O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
 
 
ISBN 978-9943-7044-7-3 
 
@ Azimidin Nasirov, 2021 
@ SamDU nashri - 2021 
 



1-MAVZU
HOZIRGI ADABIY JARAYON FANINING
MAQSADI VA VAZIFALARI 
Reja:
1.Hozirgi adabiy jarayon fanining maqsadi va vazifalari. 
2.Yangi o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi, sabab va 
omillari. 
3.Badiiy tasvirdagi yangilanish. 
4.Yangilanayotgan o‗zbek adabiyotida yangi janrlar, yangi 
mavzu va muammolarning paydo bo‗lishi. 
5.Hozirgi adabiy jarayonning asosiy xususiyatlari va adabiy 
tanqid. 
Tayanch so‘zlar:
adabiy jarayon, adabiyot, jarayon, 
talqin, ifodalash, poetik tafakur, mavzu, ramziylik, majoziylik. 
XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi o‗zbek adabiyoti ushbu 
davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi 
o‗zgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari 
va tanqidchilari o‗zbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan 
o‗zgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga 
urinmoqdalar. ―Sharq Yulduzi‖, ―Yoshlik‖, ―Tafakkur‖, 
―Guliston‖, ―O‗zbek tili va adabiyoti‖ kabi adabiy-badiiy, 
ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, ―Kitob dunyosi‖ 
gazetasi sahifalarida e‘lon qilinayotgan zamonaviy adabiy 
jarayonga bag‗ishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan 
qator maqolalar shundan dalolat beradi. Lekin shuni qayd etish 
kerakki, o‗zbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning o‗z-o‗zini 
shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yo‗q. Masalan, 
Hakimjon 
Karimov 
ilgari 
surgan 
paradigma
1
in‘ikos 
nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning 



rivojlanishida 
ong 
kategoriyasining 
roliga 
asoslanadi. 
Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yo‗nalishlarini 
nasrning janr prinsipiga asosan bo‗linishidan kelib chiqqan 
holda ko‗rsatib o‗tadi: 
1) adabiyotda badiiy tasvir va mavzu maydonining 
kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, ma‘naviy, oilaviy masalalarga 
e‘tiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va 
psixologizmning chuqurlashuvi; 4) o‗zbek xalqining o‗zligini 
tanishi va mentaliteti masalalariga murojaatning kuchayishi; 5) 
hayot mazmunini falsafiy mushohada etish. 
H.Karimovning fikricha, mazkur yo‗nalishlarning barchasi 
yozish uslubining realistik va modernistik turiga asoslanadi. 
Adabiyotshunos olim voqealikning modernistik prinsipda aks 
ettirilishini o‗zbek adabiyotidagi sifat jihatdan yangi hodisa deya 
ta‘kidlaydi.U ―totalitar sharoitda mazkur estetik qarashlarni 
qo‗llash imkonsiz edi‖, deya ob‘yektiv sabablarni ham, 
―adabiyotda modernizmning barcha prinsiplari va uslublarini 
to‗la qo‗llay oladigan ijodkorlar hali yetishib chiqmagan edi‖, 
deya, sub‘yektiv sabablarni ham ko‗rsatib o‗tadi. H. Karimov 
zamonaviy so‗z ijodkorlarining eng muvaffaqiyatli tajribalari 
ramz va majozlarga tayanganini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari, u 
o‗zbek adabiyotida ―detektiv yo‗nalish‖ paydo bo‗lganini va bu 
ham yangilik ekanini qayd etadi. 
Adabiyotshunos olim ―Zamonaviy o‗zbek adabiyoti uchun 
muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, 
voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo bo‗lishi hamda 
adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta 
anglash xosdir‖, deya xulosa qiladi.Yo‗ldosh Solijonov ham 
o‗zining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy 
janrlarning bo‗linish prinsipiga asoslangan holda tuzadi. 



Olimning ta‘kidlashicha, zamonaviy o‗zbek adabiyoti ―… Sharq 
adabiy 
an‘analarini 
boyitgan 
holda 
jahon 
adabiyoti 
tendensiyalarini o‗zlashtira boshladi‖. Lekin, deya ta‘kidlaydi 
Yu.Solijonov: ―jahon adabiyoti an‘analari o‗zbek badiiy 
asarlarini 
yaratishda 
mustahkam 
poydevorga 
aylanib 
ulgurmadi‖. Qator adiblar ijodida ―Bozor sharoitidagi inson 
taqdiri‖ 
mavzusi 
ustuvor 
muammo 
sifatida 
ajralib 
ko‗rinadi.Ularning 
asarlaridagi 
bosh 
qahramon 
bozor 
munosabatlariga moslashib olgan yoki ―ortiqcha odam‖ga 
aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, ―har bir adib 
yolg‗izlik fojiasini o‗zicha ochib beradi‖. Olim Tohir Malik, 
Xurshid Do‗stmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir 
qator adiblarni sanab o‗tar ekan, quyidagi belgilariga ko‗ra, 
zamonaviy badiiy asar yaratishda o‗zbek adabiyoti uchun 
yangilik bo‗lgan o‗ziga xos tendensiyalarni keltirib o‗tadi. 
Bular: 1) nasihatgo‗ylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda 
ayol rolining o‗zgarganligiga urg‗u berish, ikki yo‗l o‗rtasida 
turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-
madaniy, g‗oyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga 
ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‗rsatib yashashi; 4) o‗zbek xalqining 
sobiq sho‗rolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 
5) jo‗shqin sujetlarga intilish (―bozor adiblari‖ va ―bozor 
adabiyoti‖ni yaratgan salbiy tendensiya sifatida); 6) tasviriylik 
va publitsistikaga moyillik. 
Albatta, mazkur ikki nuqtai nazar zamonaviy o‗zbek adabiy 
jarayonini to‗la qamrab ololmaydi. Biroq zamonaviy adabiyot 
rivojlanishiga doir ushbu yangilik va tendensiyalar o‗zbek 
adabiyoti taraqqiy etib borayotganini ko‗rsatadi. Gulchira 
Garipova o‗zining 
konsepsiyasini ilgari surar ekan, 
O‗zbekistonda ―madaniyat rivojining barcha sohalarida milliy 



tarix 
va 
an‘analarga 
qiziqish 
ortib 
borayotgani‖ 
kuzatilayotganini qayd etadi. 
G.Garipova XXI asr adabiy jarayonini ―Adabiy jarayon 
taraqqiyotining yangi bosqichi bo‗lib, u milliy adabiyot 
tarixining barcha davrlarini qamrab oldi‖ deb ta‘riflaydi. Biroq 
XX-XXI asrlar bo‗sag‗asida ―XX asr (adabiy jarayon 20-80-
yillar oxirini ―sho‗ro‖ davri deya belgilagan) milliy badiiyati 
bilan mumtoz adabiyot an‘analari, asr boshidagi o‗zbek badiiy 
―yangiligi‖ va jahon badiiy an‘analari hamda amaliyoti 
o‗rtasidagi uzilish yengib o‗tildi‖, degan mulohazasi bilan 
tadqiqotchi o‗z fikriga o‗zi qarshi chiqadi. 
Tadqiqotchi XX asr oxiri – XXI asr boshi o‗zbek adabiy 
jarayoni rivojlanishining quyidagi tendensiyalarini ko‗rsatib 
o‗tadi: 
G.Garipova xulosa o‗rnida ―o‗zbek ijodkorlari o‗z 
asarlariga modernizm va neorealizm elementlarini olib kirishdi‖ 
va ―adabiy jarayon rivojlanishidagi yetakchi yo‗nalishlardan biri 
realizm oqimidir‖ degan ikki g‗oyani ilgari suradi. 
Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va 
bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda 
vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi g‗oyaviy-estetik 
tendensiyalarning paydo bo‗lishi shu bilan izohlanadi. Mazkur 
tendensiya o‗zining axloqiy-g‗oyaviy tayanchlarini o‗zbek 
xalqining shonli o‗tmishidan izlaydi. 
Fikrimizcha, o‗zbek adabiyoti bugungi kunda murakkab va 
individual taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tmoqda. Nazarimizda, bu 
bosqichda uchta davrni ajratib ko‗rsatish mumkin: 
1. ―O‗tish‖ davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar). 
Bu davr qator omillar bilan belgilanadi: 



– mumtoz merosning (XII-XIX asrlar adabiyoti) tiklanishi, o‗z 
vaqtida ta‘qiqlangan ijodkorlar (Cho‗lpon, Fitrat, Behbudiy va 
jadid adabiyoti vakillari) asarlarining chop etilishi munosabati 
bilan o‗zbek adabiyoti tarixidagi ―oq dog‗‖larning yo‗q bo‗lishi; 
– diniy va ma‘naviy qadriyatlar hamda tasavvuf adabiyotiga 
qiziqishning 
ortishi 
(Yugnakiy, 
Bolasog‗uniy, Yassaviy 
asarlarining e‘lon qilinishi); 
– o‗zbek xalqi tarixiga nisbatan to‗g‗ri munosabatning tiklanishi 
va tarixiy-biografik janr ulushining ko‗payishi (Amir Temur, 
Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur va shu kabi 
siymolar haqida qator asarlarning yaratilishi); 
– rus klassik adabiyoti an‘analariga qiziqishning susayishi, 
O‗rtayer dengizi va Amerika adabiyotiga (xususan, Eujenio 
Montale, Salvatore Kvazimodo, Kamilo Xose Sela, Garsia 
Markes kabi adiblarning ijodiga) qiziqishning ortishi; 
– ―g‗oyaviy bo‗shliq‖qa barham berilishi va o‗zbek madaniyati 
hamda adabiyotida milliy g‗oyaning shakllanishi. 
O‗zbek adabiyotidagi ―o‗tish‖ davri vatanparvarlik ruhi 
yorqin aks etgan ko‗plab asarlarning (xususan, Abdulla Oripov, 
Erkin 
Vohidov, 
Shavkat 
Rahmon she‘riyati, Shukur 
Xolmirzayev va Omon Muxtorning qator nasriy asarlari) 
vujudga kelishi hamda tarixiy siymolar va xalq qahramonlari 
obrazi yaratilishida ko‗rinadi. Bunga Maqsud Qoriyevning ―Ibn 
Sino‖, ―Beruniy‖, Muhammad Alining ―Sarbadorlar‖, Sa‘dulla 
Siyoevning ―Yassaviyning so‗nggi safari‖, Asad Dilmurodning 
―Mahmud Torobiy‖ kabi asarlarini misol qilib keltirish mumkin. 
Bu hodisaning mohiyati shundaki, xalqimizning o‗z-o‗zini 
anglashi, o‗zining millat sifatida noyob ekanligini idrok etishi, 
mustaqil hayot qurish uchun ilhomlanish manbalarini topishi 
zarur edi.Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mazkur davr 



ijodkorlari adabiy pozitsiyalarining turlicha ekanligiga qaramay, 
boshqa-boshqa qutblarga ajralib ketmadilar. 
Bundan tashqari, sobiq sho‗rolar davrini qayta 
baholaydigan, siyosiy qatag‗onlar va ―shaxsga sig‗inish‖, 
sho‗rolar davriga tegishli bo‗lgan ―xususiyatlar‖ – milliy 
an‘analar va urf-odatlarni mensimaslik natijasida kelib chiqqan 
oqibatlar haqida hikoya qiluvchi asarlar yaratildi. Masalan, shu 
davrda yaratilgan Odil Yoqubovning ―Adolat manzili‖, ―Oq 
qushlar, oppoq qushlar‖ romanlari ―paxta ishi‖ va Orol 
muammolariga bag‗ishlanadi; Nazar Eshonqulning ―Urush 
odamlari‖ qissasida jahon urushi olis qishloq odamlari hayotiga 
keltirgan kulfatlar, ―Maymun yetaklagan odam‖ hikoyasida esa 
sobiq sho
‗rolarning
ideallariga ishongan inson taqdiri, fojiasi 
aks etadi; Tohir Malikning ―Murdalar gapirmaydilar‖ asarida 
―shaxsga sig‗inish‖ davri qatag‗onlari haqida so‗z borsa, Tog‗ay 
Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖ romanida millatning uch 
avlod vakillari taqdiri qalamga olinadi. Bu tipdagi asarlarda 
fojiaviy ruh va millat dardini chuqur his etish ustuvorlik qiladi. 
Realistik ifodadan 
foydalanish, zamon va 
makon 
tushunchalarining o‗zgacha idrok etilishi va buning natijasida 
dunyo manzarasining o‗zgarishi, tarixiy siymolar obrazining 
birinchi planga chiqishi va tarixiy o‗tmishni qayta anglash, 
badiiy ijoddagi ichki izlanishlar hamda nasihatgo‗ylikdan voz 
kechish ham bu davrda yaratilgan ko‗plab asarlarga xos bo‗lgan 
xususiyatlardan sanaladi. 
2.―Manzillar o‗zgarishi va tahlillar‖ davri (1990–2000 
yillar). Bu davrda o‗zbek adabiyoti ―milliy o‗zlik – 
globallashuv‖, ―estetik qadriyatlar – bozor iqtisodiyoti‖ kabi bir-
biriga qarama-qarshi tushunchalar bilan tavsiflanuvchi vaziyatga 
tushib qoldi. Bu hol adabiy maydonga sezilarli ta‘sir o‗tkazdi. 



Adabiyotning estetik prinsiplar va shakliy eksperimentlarga 
ko‗ra turli qatlamlarga ajralishi kuzatildi. Masalan, mavjud 
voqelikni Sharq mumtoz an‘analari, xalq og‗zaki ijodi va 
―oltmishinchi yillar‖ avlodi badiiy tajribalari bilan birgalikda 
o‗zlashtirgan an‘anaviy realizm ruhida yaratilgan asarlar bilan 
bir qatorda ko‗plab adiblar ijodida modernistik va 
postmodernistik tendensiyaga ergashish paydo bo‗lganini ham 
qayd etish lozim. O‗zbek adabiyotidagi o‗ziga xos bu jarayonga 
adabiyotshunos olimlar va tanqidchilar o‗z vaqtida e‘tibor 
qaratishdi. Adiblar modernizm ko‗magida olamning bebaqoligi 
haqidagi o‗ylarni tasvirlashga, inson hayotining o‗tkinchiligi 
mavzularini 
yoritishga 
intiladilar.Albatta, 
modernizm 
adabiyotimizda badiiy uslub sifatida to‗la shakllanmadi. Shu 
bois modernistik ruhdagi tajribalar va izlanishlar to‗g‗risida so‗z 
borgani to‗g‗riroq bo‗ladi. 
Biz realistik adabiyotga xos bo‗lmagan, adiblarning borliq, 
bugungi kun voqeligini anglashga bo‗lgan intilishlarini yangi, 
o‗ziga xos bir tarzda ifodalashga imkon beradigan prinsiplar, 
usul va vositalarni, shuningdek, hayotning mavjud yoki o‗ylab 
topilgan modelini yoki ko‗p yoqlama vazifaga ega bo‗lgan 
mifosujetlarni 
yaratishga 
bo‗lgan 
urinishlarni 
nazarda 
tutmoqdamiz. Ta‘kidlash kerakki, o‗zbek ijodkorlari G‗arb 
adabiyotidagi hodisalardan nusxa ko‗chirmay yoki ularga taqlid 
qilmay, milliy an‘analar va zamonaviy o‗zbek adabiy jarayoni 
taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni 
o‗zlashtirmoqdalar. Masalan, Nazar Eshonqul o‗zining 
―Muolaja‖, ―Bevaqt chalingan bong‖, ―Istilo‖, ―Tobut‖ kabi 
asarlarida 
arxitiplarga, 
motiv-obrazlar, 
topos-obrazlarga 
murojaat etadi, o‗zbek millatining o‗ziga xos xususiyatlari va 
Sharq 
psixologiyasini 
aks 
ettirarkan, 
montaj 
usulidan 


10 
foydalanib, alohida mavjud bo‗lgan hodisalarni yaxlit voqelikka 
aylantiradi; Omon Muxtor ―Maydon‖ romanida adabiy uslub va 
tasvir predmeti sifatida ―dialog o‗yini‖dan va muallif 
majozlaridan foydalanadi; Erkin A‘zam o‗zining ―Chapaklar va 
chalpaklar mamlakati‖ qissasida shartli-fantastik usulni, asarni 
rivoyat janriga yaqinlashtiruvchi ramz va majozlarni tanlaydi; 
Xurshid Do‗stmuhammad ―Bozor‖ romanida inson ongining 
turfa shakli – falsafiy mushohadaga, xalq donishmandligiga 
murojaat qiladi. 
Modernistik ruhdagi asarlar yo‗qotish, qayg‗u, chorasizlik, 
qo‗rquv, ruhiyatning o‗zgarishi, fojia motivlarining yuzaga 
kelishi bilan belgilanadi. Shu ma‘noda o‗zbek adabiyotidagi 
modernizmga xos unsurlar shaxs va borliq, o‗lim va hayot, ruh 
va tana, din va osiylik kabi muammolarni talqin etishga 
qaratilgan bo‗lib, uning A. Shopengauer, M. Shtirner, S. 
Kerkogor, F. Nitsshe, A. Bergson falsafasi bilan o‗zaro uyg‗un 
ekanligini ko‗rsatadi. Modernistik tendensiyalarda bitilgan 
asarlarda yo‗qotish, g‗am, chorasizlik, qo‗rquv, fojia motivlari 
paydo bo‗la boshlaydi, lekin asar mualliflari, dunyo 
modernizmidan farqli o‗laroq, ruhiy inqirozdan chiqish 
yo‗llarini izlaydilar va yorug‗ vaqtlar kelishiga umid 
bog‗laydilar. 
Bu davrda omma adabiyoti ham faollasha boshladi 
(sarguzasht qissa va ishqiy romanlar ko‗payib ketdi). Nabijon 
Hakimovning bozori chaqqon bo‗lgan sentimental ruhdagi 
asarlarini, Tohir Malikning ―Shaytanat‖ romanini, Hojiakbar 
Shayxovning ―Olis sayyora‖, ―Kelgindilar‖ kabi ilmiy-fantastik 
romanlarini misol tariqasida keltirish mumkin. 
3.―Verdandi‖ davri (2000–2014 yillar). Bugungi adabiyot 
mumtoz adabiyot va realizm an‘analari, modernizm, 


11 
postmodernizm tendensiyalarining yonma-yon yashayotgani 
bilan tavsiflanadi. 
Zamonaviy o‗zbek adabiy jarayonida realizm pozitsiyasi 
ancha kuchli. Misol tariqasida Abduqayum Yo‗ldoshning 
―Bankir‖, ―Puankare‖, Hakim Sattoriyning ―Sog‗inch‖, 
Shodmon Otabekning ―Agar oshiqligim aytsam…‖ kabi 
jamoatchilik va tanqidchilar e‘tirofiga sazovor bo‗lgan asarlarini 
keltirish mumkin. Fikrimizcha, realizm badiiy metod sifatida 
kelajakda ham asosiy yo‗nalishlardan biri bo‗lib qoladi. 
Binobarin, adiblarimiz hali bu metodning ko‗plab usul va 
vositalarini o‗zlashtirishlari lozim. Turgan gapki, bu 
yangilangan realizm bo‗ladi, deb aytishga asosimiz bor. Chunki 
hayotiylik badiiyati mavjud voqelik tasvirini zamonaviy 
vositalar majmuida berilishini talab etadi.Ehtimol, bugun o‗zbek 
adabiyotida ildiz otgan boshqa tendensiya neorealizmning 
vujudga kelishidan nishonadir. Biz bugungi qator asarlarda 
kuzatilayotgan hodisa – realizm va modernizm uslubining 
simbiozini nazarda tutmoqdamiz. 
O‗zbek adabiyotidagi postmodernizm unsurlari haqida so‗z 
borar ekan, aytish joizki, bu hodisa o‗zbek adabiyotidagi milliy 
chizgilar va o‗zbekona matn qurilishidagi azaliy ohangdorlik 
xususiyatlarini o‗zlashtirgan bo‗lib, poetik-uslubiy yo‗nalishi 
nuqtai nazaridan g‗arb va rus postmodernizmidan tubdan farq 
qiladi. Ushbu yo‗nalishga Omon Muxtorning ―Ikki qiyofa‖, 
Isajon Sultonning ―Munojot‖, No‗mon Rahimjonovning ―Jimjit 
jolalar‖ qissalarini misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy 
adiblarning jahon adabiyotida allaqachon urfdan chiqqan 
postmodernizmga moyilligini oqlaydigan yana bir ijobiy 
belgilardan biri postmodernchilar bosh prinsip deb hisoblangan 


12 
prinsip – ―asardan muallif shaxsini olib tashlash‖ prinsipini 
pisand qilmaslikdir. 
Zamonaviy o‗zbek nasrida quyidagi postmodernistik uslub 
belgilarini ajratib ko‗rsatish mumkin: o‗zbek mumtoz 
adabiyotidan ―iqtibos‖lar keltirish; qahramonning ―shizoanaliz‖ 
usuli bilan sun‘iy hayajon asosida ochib berilgan ruhiy holatini 
oldingi o‗ringa chiqarish; muallifning falsafiy pozitsiyasi aks 
etgan ramzlar kombinatsiyasini (kodini) qurish; olamni 
birlamchi ko‗rinishda qabul qilish; janr eksperimentlari; 
borliqning o‗ziga xos modelini yaratish; zamonaviylikdan 
chekinib, o‗tmish ―izlari‖ tushgan ifoda tilini yaratish jarayoni 
ahm kuzatiladi. Bu adabiy hodisalarni hali anglab yetishimiz 
zarur.Biroq shuni qayd etish lozimki, o‗zbek yozuvchilari 
izlanmoqdalar, 
ifoda 
etish yo‗llari hamda vositalarini 
kengaytirib, tinmay tajribalar qilmoqdalar. Aniqrog‗i, bu borada 
postmodernizm haqida metod, yo‗nalish yoki oqim sifatida 
emas, balki realistik asarda ko‗ringan unsur yoki asar 
yaratishdagi badiiy usul sifatida gapirish ma‘qulroqdir. 
Hozirgi o

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin