96
7-MAVZU
BADIIY OBRAZLAR OLAMI VA RUHIY
ISTIOROBLAR TALQINI
Reja:
1.Badiiy asarda badiiy psixologizm talqini haqida umumiy
tushuncha.
2.Obrazlar olami va badiiy talqin.
3.Ruhiyat talqining badiiy matndagi funksiyasi.
4.Urush mavzusidagi asarlarda ruhiy istiroblar talqini.
5.Qo‗chqor Norqobilovning ―Daryo ortidagi yig‗i‖ asarida
ruhiyat talqini va obrazlar olami.
Tayanch iboralar:
ruhiyat, badiiylik, psixologizm, uning
prinsiplari, xususiyatlari, monolog, muallif nutqi, hikoyachi
nutqi.
Hayot va inson tushunchasi dialektik birlikda ifodalansa-
da,
ular
o‗rtasidagi
mavjudlik
insonni
tafakkurini,
dunyoqarashini
belgilaydi.
Hayotiy
mavjudlik
insonni
yashashga, tafakkurlashga, kurashga, adolat va adolatsizlikni
anglashga xizmat qiladi. Donishmandlarning ta‘kidlashlaricha,
inson hayotning past-u balandini, oq-u qorasini anglab yetishi
uchun uning butun umri kamlik qilar ekan.Mazkur haqiqat
barcha uchun ham bir xil bo‗lishi mumkinmi, degan savol
tug‗iladi. Bu savolga javobni ijodkorlarning yaratgan asarlaridan
topish mumkin,-deb hisoblaymiz. Zero, har qanday badiiy asar
hayotning in‘ikosi, unda bir qatra bo‗lsa ham, albatta, hayot
haqiqati o‗z ifodasini topadi.
Ruhiyat talqini badiiy asardagi obrazlar olamini, ruhiy-
ma‘naviy, botiniy istiroblarini badiiy talqin jarayonida ochib
beriladigan badiiylik mezonidir. ―Psixoanaliz negizida
insoniylik, axloq, falsafa, inson ongi takomili turadi. Ruhiy
97
tahlil
soxtalik,
loqaydlik,
riyokorlik,
mahalliychilik,
og‗ayngarchilik, ekoizm, amalparastlik, milliy ong qoloqligi,
siyosatdan qochishga qarshi kurashda ko‗rinadi. Ryhiy tahlil va
oila, ijtimoiy (sotsial) muhit (davr) hamda tabiat bir-biridan
ajralgan holda ko‗rmaydi‖ (1, 438-439). Badiiylik qoniniyatiga
ko‗ra har qanday badiiy asarda inson ruhiyati juda teran talqin
etiladi. Bu orqali yozuvchi o‗z olamidagi poetik qarashlarni
qahramon ruhiyatiga singdiraki, natijada zamon, makon barchasi
haqida kitobxonda kengroq tasavvur hosil qilinadi. Nazariy
jihatdan yondashadigan bo‗lsak, psixologizmning analitik,
sintetik, tipologik, dinamik prinsiplari ham mavjud. Ammo biz
bu o‗rinda badiiy asardagi ruhiat talqini bilan cheklanamiz.
Har qanday badiiy asarda ruhiy tahlil mavjud ekanligini
inkor qilmagan holda, istiqlol yillariga kelib inson tagakkuridagi
evrilishlarning teran talqini turfa xil vositalar, ramzlar, majozlar
orqali namoyon bo‗layotganligini ham alohida ta‘kidlash joizdir.
Adabiyotga nazar tashlasak, urush mavzusidagi o‗nlab, yuzlab
asarlarni ko‗ramiz, bularning barchasida ham ruhiyat talqini
mavjud, ammo istiqlol yillarda yaritilgan Qo‗chqor Norqobul
asarlarinida ham urush mavsuzi mavjud. Biz bejizga bu adibning
asarlarini tanlamadik, chunki urush mavzusini emas, inson
qalbidagi istiroblar talqini etakchilik qilganligi uchun va asarda
irqi, millati, dinidan qat‘iy nazar inson tushunchasi haqidagi
tasvirlar etakchilik qilganligi uchun shu yo‗lni tanlashni lozim
topdik. Ba‘zi asarlarni qiyoslash mutloq xulosalar chiqarish
hukmini talabalarimiz ixtiyoriga qoldirdik.
Istiqlol yillariga kelib badiiy adabiyotda turfa xil ohangdagi
asarlar
maydonga
keldiki,
bularning
zamirida
inson
tafakkuridagi evrilishlar, ijtimoiy muhitdan bezgan qalb nolalari,
o‗sha muhitning qurboniga aylangan shaxshlar timsoli, o‗tgan
98
umrning ma‘lum bir nuqtasida o‗zligini anglashga intilayotgan
inson qismati va ruhiy istiroblari yanada teranroq o‗z aksini topa
boshladi. Nemis donishmandi I.V.Giyote qayd qilib o‗tganidek:
―Har qanday san‘at asarida, u xoh katta yoki kichik bo‗lsin,
barcha voqealar mohiyatga borib taqaladi‖. Mohiyat esa badiiy
asrning
kompositsion
yaxlitligini
ta‘minlaydi.
So‗z
san‘atkorining
dynyoqarashini,
iymon-e‘tiqodini,
badiiy
tafakkur dunyosini ham namoyon qiladi.
Afg‗on urushining ikki yillik talotumlarini, iztiroblarini
bevosita boshidan o‗tkazgan adib Qo‗chqor Norqobil o‗zining
―Daryo ortidagi yig‗i‖ qissasi orqali, hayotiy murakkabliklarni,
inson botiniy olamidagi ziddiyatlarni, odam turmushning
achchiq-chuchugini totishi uchun bir necha yil kifoya qilishi
mumkinligini asosli ifodalab bergan. Aksariyat hollarda, urush
mavzusini yoritishga bag‗ishlangan asarlarni o‗qiyotganda
kitobxonlar urushning qay tarzda olib borilishi, janglardagi ur-
surlarga e‘tibor qaratishadi. Aslida har bir yozuvchining ushbu
mavzuga murojaat qilishidan maqsadi urushning inson
ruhiyatidagi evrilishlarga sabab bo‗luvchi omillarini aniqlash,
uning salbiy oqibatlarini yaqqol namoyon etishdan iboratdir.
Adabiyotshunos Umarali Normatov qayd qilganidek: ―Shu
paytga qadar bizda urush mavzusida bitilgan asarlardan farqli
o‗laroq… qahramonlarni ―oqlar‖ va ―qizillar‖ga, ―dushmanlar‖
va ―o‗zimiznikilar‖ga, ―g‗oliblar‖ va ―mag‗lublar‖ga ajratish
yo‗q. Urush davlatlararo majorolarni hal etishning vahshiyona
usuli, inson tabiati, shaniga xilof sharmandali bir mashg‗ulot.
Urush
har
ikki
tomon
uchun
ham
birdek
kulfat,
vayronagarchilik, yo‗qotish, fojia‖ (2, 66). Yozuvchi Qo‗chqor
Norqobil ana shu nuqtaiy nazardan asarda umuman inson
fojiasini asosli badiiy talqin etadi.
99
Keyingi yillar adabiyotida urush mavzusida bir qator
asarlar yaratilgan bo‗lib, bu asarlarda hayotiy ziddiyatlar, inson
tafakkuridagi evrilishlar, mag‗lublaru g‗oliblarning bo‗lmasligi
badiiy ifodasini topgan. Ayni shu xususiyatlarni Qo‗chqor
Norqobilning ―Daryo ortidagi yig‗i‖ qissasida juda teran talqin
etilganligini kuzatish mumkin.
Adabiyotshunos Bahodir Karim qayd qilib o‗tganidek:
―Qissalarda urushning fojialari, o‗zlari tushunib-tushunmay
qo‗liga qurol olgan askarlarning istiroblari, sho‗ro armiyasidagi
―oqquloqlar‖ va
―qoraquloqlar‖ o‗rtasidagi tengsizlik,
adolatsizlik, tirik qolish ilinji, tirik yurgan o‗liklar – bular imkon
qadar tasvirga tortiladi… Qo‗chqor Norqobilning biri
ikkinchisining tarkibiy qismidek taassurot beradigan qissalarida
ko‗p takrorlanadigan istirobli va oydin haqiqat. Ikkinchidan,
aybdorni o‗z nomi bilan atab yozish, oq-qorani tanigan yigitlar
dardining bor holicha qog‗ozga tushurilishi, Kremel
gunohlarining naqadar cheksiz ekanligini jur‘at-la aytish – bu
mustaqillik davrining qalam ahliga bergan imkoniyati hamdir‖
(3, 28).
Haqiqatdan ham Istiqlol insonning qalbidagi istiroblarini
teranroq talqin etish imkonini cheksiz ravishda taqdim etdi.
Asarning bosh qahramoni – urushga yangi kelgan, askarlar kabi
jang qilishga, qahramonlik ko‗rsatishga oshiqar, jangning
qanday bo‗lishini ko‗rishga qiziqar va shunga intilar edi: ―Har
kuni oshxonada idish-tovoq yuvish-u omborxonadan oziq-ovqat
tashishga boraverishdan ko‗ra xavotir-u qiziqish aralash haqiqiy
jangga borishni afzal ko‗rayotgandik. Kim biladi, inson hamisha
o‗z
oldida
sodir-u
muqarrar
voqealarni
ko‗rishga
shoshilaverar?‖ (4, 6).
100
Urush ko‗rmasdan avval ishonuvchan, mehr-shafqatli
bo‗lgan askar polkdagi shafqatsizliklarni ko‗rgach, hayratga
tushadi. Ertaga o‗zi ham xuddi shunday bemehr bo‗lib qolishini
hali bilmas, anglamas, his eta olmasdi. O‗sha ijtimoiy muhit
ularni asta-sekin o‗z domiga tortmoqda va tarbiyalamoqda edi.
Bu muhitning tarbiyasi esa shafqatsizlik, insonni insonga qarshi
qo‗yis, o‗z manfaatlari yo‗lida ularni qurbon qilishdan iborat
bo‗lgan.
―Allaqanday, hali senga noma‘lum, lekin bo‗lishi muqarrar
vahima hokim. Diling betaskin. Qalbingda g‗ulu. Xavotir har
daqiqa xuruj qilaveradi. Bo‗lajak xavf-u xatar oldida shaylanish
naqadar og‗ir kechadi‖ (4, 12.). Asardan olingan ushbu
parchadan ko‗rinib turibdiki, qahramonimizdagi avvalgi qiziqish
so‗nib, uning o‗rnini xavotir egallaydi. Bu xavotir faqat o‗z
jonini yo‗qotib qo‗yishdan qo‗rqish emas, balki qahramonlik,
jasurlik bilan emas, haqoratli tarzda begona yurtlarda halok
bo‗lishdan, oilasi, ota-onasidan bevaqt ajrab qolish hissi
etakchilik qilar edi. Askarning jang, qon, talofatdan iborat
kunlari uning tinchligini buzardi. Kunduzi voqealar endigina
hayotga qadam qo‗ygan yigit qalbini larzaga soladi. O‗zi
anglamagan holda hayotning shafqatsizligini his eta boshlaydi.
Hatto tunlari tushida ham o‗zi-o‗zi bilan kurash olib borar,
alahsirab chiqardi. Beorom tunlarni o‗z boshidan o‗tkasardi.
―Mashina ichi go‗yo qonga liq to‗lgan-u, unda mening
xayolimdan elas-elas o‗tayotgan ota-onam, ukalarim suzib
yurganday. Men esa qopqa tepasida turib ularni kuzatayapman.
Ana otam, keyin ukam sho‗ng‗iyotir. Qonli girdob uzra
onamning chehrasini ko‗rib qolaman. Ana u ham… ko‗rinmay
ketdi… Tag‗in girdob yuziga chiqdi. Sochlari qip-qizil… Ona-
jooon!!! O-o-o!!!‖ (4, 18).
101
Afg‗onning shafqatsiz urishida navqiron yigitlar jisman
yoki ruhan halok bo‗layotgan edi. Bu yigitlar ertaga jangda nima
bo‗lishini, kimlar tirik qolib, kimlar o‗lishini anglab etolmasdi.
Bugun bir safda turgan birodarlari bilan ertaga balki, birga turish
nasib etmasligini asta sekin ich-ichidan his eta boshlaydi. Asarni
tahlil qilish asosida shuni anglash mumkinki, ko‗plab
talofotlarni ko‗rib askarlarning diydasi qotib borar, bemalol o‗z
jonini saqlash maqsadida shafqatsizlik ham qilishardi. Halok
bo‗lgan safdoshlariga biroz ko‗ngillari achishsa-da, bora-bora
muallif so‗zi bilan aytganda ―Jangchilar hech qanday ayanchli
voqea ro‗y bermaganday uyquga ketishardi‖. Bu holat ulardagi
xudbinlikni emas, balki kelajakka, ertangi kunga bo‗lgan
ishonchsizlikni ifodalaydi. Jismga yetkazilgan jarohatni dori-
darmon bilan davolash mumkinligini, biroq inson ma‘naviy
olamiga yetkazilgan jarohatni davolash mumkin emasligini asta-
sekin ilg‗ay boshlaydi. Urush qatnashchilari tinch hayot
kechirganlardan keskin farq qiladilar. Ular urushdan qaytsalar
ham o‗tkazgan kunlarining yodi ularni xayolan tinch qo‗ymaydi.
Ularning aksariyatida ruhiy inqiroz kuzatilishi mumkinligini
adib juda ishonarli tarzda talqin etadi:
―Urushda odamiy qiyofada bo‗lmaysan, hammasi
tugagachgina sen ham inson ekanliging, haqoratlanganliging
yodingga tushadi. Xotira azobi, degan bir og‗ir dard
hayotingning eng so‗nggi lahzalarigacha senga azob beraveradi,
anglaysanki, urush doimo g‗alaba qilib kelgan, urushda
qatnashganlarning bari mag‗lub bo‗lib dunyodan ko‗z
yumadilar…‖(4, 53).
Demak, bu azoblarni unutish uchun vaqt kamlik qiladi,
urushda ko‗rgan-kechirganlari inson xotirasida bir umrga
muhrlanib qolar ekan va o‗qtin-o‗qtin, yillar o‗tgan sayin
102
bezovta qiladi. Ma‘naviy zarar shaxsning o‗zligidan ayrilishiga,
irodasining yemirilishiga sabab bo‗lishi mumkin. Iroda
yemirildimi, demak, u odamning bugungi kunga ishonchi,
kelajakka bo‗lgan orzu-umidlari ham o‗z-o‗zidan yemirilishi
tabiiydir: ―Doimo inson uchun yuragini oldirib qo‗ygan biror
ishni qayta takrorlash azob bo‗ladi. Chunki ko‗ngling bezillab
qoladi. Urushda ham bir talofat yegan joyga qayta oyoq bosish
uchun nechog‗lik dahshatli holni boshdan kechirmoq kerak.
Nazaringda, ro‗parangdan o‗lim chiqib qolaveradiganday
bo‗laveradi. Har bir lahzada kunning bitishini, shu yorug‗
dunyoni ko‗rish boshqa nasib etmasligini ko‗nglingga tuyib
turish naqadar qiyin… Ichingda xuruj qilayotgan, tog‗ yanglig‗
ulkanlashayotgan qo‗rquvni bekitmoqchi bo‗lasan. O‗zing bilan
o‗zing olishib, irodang devorlari yemirila boshlaydi‖ (4,39).
Muallif Gavrilov obrazi orqali irodasi singan odam qiyofasini
aks
ettirgan.
Gavrilov
singari
kishilar
har
qanday
qiyinchiliklardan qochib, faqatgina tirik qolish ilinjida har
qanday ishga qodir, o‗z insoniy qiyofasini yo‗qotgan mute
insonlardir: ―Urushning tabiati shunday, unda ishtirok etuvchilar
o‗z insoniy qiyofasidan allaqachon mahrum bo‗lib ulguradilar‖
(4, 51-b). Qissa bosh qahramoni ko‗p hollarda o‗z maslagidan
biroz chekingan ko‗rinsa ham, ammo uning irodasi ancha
mustahkam edi. U jangga kirganida faqat o‗zinigina o‗ylamadi,
balki ona yurtida uni intiq bo‗lib kutayotgan oilasi, ota-onasi
oldidagi burchini o‗ylab qayg‗uradi: ―Men o‗lishni istamayman!
Har qanday vaziyatda ham omon qolaman. Ota-onam huzuriga,
yurtimga sog‗ qaytaman. Otamning suyangani – men. Ey xudo,
ishqilib shu yerlarda o‗lib ketmayin…‖(4,31). Darhaqiqat,
aynan ota-ona oldidagi burchini bajarish, ularning duosi askarni
xavf-xatardan omon saqlaydi. Asar qahqamoni juda og‗ir ruhiy
103
iztirobni boshidan kechiradi. Urush qurbonsiz bo‗lmasligini
teranroq his eta boshlaydi. Faqat uning dardiga vaqt degan
tushuncha da‘vo bo‗lardi.
Qo‗chqor Norqobil tasvirlaganidek, asar qahramonlari
afg‗on urushidan, behuda to‗kilayotgan qonlardan norozi edilar.
Urushda turli millatga mansub yigitlar jang olib borishar, ammo
nima uchun, kim uchun kurashayotganligini anglab etmas edilar.
Ular shunga amin bo‗ldilarki, sho‗ro hukumatining
―baynalmilallik‖ niqobi ostidagi sa‘y-harakatlari asl haqiqatga
muvofiq emas edi. Hukumatning bunday qilmishlarining tirik
guvohi bo‗layotgan askarlar ko‗nglida ularga nisbatan nafrat,
ishonchsizlik vujudga keltirardi. Jumladan, sho‗ro askarlarining
holidan xabardor bo‗lish maqsadida kelgan xorijiy jurnalistlar,
muxbirlar, siyosatchilar oldiga soxta mamnuniyat bilan
chiqayotgan askarlar quyidagicha munosabat bildiradi: ―Bu
sun‘iy, yolg‗on sa‘y-harakatlar kishi g‗azabini qo‗zg‗atardi. Biz
begona yerlarda sarson-u xor bo‗lib yurganimizni yashirardik.
Haqiqat-bosqinchi ekanligimizni tan olmasdik… Men esa tag‗in
bir achchiq haqiqat-din-u e‘tiqodimiz bir bo‗lgan o‗z
qarindoshlarimga
tig‗
ko‗tarayotganimni,
musulmon
farzandlarini zor qaqshatayotganini his qilardim. Ammo men
o‗ris armiyasining ixtiyori o‗zida emas o‗zbek askari edim‖,-
degan fikrlarni alohida qayd etish zarur (4, 20-21). Nafaqat
o‗zbek askari, balki ushbu ―qizil imperiya‖ga aloqador bo‗lgan
barcha millat vakillari-askarlarning ixtiyori o‗zlarida emasdi.
Ular ma‘lum chegaralangan guruh manfaati uchun urushga jalb
qilingan ilojsiz odamlar, chorasiz shaxslar sifatida ko‗z
o‗ngimizda jonlanadi. Jangchilarning yashagisi kelardi. Ular
o‗zlarini Vatan niqobini kiygan davr siyosati qo‗lida
ezg‗ilanayotgan sho‗rpeshonalar, deb hisoblashardi.
104
―Bizni sharmandalarcha aldadilar, ruhan majruh qilib
tashladilar, endi bilsam. Qisqasi, Kremlning gunohlari bo‗yi
barobar yuksalayotgan edi. Negaki bu yoqlarda endigina oq-
qorani taniyotgan yigitlar qirilayotgan edi, tiriklar ham o‗lib
bo‗lgan edi‖. Yozuvchining afg‗on urushi haqida yozgan
asarlarida tiriklar ham o‗ldi, degan jumlasini bot-bot
takrorlaganini ko‗rish mumkin. Har bir jangdan so‗ng tirik
askarlar ham gunohsiz to‗kilayotgan qonlar, vayron bo‗layotgan
makonlar, yetim qolayotgan bolalarni ko‗rib ruhan tamom
bo‗ladilar. Xullas, davr siyosatining oldida ojiz bo‗lgan yosh
yigitlar mana shunday iztiroblarni boshdan kechirishga majbur
edilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, inson ruhiyati murakkab bir
tizimdir. Bu tizim ko‗pgina omillar ta‘sirida evrilishi mumkin.
Ayniqsa, yigirma yoshgacha bo‗lgan yoshlar o‗zligini anglash,
o‗z qadr-qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatini
belgilashga intiladilar. ―Daryo ortidagi yig‗i‖ qissasida kamol
topib borayotgan yoshlar urush iskanjasiga tashlanadilar
natijada, ularning ruhiyati tubdan o‗zgaradi. Yuksak orzu-
istaklar o‗rnini kichik ilinjlar egallaydi. Ishonch tuyg‗usi
ishonchsizlikka aylanadi. Achchiq xotira doimo azob beradi.
Albatta, bu inqirozli holatlarni bartaraf etish yengil kechmasligi
asar qahramonlarining xarakteri orqali namoyon bo‗ladi. Inson
ruhiyatidagi iztiroblar juda asosli badiiy talqin etilgan.
Dostları ilə paylaş: |