87
bo‘lmasligi, doim katta maqsadlar sari intilib yashashi kerak,
degan g‘oya ana shu achinarli qismat misolida ifoda etilgan.
Erkin A‘zamovning «Javob» qissasida ham inson
ma‘naviyati masalasi hayot hodisalariga o‘ziga xos yondashish
orqali ochib berish tendensiyasi ko‘zga tashlanadi. Unda
hayotdan o‘z o‘rnini topish va maqsadga erishish uchun
kurashish va intilish kerak degan g‘oya ilgari suriladi
. Qissa
qahramoni Elchiyev -
shahar idoralaridan birida iqtisodchi
bo‘lib ishlaydi. U kamtar odam. Oilasida, ishxonasida hurmat
qilishadi, ishonishadi. Elchiyevning institutni tugatgan qizi
harbiy xizmatdan kelib, oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan o‘g‘li bor.
U sevib uylangan. Oilasida hech bir kamchilik, yetishmovchilik
yo‘q, Ro‘zg‘ori oddiy. Lekin shu odam bir hodisa sabab bo‘lib
o‘zgarib qoladi. O‘zining joniga qasd qiladi. Ammo bu uni
bezorilar kaltaklagani-yu, kasalxonada yotib chiqqani va
shundan keyingi g‘alvali mojarolar tufayli emas, balki o‘zining
«turish-turmushini,
atrofidagi odamlarning unga munosabatini chuqurroq o‘ylab
ko‘rganidandir.
O‘zidan, yashash tarzidan noroziligi oqibati
shunday kamsuqum, beozor halol odamni o‘zgartiradi. U o‘ziga
qarshi o‘zi isyon qiladi. Ana shu o‘zgarishning ildizini ochish
qissaning mohiyatini tashkil qiladi. Bu borada yozuvchi shunday
yozadi:
«Elchiyev bu hisobda alam-nadomat
bilan shunga amin
bo‘ladiki, qashshoq zavqdan bebahra yashadi. Jo‘ngina
ro‘zg‘orlik! oddiy kumursqacha tirikchilik g‘ami! Kunim o‘tib
turibdi-ku, qornim to‘q, ustim but-ku, deb yuriveribdi-ko‘ngil
to‘qligini o‗ylab ham ko‘rmabdi axir odam kun sanamoq uchun
keladimi bu dunyoga? Essiz umr! Bunday g‘aribgina g‘imirsib
kun kechirgandan kechirmagan afzal!
88
Yana shunga iqror bo‘ldiki, hayotdan qo‘rqib yashabdi. . .
Avvaliga xotinini, topgan baxtini o‘ylab qo‘rqibdi, keyin bola-
chaqasini o‘ylab qo‘rqibdi, kattaroq bir ishga bel bog‘lagani
jur‘ati yetmabdi, ikkilanibdi, hadiksirabdi. Boriga shukur qilib,
qanoat qilib yashayveribdi, intilmabdi».
Elchiyev o‘z-o‘zi bilan kurashlardan, uzoq qiynalishlaridan
so‘ng shu falsafani tushunib yetadi.
Ma‘lumki, mustaqillik qo‘lga kirguncha bo‘lgan davrda
yozilgan ilmiy ishlar va badiiy
asarlarda milliy ozodlik
kurashchilari obrazlari odamlar tinchini buzuvchi va xalq
xo‗jaligiga juda katta zarar keltiruvchi, xotin-qizlarning
nomusini bo‗lg‘ovchi, tutgan ishining deyarli barchasi
yovuzlikdan iborat kimsalar qilib tasvirlangan. 80-yillarning
o‘rtalarida yuzaga kelgan qayta qurish siyosati va SSSRning
parchalanib ketishi tufayli yillar davomida xalqdan sir tutilib
kelingan tarixiy hujjatlarni o‘rganishga va yoritishga imkon
tug‘diradi. Oqibatda ko‘p narsa oydinlashadi. Jumladan, milliy-
ozodlik harakatining yuzaga kelishi
va ularning aslida kimligi
ochib berildi. Bu narsa asarlarda ham o‘z ifodasiii topa boshladi.
Yosh yozuvchi Bahodir Murod Alining «Ko‘kto‘nliklar» qissasi
shulardan biridir. Qissa hayotiy jarayonning mumkin qadar
aslida qanday bo‘lsa, shunday yoritgani va yozuvchilik mahorati
bilan ajrab turadi. Birinchidan, asarda voqelik emas, inson
qismati, taqdiri, uning dard va alami tasviri yetakchilik qilishi;
ikkinchidan, insonning ruhiy olami tuyg‘usi, tortgan iztirobi,
dunyoqarishi samimiylik va katta insoniy dard bilan inkishof
qilinishi;
uchinchidan, insonga sinfiy yondoshishdan holi inson
sifatida qarashi va bor hamda fazilatlari ila tasvirlaniish;
to‘rtinchidan, masalasi mohiyatda tarixiy nuktai nazardan to‘g‘ri
yoritilishida ko‘rinadi.
89
Qissa voqealari uchta yetakchi qahramon faoliyati, qismati
asosiga qurilgan. Bular milliy-ozodlik kurashchilarining
rahbarlari - Asqaralibek, Shomirzabek va qizillar yo‘lini tutgan
mulla Jaloliddin. Bu uch obraz faoliyati va ular bilan bog‘liq
bo‘lgan shaxslar xatti-harakati uch olamni tashkil qiladi. Lekin
shunga qaramay bu olamlar yaxlitlikka ega.
Qissa voqeasi Asqaralibekni xiyonat tufayli qo‘lga olinib,
to‘laga tashlanganidan boshlanadi.
Asar sujeti esa Asqaralibek
xotirasi asosiga qurilgan. Xotira quruq bayon qilinmaydi, balki
tasvirlanadi. Tasvir voqealari esa Asqaralibekning ruhiy
dunyosini inkishof qilishga, qismati va fojiasiniig mohiyatini
ochishga yo‘naltirilgan. Oqibatda sujet rivojida Asqaralibek
kishi ko‘z oldida ulug‘lashib boradi. Chunki uning o‘z xatti-
harakati va hayotiy hodisalar
hamda jarayondan chiqargan
xulosalari katta falsafiy umumlashmaga ega bo‘lib, vatan taqdiri
va milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga imkon beradi.
Ma‘lumki,
fosiqlar
dunyosi,
(tubanlik)ning
asosi
iymonsizlikdir. Biz kechagi 70 yillik hayotimizga nazar solar
ekanmiz, buning haqiqatligini chuqur anglaymiz. Chunki
sosialistik jamiyat deb atalgan tuzumda kishini iymonli
qiladigan qadriyatlarga - diniga, azaliy urf-odatlariga, milliy
ruhiyatga hujum qilingan edi. Oqibatda odamlar bo‘g‘izigacha
iymonsizlik botqog‘iga botdi, ayniqsa, keyingi 30 yil ichidagi
avlod.
Lekin har qanday adolatsizlik, diyonatsizlik jamiyatida
ham go‘zal xilqatlar, insoniylik yo‘qolmaydi. Shundaylarning
sharafiga ezgulik hamisha g‘olibdir.
Dostları ilə paylaş: