Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1.Dramatik tur va uning adabiy jarayondagi o‗rni.
2.Dramalarning istiqlol yillaridagi taraqqiyotini qanday
izohlaysiz?
3.Dramaning mavzu jihatdan rang-barang ifodasi
haqidagi fikrarizni qayd qiling.
Adabiyotlar:
1.Каттабеков А. Тарихий ҳақиқат ва бадиий маҳорат. –
Т.: ―Фан‖, 1982. 7-14-бетлар.
2.Mirzayev
S.
Hayot
va
adabiyot.
– Toshkent,
―Sharq‖,2001 yil, 93-96-betlar.
3.Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent, ―Yangi asr
avlodi‖, 2006-yil, 68-73-betlar.
4.Qo‘shjonov M. Yozuvchi kamolotidan dalolat. Qarang:
Muhammad Ali Ulug‘ saltanat. Tarixiy roman. 1- kitob.
Jahongir mirzo. – Toshkent, ―Sharq‖2002yil, 328-333-betlar.
5.Qo‘shjonov M. O‘tmishdan bir sahifa. Qarang:
Muhammad Ali.Sarbadorlar. Tarixiy roman. – Tooshkent,
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyotit,1997
yil, 5-8-betlar.
6.Karimov E. ―Sarbadorlar‖ romani haqida mulohazalar.
―o‘zbek tili va adabiyoti‖ jurnali, 1996 yil, №4. 12-14-betlar.
162
13-MAVZU
YOSHLAR SHE’RIYATIGA TAHLILIY
YONDOSHUV
Reja:
1.Istiqlol yilaridagi she‘riyatning badiiy xususiyatlari.
2.Yoshlar she‘riyatida mavzu ko‘lami va uning ifodasi.
3.Modern an‘analarininf yoshlar sh‘eriyatidagi o‗rni.
4.Taqin va badiiy mahorat tushunchalri va yoshlar
she‘riyatining xususiyatlari.
5.Yoshlar she‘riyati va adabioy tanqidiy qarashlar
taraqqiyoti.
Tayanch iboralar:
she‘riyat, badiiylik, tushuncha, ifoda
shakli, tasvir, qarashlar.
Hozirgi yoshlarning shijoati, intilishida misli ko‗rilmagan
sur‘at borligi, fikrlashi, dunyoqarashi, borliqni obrazli idrok
qilishi oldingi avlodnikidan ancha keng ekanligi ularning she‘r
va hikoyalarini yarim asr avval qo‗liga qalam olgan
ijodkorlarning ilk izlanishlari bilan taqqoslaganda ham aniq
bilinadi.
―Tuyg‗ular shaharchasi‖ deb nomlagan ilk to‗plamini
o‗quvchilarga havola qilgan, yoshi yigirma beshdan sal oshgan
Jo‗rabek Jahon ―Osmonning ustuni‖ she‘rini:
―Ey, osmonni suygan daraxt,
Yulduzlarni qitiqlagan gul,
Sen ne deya qilgan eding ahd,
Tutindingmi quyoshga o‗g‗il‖
deya savol bilan boshlaydi
va ikkinchi bandda:
―Osmonlarni ko‗tarib ko‗kka,
Qadding sira bo‗lmagandir dol.
Oyga qo‗nim berib tunlari,
163
Neni xayol surasan, ey chol‖
deya savolini davom ettiradi.
Uning bu savollari daraxtning holatini kuzatib mushohada
yuritishidan tug‗iladi. Daraxtning ―Yulduzlarni qitiqlagan gul‖
deb taʼriflanishi, undan ―Tutindingmi quyoshga o‗g‗il?‖ deb
so‗ralishi, ―Oyga qo‗nim berib tunlari, Neni xayol surasan, ey
chol?‖ deyilishi yosh shoirning nigohi o‗tkirligi, voqelikni
o‗ziga xos tarzda kuzatishini namoyon etadi. Bunday o‗xshatish
har kimning ham xayoliga kelavermaydi. Ellik yil avval ijodini
boshlaganlarning o‗sha paytda yozgan she‘rlarida bu tarzda
savol qo‗yish, bu shaklda obraz yaratish ko‗zga tashlanmaydi.
Jo‗yali savol qo‗yish va shu asosda mushohada yuritish she‘rga,
umuman, har qanday asarga salmoq, joziba bag‗ishlashi va bu
o‗quvchi e‘tiborini darhol band etishi ―Tuyg‗ular shaharchasi‖
dagi boshqa she‘rlarda ham aniq ko‗rinadi. Ulardagi satrlar
mavhum, so‗nik emas. Satrlarda so‗zlar o‗z o‗rniga tushgani
bois barq urib yashnab turadi. Ularda ko‗ngildagi turli
kechinmalar, sharhlash, izohlash, boshqalarga tushuntirish
mushkul tuyg‗ular tiniq ifodalanadi. Masalan, ―Tayog‗ida
qancha hikmat bor…‖ deb boshlanadigan she‘r shunday
deyishga to‗la asos beradi. Yosh shoir ushbu she‘rida ham
―Tayog‗ida qancha hikmat bor, Necha asr berkingan unda?‖
deya savol qo‗yadi va unga javob topish uchun: ―Bu yerlardan
ne-ne zot o‗tgan, Oldin Xizr, keyin bu odam. Varaqlasam
o‗tmishni bir-bir, Yashagandek bo‗lar avval ham‖ deb
mushohada yuritadi. Lekin savollaridan tug‗iladigan xayolidagi
o‗ylari cho‗zilib ketmaydi. Ular to‗rt qatordan iborat bir bandga
jo bo‗ladi. Hayotning turfa tomoshalarini ko‗rib kechirgan,
ijodiy tajribasi ortgan ijodkor esa yana savollar qo‗yib,
xayollarini ifodalashda davom etardi. Jo‗rabek Jahonda ana shu
kenglik yetishmaydi. U yoshlikka xos besabrlik bilan:
164
―Adashmasam, bilmaydi o‗zi, Kimdan meros bu tayoq – hikmat.
Vatanini sevishin ko‗rib, Uni Shiroq deb o‗ylaysiz naqd‖ deya
xulosa chiqaradi. ―Tuyg‗ular shaharchasi‖ muallifining
savollarida ham, mushohadalarida ham, shoshqinlik bilan
chiqargan xulosalarida ham uning nigohi, o‗ziga xos qarashi
ko‗rinib turadi. Voqelikni kuzata turib, savol qo‗yish va shu
asosda mushohada yuritib, ohorli obrazlar topish va kutilmagan
xulosalar chiqarish ―Tuyg‗ular shaharchasi‖dagi barcha
she‘rlarga xos umumiy xususiyat bo‗lib ko‗rinadi. Bunga esa
hech bir ijodkor o‗z-o‗zidan, osonlikcha erishmaydi. Aslida har
qanday bilim, jumladan, ohorli obraz, yangicha o‗xshatish,
sifatlash, taqqoslashlar ham Allohning bandasiga ilohiy inʼomi,
cheksiz marhamatining nishonasidir. Ohorli obrazlar, yangicha
tashbehlar aksariyat hollarda behad hayratlanish va kuchli
ta‘sirlanish natijasida tug‗iladi. Qalb hodisasi sanalgan
hayratlanish va ta‘sirlanish yoqimli kechinma sifatida tiniq
tuyg‗ular hosil qiladi. Shoirning ana shunday tuyg‗u va
kechinmalari uning so‗zlarida in‘ikos etadi. Ellik yil avval har
qanday
shoir
tevarak-atrofidagi
hayot
bilan
bog‗liq
kuzatishlarini, o‗zining ichki kechinma, tuyg‗ularini, shodlik va
qayg‗usini sho‗ro mafkurasi doirasida, o‗zi yashayotgan zamon
siyosatiga muvofiq tarzda ifoda qilardi. Endi esa ijodkorga
shodlik va qayg‗usini ifodalashning chegarasi belgilab
qo‗yilmagan. U o‗zi ko‗rgan-kechirgan, eshitgan hodisalari, his
etgan kechinmalari, qalbidagi tuyg‗ularini zehni va qobiliyati,
qalbi va aqlining quvvati darajasida bemalol ifodalay oladi.
Mustaqillik davri yosh ijodkorlari she‘rlaridagi obrazli qabariq
ifodalar, kutilmagan salmoqli xulosalar zaminida istiqlol inʼom
etgan ana shu ijtimoiy erkinlik, ruhiy hurlik turadi. Ruhiyatdagi
erkinlik kishini boshqalarni emas, o‗z-o‗zini muhokama etishga
165
undaydi. O‗z-o‗zini taftish etish esa odamga holi, asl ahvolini
bildirib, uni o‗zini anglashga eltadi. O‗z ―men‖ini topishga
intilayotgan kishi boshqalardan ko‗ra o‗zini ko‗proq ayblaydi,
gunohlarini tan olishdan or qilmaydi, tortinmaydi. ―Tuyg‗ular
shaharchasi‖dan joy olgan quyidagi she‘rda masʼuliyatni his
etadigan, vijdoni sadosiga quloq tutib yashaydigan, kimligidan
qatʼi nazar, odam boshqalar oldida burchdorligini biladigan har
bir kishiga xos holat: ―Otamning ko‗ziga tik boqqanim chin,
Onamga qattiq so‗z aytganim ham rost. Bundan xijolat ham
bo‗lmaganman hech, Bir oqshom uxlamay chiqqanman, xolos.
Nega sening ko‗zingga, ayt, tik Boqib bo‗lmas sira ham,
Vijdon?‖ tarzida ifodalanadi. Bunday tavba-tazarru shoir
haqiqatni boshqalardan ko‗ra chuqurroq anglashi, adolatsizlik,
nohaqliklardan qattiqroq azoblanishidan dalolat beradi. 1988
yilda tug‗ilgan, kollejni tamomlagan Nargiza Odinayevaning
she‘rlari esa shoir qalbi hayotdagi haqlik-nohaqlikni emas,
undagi go‗zallikni ham boshqalardan ko‗ra chuqurroq his etishi,
dunyoga hammadan ko‗ra ko‗proq hayrat bilan boqishini
bildiradi. Nargiza ham hamma narsa to‗g‗risida mushohada
yuritishga keng imkon berilgan zamonda ulg‗aygani bois o‗ziga,
odamlargagina emas, dunyoga ham savol beradi. U ―Savol‖
sarlavhali she‘rida dunyoga: ―Ko‗k va zamin aro hadsiz makon
bor, Bag‗ringda ardoqda gul bor, tikon bor, Hammaga atalgan
yo‗l bor, arkon bor, Bag‗ringda kim bo‗lib yashayin dunyo?‖
deya murojaat qiladi. Nargiza garchi oliy o‗quv yurtida tahsil
olmagan bo‗lsa-da, fikrini har qanday adabiyotshunos,
jurnalistni havaslantiradigan darajada juda ta‘sirchan, qabariq
obrazlarda, silliq, jaranglatib ifodalaydi. Uning she‘rlaridagi
―Qismat qozonida kuygan bodroqman, Yo‗llar meni kutib, iz
taxlayverar, Shamol yuragimni varaqlayverar, Ko‗nglim
166
eshiklari taraqlayverar, Ko‗nikib qolganman bari-bariga‖ kabi
obrazli ifoda, tashbehlarni topishga ustozlardan tahsil olish,
kitob o‗qish, she‘r yodlash orqali erishib bo‗lmaydi. Nargiza
hayot
haqidagi
o‗ylarini,
ko‗nglini
to‗lqinlantirgan
kechinmalarini, o‗zini hayajonlantirgan his-tuyg‗ularini juda
nafis, taʼsirchan so‗zlarda ifodalaydi. Uning she‘rlarida yosh
qalamkashlarga xos izlanish, urinish emas, tajribali ijodkorlarga
xos yuksak mahorat ko‗rinadi. U so‗zlarning ohangi, jarangi,
ma‘no qamrovini juda chuqur his etadi. Yosh shoiraning
she‘rlarida so‗zlar turfa xil rang jilolari, maʼno mavjlari bilan
ko‗rinadi. She‘rlaridagi: ―Yelkamda bir quyoshning muzlab
yotgan tog‗i bor, Qushlarga in ko‗nglimda mingta oyning dog‗i
bor‖ kabi satrlar u iste‘dodli shoira ekanligi, ijodkor sifatida
yoshiga nisbatan ancha erta ulg‗ayganidan darak beradi.
―Fasllarga ko‗nmaydi dilda ungan chechaklar, Dunyoga to‗ylar
tilab mening so‗zim kurtaklar‖ degan shoiraning she‘rlarida fikr
izchil tarzda o‗sib boradi. Satrlarida aksariyat yosh
qalamkashlarning, jumladan, ellik yil avvalgi navqiron
ijodkorlarning she‘rlarida kuzatiladigan salqi o‗rinlar, uzilishlar
sezilmaydi. Nargizaning she‘rlarida fikrlar keyingi misralarda
kutilmagan tarzda qamrovini kengaytiradi. So‗zlar she‘r
davomida sayqallanib, ohangi bir maromda kuchayib boradi.
Yosh shoira she‘rlarining har bir bandida oxirgi misrada kuchli
―portlash‖ ro‗y beradi. Oldingi satrlardagi fikrning maxrajiga
aylanib, har bandda takrorlangan ushbu misra she‘r yakunida
avvalgidan-da kengroq va ta‘sirchanroq ma‘no kasb etadi.
―Savol‖ she‘ridagi ―Bag‗ringda kim bo‗lib yashayin dunyo?‖,
―Bariga‖ she‘ridagi ―Ko‗nikib qolganman bari-bariga‖,
―Yomg‗ir‖ she‘ridagi ―Meni yomon demagin, meni yomon
demagin‖ misralari bunday xulosa uchun asos bo‗la oladi.
167
Ta‘kidlash joizki, matbuot sahifalarida ilk turkumlari bilan
endi ko‗rina boshlagan yosh qalamkashlarning she‘rlari o‗zining
ikki jihati – fikrning yangiligi va misralarining ohangdorligi
bilan diqqatni jalb etadi. Bu she‘rlarda mulohazalar mantiqan
bog‗lanib boradi va bizga hayot hodisalarining, inson qalbining
yangi haqiqatlarini bayon etadi. Misralardagi ohang, so‗zlardagi
joziba qalbni beixtiyor rom etadi. Zamonaviy she‘riyatimizning
yosh, iste‘dodli vakillarining so‗zlarni tanlashi va ularni anglash,
his etish qobiliyati balandligi bilinib turadi.
Shavkat Odiljonning ―Bugun o‗sha anhor bo‗yida‖ misrasi
bilan boshlanadigan she‘ri ham bunga misol bo‗ladi. Sevgi
hissiyoti jo‗shqin ehtiros bilan bayon qilingan ushbu she‘rdagi:
Dostları ilə paylaş: |