn 
Sino qalbini larzaga soladi. U o‗z hayotidan emas, aksincha, 
Maxmud Sultonni Afshonani vayron qilganligini eshitib 
dahshatga tushadi:
- Eshitsang… Afshona xonavayron bo‗ldi, Abu Ali, 
xonavayron Bog‗ - rog‗lar jangovar fillar ostida toptaldi. Sen 
so‗rama, men yuragimni tig‗lamay, Abu Ali!» (157-bet). 
Shakolon boshini g‗amgin tebratib, ich-ichidan ham Abu 
Aliga, ham ona qishlog‗ining vayronaligidan, yolg‗iz farzandi 
sog‗inchidan azoblanardi. 
Bu 
voqyealar 
silsilasida 
Abu 
Alining 
xarakter 
shakillanishini anglaymiz. Adib Ibn Sino xarakterida ro‘y 
berishi lozim bo‗lgan o‗zgarishlarni asoslash uchun uning iroda 
yo‗nalishini ichki kechikmalar, dialogik nutqlar orqali namoyon 
qiladi. Adabiyotshunos H.Umurov bu haqida: «Barqaror 
xarakterlarning yaxshi va ko‗p qirraligi ularning muhitga, 
vaziyatga, sharoitga bo‗lgan munosabatlaridan hayot bilan 
bo‗lgan munosabatlaridan kelib chiqadi. Bu aloqa va munosabat 
ularning xislat va xususiyatlarini aniq namoyon qilsa
qahramonlarning murakkab sharoit sinoviga bardosh bera 
olishlari yoki bera olmasliklari ular xarakterining dramatizmini 
ta‘minlaydi», - deb yozadi
6

Umuman, 70 – 80 yillarga kelib o‗zbek romanchiligida 
yangicha 
tendensiyalar 
paydo 
bo‗lganini, 
umumjahon 
zamonaviy romanchiligi yutuqlari bilan sharqona badiiyat o‗ziga 


137 
xos tarzda birlashib borayotganini ko‗plab romanlarimiz asosida 
isbotlash mumkin. «Ko‗hna dunyo» romanida adibning o‗ziga 
xos uslubini ko‗ramiz. Asarda rivoya nutqi va usullari, 
hikoyachi va uning ko‗rinishlari, romanbop rivoyani namoyon 
qilgan mifalogik va fontastik unsurlar hamda syujet qurulishi, 
konflekt kabi poetik unsurlarni mahorat bilan yuzaga chiqargan. 
Romanda hikoya-rivoya xususiyatlarini, asosan epik usul 
tashkil qilib, undagi polifoniklik xarakteri esa muallif 
nutqining qahramon psixologiyasi, o‗zaro munosabatlar, peyzaj 
tasvirlarga nisbatan turli xil tasvirlarda o‗z ifodasini topadi. 
Ichki nutq barcha asarlarda uchrasa-da bu romanda eng 
xarakterli ichki monologlardan biri Sulton Mahmudning ichki 
nutqidir. Adib bu o‗rinlarda tuyg‗ular kuchini oshirish, realistik 
holatlarni ta‘minlash uchun o‗z ichki dunyolari, falsafalari, 
tuyg‗ularini izhor etishni asar qahramonlariga topshiradi. 
Asardagi Abul Hasanak, Sulton Maxmud, Ibn Sino, Ali 
G‘ariblarning ichki nutqini esa muallif qo‗shtirnoqda qayd qilib 
boradi. Yozuvchi o‗z asarida qahramonlar ichki nutqidan 
xarakterlarni chuqur tahlil qilish bilan birga, o‗z g‗oyaviy 
maqsadlari, 
orzu-istaklarini 
bayon 
qilish 
uchun 
ham 
foydalanadi. 
Iste‘dodli r 
оmannavis Pirimqul Qodirov tarixiy shaxs 
obrazini yaratishda o‗ziga xos uslubi, hayot haqiqatining jonli 
kartinalar orqali tasvirlashda o‗z iqtidoriga ega bo‗lgan 
ijodkorlardan biridir. Adibning «Yulduzli tunlar», «Humoyun va 
Akbar» ramonlari o‗z davridayoq adabiyotshunoslardan 
tamonidan yuqori baholanganligini alohida qayd etmoq zarur 
Pirimqul Qodirov keyingi yillarda tarix zarvaraqlaridan 
munosib o‗rin olgan, o‗z davrining yetuk oqila ayollaridan biri 
bo‗lib, temuriylar saroyida o‗ziga xos mavqyega ega bo‗lgan 


138 
Gavharshodbegim siymosini butun borilig‗icha tasvirlashga 
harakat etdi. Adibning bu boradagi tarixiy ramoni «Ona lochin 
vidosi» nomi bilan chop etildi.
To‗g‗ri, tarixiy asarlarda Gavharshodbegim siymosi u yoki, 
bu darajada talqin qilinganini ko‗ramiz. Ammo yozuvchi 
Pirimqul Qodirov davr nuqtayi nazaridan emas, balki 
Gavharshodbegimni butun ichki iztiroblari, tarix sahnasidagi 
faoliyati, Shoxruh 
va Ulug‗bek Mirzolarga bo‗lgan 
munosabatini asosli talqin qilishga intilgan. Ammo bungacha 
yaratilgan badiiy asarlarda Gavharshodbegim «salbiy shaxs»
sifatida talin qilganligini ko‗ramiz. Masalan: Maqsud 
Shayxzodaning «Mirzo Ulug‗bek», Odil Yoqubovning 
«Ulug‗bek xazinasi» kabi asarlari misolida yuqoridagi 
fikrimizni isbotlashimiz mumkin. Shuningdek, tarixiy ilmiy-
badiiy manbalarda ham bu kabi fikrlarni o‗qish mumkin. Chunki 
har qanday davr va ijtimoiy muhit o‗z davrining ilmiy, badiiy 
manbalariga muhrini bosadi, ya‘ni ma‘lum darajada o‗z ta‘sirini 
o‗tkazadi. Ilm ahli ba‘zan ijtimoiy sharoit tufayli o‗tmishni 
soxtalashtirishga majbur bo‗ladi va tarixiy jarayonlarni xolisona 
baholashning imkoniyati bo‗lmaydi. Har qanday badiiy asarni 
tahlil etishda o‗sha davr ijtimoiy muhitini ya‘ni davrdan 
ajratmasdan, o‗rganish lozim. Ana shunda bu asarlarning poetik 
xususiyati yanada yorqinroq namoyon bo‗ladi. Biz yuqorida 
tilga olgan «Mirzo Ulug‗bek» tragediyasi, «Ulug‗bek xazinasi» 
romanlarini o‗zbek adabiyotidagi yetuk asarlardan biri sifatida 
baholaymiz, faqat ma‘lum o‗rinlarda «tarix haqiqati, tarixiy 
shaxslar siymosi» ni talqin qilishdagi tasvirlarga diqqatimizni 
qaratmoqchimiz.
O‘zbek adabiyotining yetuk bilimdonlaridan biri Maqsud 
Shayxzodaning 
"Mirzo 
Ulug‗bek" 
tragediyasida


139 
Gavharshodbegim Ulug‗bek va Abdulatif o‗rtasiga nifoq solgan 
shaxs sifatida namoyon bo‗ladi. Bunday tasvirlar ham tarixiy 
voqelikka ziddir.
Bu misralardan ko‗rinadiki, Gavharshodbegim Abdulatif, 
Aloudavla, Abulqosim Bobirlar o‗rtasiga doimiy nifoq, adovat 
urug‗ini sepib turuvchi shaxs sifatida talqin qilinganligini 
guvohi bo‗lamiz. Tarix haqiqatiga zid talqinlardir. 
Tarix sahnasidagi faoliyati bilan olamga mashhur bo‗lgan 
Ulug‗bekni 
tarbiyalab, 
voyaga 
yetkazgan 
onaning 
munosabatlarini bunday talqin qilishida, albatta, davrning ya‘ni 
ijtimoiy muhitning ta‘sirini, sobiq sho‗ralar davrining salbiy 
ta‘sirini alohida qayd qilib o‗tmoq zarur. Axir, o‗sha sharoitda 
Ulug‗bek siymosini yaratishning o‗zi bir jasorat ekanligini 
bugungi kitobxon teranroq anglashi, yozuvchining emas, 
sharoitning ta‘sirini anglamoq lozim. Shunday bo‗lsa-da, biz
X1V asr va XV asrning ikkinchi yarmi haqida ma‘lumot 
beruvchi Abdurrazzoq Samarqonuniy «Matlai Sa‘dayn va 
majmuai bahrayin» asaridagi qo‗yidagi tarixiy faktga 
diqqatingizni tortmoqchimiz: «Hazrat haqoni Said Iroq va 
Ozarbayjon tomon yurish qilgan vaqtda mahdi ulyo 
Gavharshod og‗a dorussatana Hirotda turib qolgan va shahzoda 
Muhammad Jo‗gi bahodir volidoyi buzurgvoriga 
mulozimlikda edi… Shohzoda o‗zi Movarounnahrdan Hirotga 
kelishi mumkin ekanligi tufayli, mahdi ulyo Samarqandga 
kelsin, deb iltimos qildi». 
Darhaqiqat, tarixiy manbalarda qayd qilinishiga 1420 
yilning bahorida Hirotdan Samarqandga qarab Mahdi ulyo 
Gavharshodbegim yo‗l oladi. O‘z volidasini kutib olish 
maqsadida Mirzo Ulug‗bek Buxoroga yo‗l oladi va unga 
peshvoz chiqadi. Shundan keyin Bog‗i Chinorda podshaxona 


140 
tuy va xusravona ziyofat tuzildi hamda, bir necha kunni shod-
xurramlik bilan o‗tkazadi». 1420 yilning yoziga qadar 
Samarqandda Ulug‗bek saroyida bo‗lib, uning barcha ishlari 
bilan tanishadi va o‗zining ijodkorligini izhor etganligi qayd 
qilingan. Ko‗rinadiki, tarixiy manbalarda davr haqiqati, tarixiy 
voqyealar silsilasi o‗z ifodasini ma‘lum darajada ifodasini 
topgan. Ijodkor bu tarixiy manbalardagi voqyelikni o‗ziga xos 
tarzda bayon qilgan. Shu o‗rinda adabiyotshunos Sobir 
Mirvaliyevning qo‗yidagi fikrlarini keltirish o‗rinlidir: «Tarixiy 
janr tarixiy faktlarga suyanadi. Hatto undagi fantaziya va 
to‗qima ham ana shu fakt asosida quriladi. Lekin bu degan so‗z 
tarixiy janr faqat quruq faktlar yig‗indisidan iborat bo‗lishi 
kerak degan gap emas. Har qanday tarixiy fakt… aniqligidan 
qat‘iy nazar, badiiy to‗qimalarda berilmasa, obrazlilik bilan 
uyg‗unlashmasa u hyech qachon tarixiy – badiiy asar 
bo‗lolmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday tarixiy 
voqyea va fakt tarixiy asarga material bo‗lib xizmat qilishi 
mumkin. Faqat u yozuvchining mohir badiiy olami va 
dunyoqarashining chuqurligi, talanti, mahorati bilangina badiiy 
asarga aylanadi».
Haqiqatdan ham har qanday tarixiy janrdagi asar tarixiy 
faktlarga asoslanadi, ammo uni yozuvchi fantaziyasi asosida 
qayta jonlantiradi va unga tarixiy voqyealik yoki tarixiy fakt 
ma‘lum darajada asos bo‗lib xizmat qiladi. Xuddi mana shu 
holatni «Mirzo Ulug‗bek» tragediyasida yozuvchi tarix 
haqiqatiga zidlik borligini badiiy tasvirlar asosida uchratamiz. 
Buriboy Axmedovning «Mirzo Ulug‗bek» badiasida ham 
shu kabi fikrlar mavjud. Asarning «Xiyonat» bobida o‗qiymiz: 
«Shoxrux 850 yil zulhijja oyining 25-kuni (1447 yil, 12 mart) 
nabirasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray 


141 
viloyatiga qarashlik Pashovariy qishlog‗ida 72 yoshida olamdan 
o‗tdi... Bebem bo‗lsa shu payt yorug‗ dunyodan ko‗z yumgan 
yostiqdoshini emas, toju taxtni kimga topshirish ustida o‗yladi. 
Kim bunga munosib? Ulug‗bekmi, Alouddavlami, Abdulatifmi? 
To‗g‗ri, valiahd masalasi Shoxrux tirikligidayoq hal qilib 
qo‗yilgandi. Toju taxtni to‗ng‗ich o‗g‗li Mirzo Ulug‗bek 
egallashi 
kerak 
edi. 
Lekin 
tuqqan 
ona 
bo‗laturib 
Gavharshodbegim bu o‗g‗lini ko‗p ham xo‗sh ko‗rmasdi », - deb 
yozadi. 5
Asarda 
voqyea 
tasviri 
izchil 
davom 
ettirilib, 
Gavharshodbegimning ko‗rsatmasi bilan Abdulatif taxt tepasiga 
kelganligini ta‘kidlaydi. Tarixiy manbalarda Abdulatifni 
qattiyatli, bir so‗zli, ayniqsa, toju taxtga, sarkardalik ishlariga 
o‗ta qiziqqon shaxs sifatida ta‘riflaydi: «Mirzo Abdulatif, 
ehtiyotkorlik birlan ish tutmaydur, serzarda va dag‘al…… yigit. 
Elu yurtni odamlarga talon-taroj etdurdi, talon xalq oyining jabr-
zulmig‗a qoldi», - deb yozadi Abdurrazzoq Samarqandiy. 
Tarixiy nazar tashlaydigan bo‗lsak, Shoxrux mirzo 
vafotidan keyingi toj-taxt ko‗rashlarida Abdulatif o‗ziga xos 
yo‗l tutib hatto Gavharshod og‗ani ham ba‘zi beklarning 
ig‗vosiga ishonib, iztirobga soladi. «Mahd ulyoning niyatlari 
buzuqdir, tarxoniy amirlar birlan ish biriktirib sizni tuzoqqa 
ilintirmoq taraddudig‗a tushmushlar», - degan fikrlarga ishonadi 
va Gavharshod begimni zindonband qiladi. Abdulatif, 
Alouddavla o‗rtasidagi nizolar shu darajada keskinlashib 
boraveradi. Sodiq beklarning yordami bilan Alouddavla 
Gavharshod begimni Abdulatif zulmidan ozod etadi va uni asir 
oladi. Abdulatifni Alouddavlaning o‗zi so‗roq qiladi: - Ne vajdin 
o‗z onangga, ma‘firat nishon bobongg‗a bu tavr yomonlik 
qilding? – qilmishg‗a yarasha jazo topib turibmenku, mirzo 1», - 


142 
deya javob qaytaradi. Bu savol javobda Abdulatif sir boy 
bermasdan o‗zini mag‘rur tutishga harakat qiladi. Alauddavlaga 
dag‗al javob qaytarmoqchi bo‗ladi, ammo uning vojohatidan 
ikkilanib, biror kori hol yuz bermasligi uchun yumshoqroq javob 
qaytarishga majbur bo‗ladi.Chunki Gavharshod begim ham aslo 
kechirmasligi mumkin degan xayollarga boradi. Tarixchi olim 
Bo‗riboy Axmedov o‗sha davrning ziddiyatli voqyealarini, toju 
taxt kurashlarini, shahzodalar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni 
jonlantira olgan.
Sohibqiron Amir Temur hukmronligidan keyin qirq yilga 
yaqin Shoxruh Xurosonu Mavarounnahrga hukmronlik qildi. 
Uning davrida xalq osayishta, har holda jangu jadallar bir oz 
bo‗lsa-da, kamaygan bir davr bo‗ldi. Uning vafotidan keyin esa 
o‗zaro nizolar tinimsiz avj olib borar, Ulug‗bek mirzo esa uning 
oldini olishga ojizlik qilardi. Chunki Shoxruh tirikligidayoq 
Shibirg‗on, Kunduz va Ba‘lon viloyatlkari, Mirzo Abubakrga 
Badaxshonga tutash bo‗lgan Xuttalon, Arxang va Sosh Saroy 
viloyatlari berilgan bo‗lsa, Samarqand esa Ulug‗bek Mirzo 
tasarrufida edi. Shoxruh vafotidan keyin esa, Abubakr og‗asi 
Muhammad qo‘shiniga qarshi chiqish uning viloyatlarini o‗ziga 
qaratib oladi, tez orada esa Bayexga ko‗chib borib uning qal‘a 
va istehkomlarini o‗zi uchun mustahkamlay boshlaydi. Xuroson 
va Hirotni Alouddavla Astrobodni Abulqosim Bobur, G‘arbiy 
Eron bilan Forsni Sulton Muhammad, Ozarboyjonni Temuriylar 
qo‗lidan tortib olgan Jahonshoh turkmanlarni ko‗z oldiga 
keltirgan Mirzo Ulug‗bek arosatda qolardi. Buyuk bir 
imperiyaning parchalanish davri yetganligidan otasi Shoxruh esa 
Temurdek mohir sarkardaligini ko‗z oldiga keltirdi. Shoxruh 
mirzo davrida osoyishta xayot kechirgan Ulug‗bek mirzo 
otasining naqadar buyukligini ich-ichidan his etardi. Keyingi 


143 
davrdagi nizolar, o‗zaro urushlar Shoxruh mirzoning 
hukmronlik davrini eslashga majbur qilardi. Yana Abdurrazzoq 
Samarqandiyning qaydlariga e‘tibor beraylik: «Davlat va 
dinning qutbi xazrat sohibqiron amir Temur ko‗ragonning 
haqiqiy vorisi va olamni zabt etgan u Jahonshohning ko‗z nuri,
xashdalik va sultonlikning, dunyo va dinning ko‗makchisi 
bo‗lmish hazrat haqoni Said mirzo Shoxruh bahodir jahon 
saltanati taxtini o‗z humoyun sifat zotining shu‘lasiga musharraf 
qildi va uning adolat oftobi jahon ahli boshiga saodat soyasini 
tushirdi», - deya ulug‗lanadi.
Mustaqillik 
davri 
romanchiligi 
o‘zining 
badiiy 
xususiyatlari, inson xarakter va ruhiyatining talqini nuqtai 
nazaridan alohida ajralib turadi. Bu davr romanchiligida inson 
qalbidagi iztiroblar, xarakterda mujassamlashgan O‘ziga 
xosliklarni talqiniga jiddiy e‘tibor qaratmoqda. Chunki roman 
janri о‘zining keng qamrovli tasviriga ega ekanligi bilan alohida 
ajralib turuvchi janrlardan asosiysidir. U inson va borliqni, shaxs 
va jamiyat о‘rtasidagi uzviy birlikni turli usullar bilan talqin 
etadi. Shu ma‘noda roman epik rivoyaga asoslangan barcha 
janrlarga kuchli ta‘sir kо‘rsatadi. Istiqlol 
sharofati 
tufayli 
ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash jarayonini boshlab 
berganligi bugungi kunda hyech kimga sir emas. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin