O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
1
 
Андре Бретона. Сюрреализм манифести. // Жаҳон адабиѐти. – 2000й. 5-сон. 179-бет.
 
1
Б.Каримов. Истиқлол даври шеърияти. 42-бет.
 


61 
qarshi qo‗yib bo‗lmaydi. Modernizmga realizm suvratidagi 
sosrealizm oqimigina qarshi qo‗yilgan. Endilikda asta-sekin 
adabiyot siyosatdan holi bo‗lmoqda. Chunonchi, adabiyotning 
o‗z «siyosati» mavjud. Adabiyot inson ruhiy olami uzra siyosat 
yurgizadi, ruh olamidagi jismlar orasida intizom o‗rnatadi, 
qadim-qadimdan shunday bo‗lib kelgan. So‗fiylarning ko‗ngil 
parvarishi ta‘limoti bejiz kun tartibiga chiqmagan bir mahallar. 
Biz shu yo‗ldan yurmog‗imiz lozim. Bu yo‗l ma‘naviyatimizni 
yuksaklikka olib chiqadi, bu yo‗l millatimiz yuragini, sharqona 
kechinmalarini bobolarimiz ma‘naviyatiga omuxta etgan holda 
jahon ilm ahliga ko‗z-ko‗z qiladi»
2

Darhaqiqat, shoir ta‘kidlaganidek, inson ruhiy holatini 
taftish etuvchi, uning o‗zligini, «men»ini kashf etishga 
qaratilgan 
va 
bugungi 
kunda 
modern 
adabiyoti 
deb 
nomlanayotgan uslubiy yo‗nalish Sharqning ulkan tafakkur 
qudrati bilan yaratilganligiga ishonch hosil qilamiz. Bu haqda 
yozuvchi Nazar Eshonqul fikr bildirar ekan, xalqimizning 
qadimiy ijod namunalarini yuqori baholab: «Turkiy xalqlar 
asotir va eposining ta‘sir ko‗lami shu darajada kengki, biz hatto 
buni tasavvur ham qilolmaymiz. Agar biz ana shu merosni 
o‗zlashtira olsak, g‗arb adabiyoti nimadan iborat ekanligini ham 
tezda tushunib yetamiz»
3
, - deydi. 
Taniqli munaqqid va olim A.Rasulov esa so‗nggi yillar 
o‗zbek poeziyasining biz tahlil qilgan tamoyillari haqida so‗z 
yuritib, «so‗nggi yillar o‗zbek poeziyasida insonning o‗zini-o‗zi 
anglash muammosi jiddiy talqin etilmoqda. Inson ruhiyatidagi 
hayot, ziddiyat, falsafiy-ruhoniy talqin hech kimni befarq 
qoldirmaydi. Abdulla Oripovning «Bir qarasam» she‘rida ham 
2
Б.Рўзимуҳаммад. Назарияга бефарқ қараяпмизми? // ЎзАС. -2001й. 7 декабрь.
 
3
Назар Эшонқул Ёшлар насри ўз йўлидан боради. // ЎзАС. – 2000й. 4 август.


62 
o‗zini-o‗zi anglash, ruhiy holat, ichki kurash aks etadiki, u 
asarning umriboqiyligini ta‘minlagan... 
O‗zbek adabiyotida «men» - «yaratgan hamma narsamiz» 
qatlami yoxud inson farzandining tabiat va jamiyat bag‗riga 
to‗la kirib borishi, «men» - «koinot» qatlami yoki ilmiy-diniy-
falsafiy qarashlarni yaxlitlikda aks ettirgan murakkab asarlar 
hali ko‗p emas... Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor 
singari shoirlar asarlarida tarixiy nomlar, asarlar, diniy 
tariqatlarga ishoralar borki, ularni o‗zlashtirish uchun ma‘lum 
tayyorgarlik bosqichini o‗tash joiz»
1
. Ayni fikrni bugungi 
o‗zbek she‘riyatining «modern» yo‗nalishida ijod qilayotgan 
barcha shoirlar asarlariga tadbiq etish mumkin, deb o‗ylaymiz. 
Chunki bunday uslubdagi she‘rlar kitobxondan she‘rshunoslik 
ilmini va muayyan adabiy tayyorgarlikni talab etishi aniq. 
Zotan, she‘rni har bir kitobxon o‗z ko‗ngli, his-tuyg‗ulari va 
tafakkur tarziga monand his qilib anglaydi. 
Hozirgi o‗zbek she‘riyati namunalarini tahlil qilib, quyidagi 
xulosalarga kelish mumkin: 
- mustaqillik davri o‗zbek she‘riyati timsolida sirli-sehrli va 
rang-barang inson olamini shoir yoki lirik qahramon qanday 
anglayotganligini tasvirlashdan betakror inson dunyosining turfa 
holatlarini 
o‗z 
idroklari-yu 
his-tuyg‗ulariga 
tayanib, 
ko‗ngillariga o‗zlari yo‗l topishlariga undash, insonni anglashga 
intilishdan uning qalbini o‗ziga anglatish tomon qadam 
tashlanganligini ko‗rsatuvchi yo‗nalish paydo bo‗lganligidan 
dalolat beradi. Hozirgi o‗zbek she‘riyatiga xos bu tendensiya 
qanday ijodiy-estetik tamoyillarda o‗z aksini topmoqda? 
O‗zbek shoirlarining o‗zbek klassik she‘riyati va xalq 
og‗zaki ijodiga xos an‘analarni davom etdirib, poetik nutq 
1
А.Расулов. Танқид, талқин, баҳолаш. –Т.: Фан. 2006. 105-106-бетлар.
 


63 
xususiyatlaridan mohirona foydalanib, ijtimoiy-falsafiy ma‘no 
tashuvchi badiiy umumlashmalarni yaratishga intilishlarida 
ko‗rinadi; 
Zamondoshimiz 
ongida, 
xayoloti, 
ruhiyatida 
sodir 
bo‗layotgan jarayonlarni bor ko‗lami va turfa ranglari bilan 
tasvirlash tendensiyasi yozuvchilarga inson ongi va dunyosining 
betakror, ziddiyatli holatlarini hayotning o‗zidagi kabi tabiiyligi 
bilan badiiy gavdalantirish imkonini berayotganligini ko‗rsatadi;
Shoirlar favqulodda yaratilgan ifodalar orqali ramziy 
obrazlarni kitobxon ko‗z o‗ngida jonlantirishga erishib, poetik 
g‗oyani to‗laqonli anglatishga muvaffaq bo‗layotirlarki, bu 
xususiyat hozirgi o‗zbek she‘riyatiga xos tendensiya sifatida 
o‗rganilishi lozim. Ranglarni ramzlashtirish hozirgi o‗zbek 
adabiyotida o‗ziga xos an‘ana tarzida davom etmoqda, badiiy-
estetik tamoyil sifatida yashamoqda. O‗zbek she‘riyatida islom 
asotirlari va g‗oyalari bilan sug‗orilgan she‘rlar paydo bo‗ldi. 
Hozirgi o‗zbek she‘riyatiga xos tamoyillardan yana biri 
shoirlarning poetik nutqning xitob, murojaat kabi shakllaridan, 
so‗z takrori, ritorik so‗roq kabi unsurlardan foydalanib, olamni 
uning bir bo‗lagi bo‗lmish inson dunyosini poklash orqali 
munavvar etish haqidagi dunyo olimlari, faylasuf-u shoirlari 
qarashlariga hamohanglikda yaratilayotgan poetik g‗oyalari, 
betakror tashbehlarga yuklangan salmoqli fikr va tuyg‗ulardan 
anglashilishini alohida ta‘kidlaymiz. 
Mustaqillik davri o‗zbek she‘riyatiga xos xususiyat: ruhiy 
tahlilning teranligi; asarga xos poetik tafakkur tarzining 
serohangligi; voqealarning an‘anaviy realistik asarlardan farqli 
hayotiy manzaralarda gavdalantirish; hodisalar, kechinmalar 
«men» orqali his qilinishi yangilik sifatida qabul qilindi, bahs 
munozaralarga sabab bo‗ldi. Bu xususiyat realistik tasvir uslubi 


64 
bag‗rida yuzaga kelgan «yangilik» sifatida e‘tirof etilayotgan 
«o‗zbek modern she‘riyati» alohida va o‗ziga xos estetik 
tamoyil sifatida yuzaga kelganligi hamda rivojlanayotganligini 
asoslaydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin