Adabiyotlar:
1.Норматов У. Бугунги насримиз йўллари. Қаранг:
Умидбахш тамойиллар. – Тошкент, 2000. Маънавият, 29-67-
бетлар.
2.Йўлдошев Қ. Кичик жанрдаги катта ютуқлар.
Қаранг: Ёниқ сўз. Адабий ўйлар. – Тошкент, 2006. 130-152-
бетлар.
3. Холбеков М. ХХ аср модерн адабиѐти манзаралари.
Мақолалар тўплами. – Тошкент, ―Мумтоз сўз‖, 2014. 14-40-
бетлар.
4.Жўраев Т.Онг оқими модерн. – Фарғона ―Фарғона‖
нашриѐти, 2009. 3-28-бетлар.
5.Тўраев Д. ―Бугуннинг ҳикоялари‖да замон ва инсон
тақдири талқинлари. Қаранг: Маънавий олам талқинлари. –
Тошкент, ―Akademnashr‖, 94-150-бетлар.
6.Маҳмудов Й. Ҳикоя бадиияти (Луқмон Бўрихоннинг
ҳикоялари мисолида). – Тошкент, ―Turon zmin ziyo‖, 2017.
3-28-бетлар.
7.Ҳамраев К. Шукур холмирзаев ҳикояларида
композиция. – Тошкент, Муҳаррир, 2012. 16-38-бетлар.
80
6-MAVZU
QISSACHILIK TARAQQIYOTI VA
ADABIY JARAYON
Reja:
1.80-yillarning
ikkinchi
yarmidan
keyingi
davr
qissachiligida inson konsepsiyasi.
2.Ijtimoiy muammolar va milliy qadriyatlar aks etgat
qissalarda badiiy qahramon talqini.
3.Mutelik ruhiyatining salbiy oqibatlari ochib berilgan
qissalar haqida.
4.Afg‘on urushnning manzaralari orqali sotsial jamiyat
illatlarining yoritilishi.
5.Istiqlol yillarida yaratilgan qissalarda obraz yaratish
an‘anasi.
6. Ramziy-falsafiy qissachilik taraqqiyoti va badiiy
qahramon.
7.Qissachilik taraqqiyoti, adabiy jarayon va adabiy-tanqidiy
qarashlar.
Tayanch iboralar:
janr taraqqiyoti, epik tur shakli,
qissachilik, badiiylik, tasvir, mahorat.
Асрлар давомида шаклланибб тараққий етиб келган
бадиий адабиѐтда турфа хил жанрлар тараққиѐтини
кузатамиз. Ана шундай жанрлардан бири қисса жаниридир.
Албатта, жанр нуқтаий назаридан сизларда тушунча бор.
Бизнинг бугунги мақсадимиз, давр адабиѐтидаги бадиий
ўрнини аниқлаш билан бир қаторда, бу жанр поэтикасидаги
ўзгаришларни асослаш, таҳлил қилишдан иборатдир.
Агар ХХ аср адабиѐти тарихига назар ташласак.
А.Қодирий, Ойбек, А.Қаҳҳор, Ғ.Ғулом, Шуҳрат, Саид
Аҳмад, О.Ёқубов, П.Қодиров, Тоҳир Малик, Ўткир
81
Ҳошимов 70-йилларнинг сўнгига келиб эса бу жанр
тараққиѐтини бадииятини юксак даражага кўтаришга
интилган бир қатор адиблар кириб келдики, буларга
М.М.Дўст, Т.Мурод, Э.Аъзам, А.Аъзам, Х.Султонов,
Н.Қобил,
Н.Норқобилов,
Ш.Бўтаев
каби
ўнлаб
ижодкорларни келтириш мумкин. Бу ижодкорлар яратган
қисса жанридаги асарларда инсон ва унинг оғир қисмати ўз
ифодасини топа бошлади.
Шунингдек, 90-йилларга келиб, Қўчқор Норқобил,
Улуғбек Ҳамдам, Исажон Султон катор ижодкорларнинг
қиссаларида инсонни ўзлигини англашга бўлган эҳтиѐж
турфа хил рамзлар, фалсафий талқинларда намоѐн
бўлганлигини кузатиш мумкин.
Қозоқбой Йўлдошев қайд қилиб ўтганидек: ―Адабиѐт
– абадиятга дахлдор. Адиб бетизгин вақтни тизгинлашга
уринадиган зот. У тарихчидан фарқли ўлароқ, замон ҳақида
ахборот, маълумот бермайди. Билъакс, вақтни, одам
умрининг бирор қисмини ҳиссиѐту сезимлари билан
тасвирга муҳирлаб, тўхтатиб қўяди‖ (1, 35-бет). Бу
тушунчаларга
диққат
қилинса,
кейинги
йиллар
қиссачилигида шундай талқинлар юзага чиқа бошладики,
унинг замирида инсонни англаш, ботиний оламидаги
зиддиятлардан истироб чекаѐтган бадиий қаҳрамон кўз
ўнгимизда жонланади.
Шу маънода, М.М.Дўстнинг ―Мустафо‖, ―Гала тепага
қайтиш‖, Тоғай Муроднинг ―От кишнаган оқшом‖, Эркин
Аъзамнинг ―Гули-гули‖, ―Жавоб‖, ―Отоийнинг туғилган
йили‖, Х.Султоновнинг ―Ёзнинг ѐлғиз ѐдгори‖, ―Бобурнинг
тушлари‖ каби асарлар майдонга келдики буларда турфа
хил характерларни кузата бошлаймиз. Бу давр қиссачилиги
82
ҳақида сўз юритган Раҳимжон Отаев шундай ѐзади: ―Тоғай
Мурод қисаларидаги ўзбек халқининг психологияси, халқ
достонларининг руҳига чуқур кириб бориш, миллий
бўѐқларнинг ѐрқин ифодаланиши, М.М.Дўст қиссалари-ю,
Х.Султонов ҳикояларидаги деярли ―қўл билан тутиб‖
бевоста ҳис қилиш мумкин бўлган даражада аниқ
деталлаштирилган тасвир... каби ҳодисалар анча кенг ва
жиддий мулоҳазалар учун асос бўла олади‖ (2, 162-163-
бетлар).
Darhaqiqat, asosli qayd qilib o‗tilganidek, ijtimoiy
muammolar tufayli inson qalbidagi istiroblarning yuzaga
chiqishini juda go‗zal talqin qilish bilan bir qatorda, insonning
ma‘naviy olamdagi ziddiyatlar talqining ifodasi juda hayotiy
chiqqanligini ko‗rish mumkin. Hikoyada inson qismati, uning
oilaviy muhit bilan chambarchas bog‗liqligini ham his eta
boshlaymiz. Murakkab hayotning turfa xil so‗qmoqlaridan
qadam tashlar ekansiz, o‗zingiz anglamagan holda asar
qahramoni bilan istirob chekasiz, dardiga dardman bo‗lib
borasiz. Shu xususiyatning o‗ziyoq, adib asarlarining kitobxon
qalbidan o‗rin olishi bilan izohlanadi.
Ш.Бўтаевнинг
―Шўродан
қолган
одамлар‖,
Э.Аъзамнинг ―Отоийнинг туғилган куни‖, Х.Султоннинг
―Ёзнинг
ѐлғиз
ѐдгори‖
қиссаларидаги
ижтимоий
муаммолар, миллий қадриятларнинг ўзига хос талқинини
кўрамиз.
Abduqayum Yo‗ldoshevning ―Sunbulaning ilk shanbasi‖,
―Shoirning muhabbati‖, ―Ishq sadolari va gadolari‖, ―Begona
shaharning namozshomlari‖ kabi qissalarida ham inson qismati,
uning dardu istiroblari go‗zal satrlarda talqin etilishi bilan bir
83
qatorda,
insonni
o‗zligini
anglashga
intilayotganligini
kuzatamiz.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida yangi qahramonlar
yuzaga keldi. Ijtimoiy hayotda bo‘lgani kabi, adabiyotda ham
eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi konfliktlar shu davr adabiyoti
mavzularidan birini tashkil etdi. O‘zbek prozasining yetakchi
janrlaridan hisoblangan qissachilikni ham bu mavzu chetlab
o‘tmadi. Konfliktlarning vujudga kelishida subyektiv va
obyektiv omillar sabab bo‘ladi. Chunki hayotda yuz bergan
o‘zgarishlar odamlar tafakkurida silliq kechmaydi.
Tarix va adabiyot bir-biridan kuch oladigan, boyitadigan,
biri biriga doimiy madad beruvchi yondosh sohalardir. Zero,
adabiyot hayotiy material sifatida tarixga murojaat etar ekan, uni
asos qilib oladi hamda unga mas‘uliyat bilan yondashishga,
uning asosiy nuqtalarini to‘g‘ri aks ettirishga majburiyat sezadi.
Tarixiy qissaning o‘ziga xosligi haqida fikr yuritar ekanmiz,
masaladagi ikki jihatni farqlashimiz zarur. Birinchidan, tarixiy
qissa bilan zamonaviy mavzudagi qissa sintezi; ikkinchidan,
tarixiy qissa bilan tarixiy roman o‘rtasidagi farqli jihatlar.
Zamonaviy qissada muallif bir qadar erkin bo‘ladi, ya‘ni u
o‘z badiiy niyat-maqsadiga mos voqea-hodisalarni tanlaydi va
tasvirlay oladi. Bunda yozuvchi badiiy to‘qimaga keng o‘rin
beradi, ko‘pchilik e‘tiboriga arzirli voqea yaratadi. Bunday
voqea va qahramonning yashovchan va mumtoz bo‘lib qolishi
yozuvchining kuchi, iqtidoriga bog‘liq. Shuning uchun ham
tarixiy qissada yozuvchi tarixiy voqeaga muayyan darajada
«qaram» bo‘ladi. Bu voqea yozuvchi erki va tasarrufidan
tashqarida ham mavjud. Bu voqeani u yaratmagan, kimdir bu
voqealarda ishtirok etgan, o‘z hayotiy faoliyati bilan ularni
84
dunyoga keltirgan. Yozuvchi ularga yangi bir yo‘nalish, jonli
tafsilotlar qo‘shadi, xolos.
Ma‘naviy uyg‘oshin samarasi odamlarnnng o‘zligini
anglash, milliy g‘urur, oriyat, avlod-ajdodlarimiz o‘tmishidan
faxrlanish, kelajak har kimning o‘z qo‗lida, mehnatida va ongli
faoliyatida ekanligini his qilishida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatnnng ma‘naviy va
intellektual
salohiyatini,
odamlarnnng
aqliy
na
ruhiy
madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir. Chunki
olamni go‗zallik emas, ma‘naviyat asraydi. Uni komil inson
yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot
muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo‘lda
samarali ijod qilmoqdalar. By borada X.Sulton, E.A‘zamov,
A.Ibodinov, Shoyim Bo‘tayev, Normurod Norqobilov va
boshqalarning ijodi katta rol o‘ynayapti.
Qaysiki asarda insoniy kechinmalar jarayoni iztiroblari,
mehr-mohiyati, o‘zinnng falsafiy talqinini topsa, voqyealar
tarixdan chekinilmaydi. Yoritilsa, o‘sha asar har qanday jamiyat
o‘zgarishlarida ham umrini tugatmay yashab qoladi. Xayriddin
Sultonovning «Saodat sohili» qissasi ana shunday fazilatga
egaligi bilan kitobxon qalbini zabt etadi va ma‘naviy olamini
boytish orqali o‘z hayot yulinn tug‘ri belgilashga imkon
tug‘diradi. Bu narsa esa o‘z navbatida, jamiyatning
insoniylashuviga, demokratiyaning yanada kuchayishiga ko‘mak
beradi va asos ham bo‘ladi. Chunki xalqi komil bo‘lgan
jamiyatdagina adolat va iison manfaatlariga yo‘naltirilgan qonun
hukm suradi. Demak asar inson kelajagi uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |