O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti


Mavzu yuzasidan savol topshiriqlar



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
 
Mavzu yuzasidan savol topshiriqlar: 
1.Ruhiyat talqini deganda nimani tushunasiz? 
2.Eng sevgan asarizdagi qahramonlar ruhiyatining 
yoritilishiga bir ekskurs qiling? 


105 
3.Normurod Norqobilovning avg‗on urushi haqidagi biror 
qissasini o‗qing va munosabat bildiring. 
4 ‖Daryo ortidagi yig‗i‖ asaridagi qahramonlar ruhiyatining 
talqiniga munosabat bildiring. 
Adabiyotlar: 
1.To‗ychiyev U. O‗zbek adabiyotida badiiylik. – Toshkent, 
―Yangi asr avlodi‖, 2011. – 508 b. 
2.Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. −T.: ―Ma‘naviyat‖, 
2000. -112 b. 
3.Karim Bahodir. Ruhiyat alifbosi. – toshkent, 2016. – 364 
b. 
4.Qo‗chqor Norqobil. Quyoshni kim uyg‗otadi?: Qissalar
hikoyalar. −T.: ―Sharq‖, 2007. −384 b. 


106 
8- MAVZU:
HOZIRGI ADABIY JARAYONDA ROMANCHILIK 
TARAQQIYOTI 
Reja:
1.
Bugungi o‗zbek adabiyotining taraqqiyotida noan‘anaviy 
romanlar. 
2.
Bugungi davr adabiyotida roman janrining xarakterli 
jihatlari. 
3.
Bugungi o‗zbek adabiyotida ramziy majoziy tasvirlar va 
romanchilik taraqqiyoti. 
4.
Xurshud 
Do‗stmuhammadning 
―Bozor‖ 
romanida 
ramziylik va badiiy xarakterlar talqini. 
5.
Ulug‗bek Hamdamning ―Muvazanat‖ ronida ziyolilar 
fojiasi ifodasi. 
Tayanch so‘zlar:
o‗zbek noan‘anaviy, poetik tafakukur, mavzu 
va g‗oya, ramziylik, majoziylik. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida 
jiddiy yangilanish belgilari kuzga tashlana boshlandi. Iste‘dodli 
Adabiy turlar 
va janrlar 
Lirik tur janrlari 
Epik,
lirik, dramatik 
Roman, qissa, 
hikiya
Sonnet, ballada,
Dramatik janrlar 
Tragediya, 
komediya, 
teledrama 
Ocherk, maqola, 
badia,
 
feleton
Publitsistik janrlar 


107 
yozuvchi U. Xoshimovning «Tushda kechgan umrlar». M. M. 
Do‗stning «Lolazor», O. Yokubovning «Adolat manzili» 
romanlari adabiyotimizda yangi saxifa ochdi.Shundan sung 
birin-ketin E. Samandarovning «Daryosini yo‗qotgan qirgoq»,
«Tangri qudugi», U.Nazarovning «Chayon yili», M. 
Mansurovning «Mangu jang», «Gunohi azim», O. Muxtorning 
«Egilgan bosh», «Ming bir kiyofa», «Kuzgu oldidagi odam»,
T.Murodning «Otamdan kolgan dalalar» romanlari dunyoga 
keldi va katta extibor kozondi.
Istiklol davriga kelib, tarixga munosabat uzgardi. Endi 
adiblardan tariximizni ruy-rost, bezak va kora buyoklarsiz 
tasvirlash talab kilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis 
adiblarning 4-avlodi «labbay» deb javob berdi. Ular uz oldida 
tarixiy mavzuda kuplab talantli asarlar yaratish vazifasi 
turganligi xal kilinishini kutib turgan muammolar borligini 
anglab yetdilar va ularni xal etishga astoydil kirishdilar. Chunki 
xalkimiz uzok tarixda kursatgan jasoratlari, kaxramonligi 
tugrisida xali yetarli suzlab berilgani yuk. Zero, adib I.Raxim 
kuyinib yozganidek, «Adabiyotimiz xalkimizning tarixi oldida,
utib ketgan kaxramonlarimiz ruxi oldida va xozir xam ibrat 
bulib yashayotgan usha davr paxlavonlari oldida katta karzdor 
bulib kelmokda. Bu karzni uzishni xam Vatanni ximoya 
kilishdek jangovr burchi miz deb» bilishimiz lozim. Biz 
tariximizni sevamiz, xurmat kilamiz, usiz yashash kiyin. 
Chunki R.Xamzatov aytganidek, utmish xalkimizning 
shaxodatnomasidir. Ma‘lumki, tariximizning saxifalari konli 
fojialar va daxshatli dramalarga xam boydir. Biz albatta, ana 
shu fojia va dramatik xolatlarni xam, ularni yenggan, omon 
chikkan, uzining ulugvor va oliyjanob ruxini asrab kololgan,
xar doim adolat, haqiqat, ezgulik tantanasi uchun kurashgan,


108 
ularning bir kun emas, bir kuni albatta barkaror bulishiga kattik 
ishongan ajdodlarimizning nurli yulini, optimizmini, barkamol,
soglom irodasini xam kurishni istaymiz. Shuning uchun tarixiy 
asarlarni 
mutolaa 
kilganda 
ulardagi 
ijtimoiy-tarixiy 
jarayonlarning markazida turgan yengilmas ajdodlarimiz kudrati 
va irodasini kidiramiz. Chunki tarix gildiragini xalk 
xarakatlantiradi. 
Tarixiy roman janri xususida fikr yuritar ekanmiz,
dastavval A.Kodiriyni, Oybekni esga olamiz. Xar ikki tarixiy 
romannavis uzbek adabiyotida uziga xos yunalishni boshlab 
berganlar. Agar A.Kodiriyning «Utgan kunlar» va «Mexrobdan 
chayon» romanlari markazida asosan tarixiy vokealar tursa,
Oybekning «Navoiy» romanida tarixiy shaxs birinchi uringa 
chikdi. Tarixnavis adaiblarning 3-tulkini xar ikki ustoz 
sanxatkorlarning anxanalarini uygunlashtirib tasvirlashdi va 
natijada tarixiy roman 70 yillarda yukori boskichga kutarildi. Bu 
parvozda O.Yoqubov, P.qodirov, Mirmuxsin, M.Qoriyev 
kabilarning xizmati katta bo‗ldi.
Tarixga murojaat kilishning uziga xos murakkag tomonlari 
bor. Aval yozuvchi kalamga olinayotgan davrni chukur 
urganishi, tarixiy xakikatga tula amal kilishi, ayni paytda 
tarixiy shaxslar xamda vokealarning zamonaviy ruxini aniklab 
olishi va xakkoniy tasvirlashi lozim. Tarixiy materiallar ipi 
zamon bilan uzviy boglanmas ekan, binobarin, u uz ruxi,
goyasi bilan bugungi kunimizga xizmat kilmas ekan, bunday 
tarixiy asar uz vazifasini uddalay olmagan buladi. Mustakillik 
bergan imkoniyatlardan foydalanib tarixnavis adiblarning 4-
tulkini mamlakatimiz tarixining shu paytgacha korongi bulib 
kelgan tomonlarini yoritishga kirishdilar. Bular orasida 
M.Alining «Sarbadorlar», B.Axmedovning «Amir Temur» 


109 
nomli xronologik, M.Koriyevning «Ibn Sino», X.Begmatning 
«Mehrigonim kaydasan?», A.Dilmurodning «Mahmud Torobiy» 
singari romanlari extiborga loyikdir. Zero, tarixda xam,
adabiyotda xam unutilganlar, ok doglar kolmasligi uchun 
xarakat boshlandi. Bir paytlar yakkaxokim kompartiya 
«utmishni ideallashtirish, noinsofiy va notarixiy yondashishga,
Temur kabi feodal zolimlar teatr saxnalarida, kino ekranlarida,
kitoblar saxifalarida shu vaktga kadar kuzga tashlanib turishiga» 
chek kuygan edi. Tarixiy vokealar va shaxslarning paydo bulishi 
«ayrim yozuvchilarning muloxazasizligi, tarix xakikatiga zid 
ish tutishi» deb baxalanardi. 
Shukurki, istiklol bunday cheklashlarga barxam berdi. 
Dastlab 
buyuk 
bobokalonlarimizni 
gubordan 
tozalash,
tariximizga xolisona yondashish boshlandi. Mamlakatimizda 
ulutlarimizni uluglashga, buyuk zotlarning yubileylarini katta 
tantanalar bilan nishonlashga aloxida extibor berildi. Xar yili 
biron bir tarixiy shaxsning ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy merosi,
faoliyati yil davomida chukur urganila boshladi. Amir Temur 
yili, Yassaviy yili, Ulugbek, Baxovuddin Nakshband,
«Alpomish» dostoni, Jaloliddin Manguberdi yubileylari shular 
jumlasidandir. Amir Temur xayoti va faoliyati tugrisida tarixchi 
olim, akademik B.Axmedovning «Amir Temur» nomli tarixiy-
xronologik romanining dunyoga kelishi katta vokea buldi. Unda 
muallif buyuk tarixchi, Amir Temur yurishlari va davlatning 
boshkarishining tirik guvoxi bulgan Sharafiddin Ali Yazdining
«Zafarnoma» asari asosida vokea-xodisalarga yondashadi. Amir 
Temur 
va sarbadorlar munosabiti tugrisida M.Alining 
«Sarbadorlar» delogiya romani yaratildi. Unda soxibkiron Amir 
Temurning Turkiston tuprogida birinchi bulib mugullarga 
kashkatgich zarba bergan sarbadorlarga xayrixoxligi xakkoniy 


110 
tasvirlangan. 
Xullas, 
mustakillik 
tariximizga 
noxolis 
yondashish, uni buyab, bezab kursatish tamoyillariga barxam 
berdi. 
Bu davrda kuprok zamonaviy mavzuda romanlar yaratildi. 
Bu romanlar orasida ayniksa, T.Murodning «Otamdan kolgan 
dalalar», O.Muxtorning «Egilgan bosh», «Ming bir kiyofa»,
«Kuzgu oldidagi odam», «Ffu», «Tepalikdagi xaroba»,
«Ayollar mamlakati va saltanati» kabi romanlari mashxur buldi.
Omon Muxtor xozirgi adabiy jaryon – istiklol davri 
adabiyotining eng sermaxsul adibi sifatida shuxrat kozondi. U 
kiska muddatda oltita roman yaratdi. Bu romanlar son jixatidan 
adibga shuxrat keltiribgina kolmadi, ayni paytda bu 
romanlarning shakli va mazmunidagi talay yangiliklar adabiy 
jamoatchilik extiborini tortdi. O.Muxtor ijodi asardan-asarga 
kayralib borayotganligi bilangina emas, balki xar bir 
romanining shaklining uziga xosligi, nutkiy kurinishlarining 
rang-barangligi, syujet va kompozisiyasining betakrorligi,
kaxramonlarining yangiligi, orginalligi, fikrlashi va 
duyokarashining uziga xosligi, xulosalarining muximligi bilan 
ajralib turadi. Uning romanlari badiiy adabiyotning bosh mezoni 
– shartlilik asosiga kurilgani, bayon manerasining yangiligi,
vokealarning xayotiyligi, ayni paytda xayotda ruy berishi 
mumkin 
bulmagan 
uydirmalar 
bilan 
chatishib 
ketishi,
syujetning shiddatli davom etishi, kutilmagan almashinuvlar 
zanjirining uzaro boglikligi bilan kimmatlidir. 
Adib O.Muxtorning uzi asarlarining kurilishi tugrisida 
shunday deydi: «Egilgan bosh» romaniga kelganda bir shakl 
kidirishga urindim. Unda «Turt daftar» shaklini oldim. Bir 
boshkacharok tushlar shakliga, yangirok yunalishlarga murojaat 
etib, birinchi kadamni kuydim. «Ming bir kiyofa», «Kuzgu 


111 
oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba»ni yozganda va sunggi 
romanlarimda bunga kengrok kirishdim… Asar biror masalani 
xal etishi, muammoni kutarib chikishi kulgili. Asar inson 
ruxiyatining murakkabligini aks ettirishi kerak.» Shu nuktai-
nazardan «Egilgan bosh» romaniga razm tashlaylik. Roman 
kuprok ramziy, uartli usulda yozilgan. Vokea asar 
kaxramonlaridan Abrorning kurkinchli tushi, kimsasiz orolga 
tushib kolishi, bu orolda uning badaniga chirmashib, siljishiga 
xalakit beruvchi «yarim odam, chrim paypaslagichlardan iborat 
maxluk Rudapo» tasviri bilan boshlanadi. Keyin Abror xotini 
Zuxraning pidjakini kiyib ishga junaydi. Bu ikkala detalp shu 
kadar ramziyki, Abror roman oxiriga kadar Rudapo-maxluk 
iskanjasidan kutulolmay xalok buladi. U bajarishi kerak bulgan 
ishlarni esa kupincha erkak kiyimini egniga ilgan xotini Zuxra 
ado etadi. Shunisi taxsinga loyikki, tasvirdagi ramziylik 
bayonda xam, kaxramonlar tasvirida xam , psixologiyasida 
xam saklanadi. Mana, shulardan biri: «yelkador kishi odmi 
kiyingan uzini kamtarin kursatish uchun- Y. S., turki-
tarovatidan xam soddadilmi xalkdan chikkandek kursatish 
uchun, akli nokisrokmi u paytda raxbarning aklli bulishi emas,
kimningdir arzandasi bulishi muximrok edi, odamga uxshar 
edi». Bu romandagi boshka kaxramonlar taxlili xamda 
yozuvchining «Kuzgu oldidagi odam», «Ming bir kiyofa»,
«Ayollar mamlakati va saltanati» romanlari tugrisida suzlab 
beraman.
Iktidorli yozuvchi Togay Murodning «Otamdan kolgan 
dalalar» romani tom maxnoda istiklol mevasidir. Adib romaniga 
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti» axzosi- ozod Uzbekiston 
uchun bitdim» degan bitik bilan boshlaydi. Mana shuning 
uziyok adibning ustozlar anxanalarini davom ettirayotgani,


112 
ularga nasib etmagan mustakillik mevalaridan baxramand 
bulgan avlodning shukronasini eslatadi. Shu suzning uziyok bu 
romanning Uzbekiston mustakilligi shaxniga bitilgan kasida 
sifatida dunyoga kelganligidan dalolat beradi. Darxakikat,
«Otamdan kolgan dalalar» romani baxshiyona uslubda bitilgan 
erk dostonidir. Asar un bobdan tashkil topgan. Unda 
xalkimizning 130 yillik tarixiy murakkab davri kalamga olingan. 
Chor Rusiyasining boskini tufayli xalkimiz tinchligining 
buzilgan onidan boshlab, yakin yillargacha uzluksiz surxatda 
kattikkullik bilan amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosati 
okibatida uzbek dehqonining ayanchli ahvolga tushib 
qolganligini ifodalash asar voqealarining uzagini tashkil etadi. 
Mana shu muddat orasida uzbek xalqining xayotiy ruy bergan 
kurguliklar uch avlod takdiri orkali kursatilgan. Bu avlodlar bitta 
oilaga mansub. 
Birinchi avlod vakili fargonalik Jamoliddin ketmon,
ikkinchisi uning ugli Fargonada tugilib, Denovda voyaga 
yetgan, boskinchilarga karshi kurashib, mardlarcha shaxid 
bulgan Akrab, uchinchisi Denovda tugilib usgan, shu tuprokda 
mexnat kilib, butun respublikaga dong taratgan paxtachilik 
brigadasining bouligi Akrab xamda Bolxin terimchining 
yakkayu-yagona ugli surxonchi Dexkonkuldir. Bu oila takdirini 
xam, romandagi zamon va makonni xam shartli kabul kilish 
kerak.Kengrok mapnoda olsak, Fargona vodiysidan Surxon 
voxasigacha bulgan makon xam, XIX asr urtalaridan XX 
asrning 80 yillarigacha davom etgan zamon xam bir oila takdiri 
misolida tasvirlanadi. Shuning uchun bu oila takdiri misolida 
tasvirlanadi. Shuning uchun bu oilaning umuman uzbek xalki 
timsolida namoyon buladi deb tushunish kerak.


113 
Roman «Men fargonachi Jamoliddin ketmon nabirasi 
bulaman» degan ibora bilan boshlanadi. Iboradan iftixor oxangi 
eshitiladi. Jamoliddin ketmon tugrisidagi bobdan shuni anglab 
olamizki, bobomiz uz yeriga ega bulgan, unga sevib-sevib 
ishlov bergan, ter tukib-ter tukib mexnat kilgan, uynab-uynab 
xosil olgan, shukronalar aytib xayot kechirgan. Ammo 
Fargonaga ruslarning bostirib kelishi Jamoliddin ketmonning 
osoyishta xayotini buzdi, yerdan baraka kutarildi, zilol suvlvr 
butana buldi. Bobomiz toza yer izlab Fargonadan bosh olib 
chikib ketdi, xali ok podsho kadami yetmagan Denovdan 
boshpana topdi. 
Ikkinchi bob «Men surxoni Akrab kuli gul ugli bulaman» 
degan faxriya bilan boshlanadi. Akrabning kismati otasinikidan-
da ogir, fojei buldi. U uzining kiska umrining boskinchilarga,
asosan, kizillarga karshi kurashib utkazdi, shu yulda xalok 
buldi, shaxid deb nom oldi. Ana shunday extikodli, fidoyi 
insonlarning farzandi Dexkonkul uchinchi avlod vakili bulib, u 
ota tarbiyasini olomadi, onasi Bolxin terimchi kolxoz ishlari 
bilan band buldi. Bolani sovet maktabi tarbiyaladi, voyaga 
yetkazdi. Milliy kadriyatlarimizning ildizlari kirkilgan zamon va 
makonda kamol topgan Dexkonkul ideologiyasining kuli,
sosialistik jamiyatning robotga aylangan kuli bulib yetishdi. 
Ismiga «kul» bejiz kushilmagandir?! 
Mustamlakachilik tadbirining navbatdagi boskichi sifatida 
80 yillar urtalarida kutarilgan «uzbek ishi» ana shu yerga, elga,
kommunistik ideologiyaga sadokatli Dexkonkul boshiga xam ne 
kunlarni soldi. Azob-ukubatlarni torta-torta kilmagan ishlarini 
kildim deb buyniga olib, sakkiz yilga kesiladi. Shunda xam 
uning oxirgi tilagi yerlari bilan vidolashish istagi buladi…. 


114 
«Otamdan kolgan dalalar» publisistik uslubda bitilgan 
ijtimoiy-siyosiy romandir. Odatda badiiy asarda publisistika 
kupaysa, zerikarli bulardi. Birok istexdodli yozuvchi T. 
Murodning shirin tili bois buni sezmaymiz. Romanda Fargona 
leksikasi Surxon laxjasi bilan uzaro korishib ajabtovur nutk 
paydo bulgan. Roman she‘r kabi yozilgan, she‘r kabi ukiladi,
she‘r kabi xis kilinadi. Iboralar ixcham, manzaralar lunda,
fikrlar taxsirchan, tasvirlar kurimli, tuygular jushkin. Mana shu 
va boshka fazilatlari bilan «Otamdan kolgan dalalar» romani 
istiklol davri adabiyotida vujudga kelgan erkinlikning ilk 
kaldirgochidir. 
O‗zbek romannavislari zamondoshimiz obrazini yaratish 
orqali o‗z hatti-harakatlarini, faoliyatini hatto his-tuyg‗ularini 
ham aql-idroki ila mulohaza qilib, o‗z-o‗zini taftish etuvchi – 
analitik obrazlar vositasida bugunning dardu iztiroblari 
mohiyatini ochishga harakat qilayotirlar. Quyidagi jadvalda 
hozirgi adabiy jarayonda faol ijod qilayotgan romannavislar 
qayd etilgan: 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin