Xatolarni qilgan o‗zing-ku,
Yana nega ko‗zlaringda nam?
Dildan ketib qolgan tuyg‗uni
Qaytarolmas tillolaring ham.
Ishqingda men malika bo‗ldim,
Sen shahzoda bo‗la olmading.
Men ming bora o‗lib tirildim,
Sen bir bora o‗la olmading.
Har gal meni eslaganingda,
Bir xo‗rsinib esla sochimni.
Senda qolgan xotiralarim
171
Oqartirsin tillo sochingni‖
tarzida yoniq ijodkorlik
tuyg‗usi bilan qalamga oladi. Unda ijodkorlik tuyg‗usi yoshiga
nisbatan ancha erta hosil bo‗lgani to‗plamdagi boshqa she‘rlarda
ham yaqqol sezilib turadi. Masalan, u ―O‗z akam bo‗l‖ she‘rida
ichki armonlarini:
Yelkasiga qadrim ortib yurgani,
Muhtoj bo‗lsam agar yaqin insonga,
Hasrat – g‗amlarimni tinglab turgani,
O‗z akam bo‗lsaydi mudom ishongan.
Yig‗lab aritardim dilning g‗uborin,
Unga suyansam-u, mehriga qonsam.
Taqib qo‗yar edim yurak tumorim,
O‗z akam bo‗lsaydi mudom ishongan.
Suyanch topgandayman butun umrlik,
Ushalib dilimning orzusi, baxti,
Qiynalsam yoningga borgim keladi,
Menga aka bo‗lgin, chinor daraxti‖
deya ifoda qiladi.
―Taqib qo‗yar edim yurak tumorim‖ singari topilma satrlarni
she‘r qoidalarini o‗rganish orqali bitib bo‗lmaydi. ―Oydin
orzular‖ muallifi she‘rlarida chiroyli tashbehlar qo‗llash
barobarida, kutilmagan xulosalar chiqaradi. Uning she‘rlariga
zeb berib turadigan ayni holat, odatda, ijodda muayyan tajriba
orttirgan, shoir sifatida tanilgan qalamkashlarning she‘rlarida
kuzatiladi.
Yoshlarga tabiat va hayot hamisha toza tuyg‗ular inʼom
qiladi. Ularni doimo avvalgilarga ato etmagan neʼmatlari bilan
siylaydi. Biz yashayotgan olamning bu g‗aroyib jumbog‗i
adabiyotdagi avlodlar ijodini o‗zaro qiyoslaganda ham aniq
bilinadi. Fitrat, Cho‗lpon she‘riyatiga xos tiniqlik Muqimiy,
Furqat ijodida kuzatilmaydi. G‗afur G‗ulom, Hamid Olimjon,
172
Oybek, Usmon Nosir she‘riyatidagi joziba, ohorli obrazli ifoda
―Abulfayzxon‖, ―Kecha va kunduz‖ muallifi she‘rlarida
ko‗rinmaydi. Bunday taqqoslash yana davom ettirilsa,
she‘riyatdagi, umuman, adabiyotdagi o‗zgarish hamma zamonda
aynan yoshlar – navqiron avlod ijodi hisobiga ro‗y berganiga
aniq ishonch hosil bo‗ladi. Har bir davr odamlarining ruhiyati,
kayfiyati, ziddiyatli kechinmalari ko‗proq yoshlar ijodida aks
etadi. Chunki ruh san‘atda, jumladan, she‘riyatda obrazlar, ya‘ni
ta‘sirchan iboralar, chiroyli o‗xshatish, sifatlash, jonlantirish,
jaranglagan qofiyadosh so‗zlar, kutilmagan xulosalar orqali,
dinda esa ishtiyoq bilan ibodat qilish, jamoa bo‗lib zikr tushish
singari emotsional hissiy faoliyat natijasida namoyon bo‗ladi.
―Ommaviy madaniyat‖ turli shaklda keng yoyilayotgan,
san‘atda har xil ―izm‖lar ko‗payib borayotgan hozirgi shiddatli
zamonda navqiron o‗zbek shoirlarining tashqi ta‘sirlarga tushib
qolmayotgani kishini quvontiradi. Ularning hayot hodisalariga
munosabati,
Vatan,
xalq,
ulug‗ ajdodlar to‗g‗risidagi
mulohazalari barcha uchun birday tushunarli. Globallashuv
davri yosh shoirlari shaxsiy-intim kechinmalarini ham pardalab
mavhumlashtirmaydi, G‗arbdagi kabi yalang‗och, behayo holda
taqdim etmaydi. San‘atning boshqa turlarida, masalan, tasviriy
san‘atda globallashuv ta‘siridami yoki boshqa omillar tufaylimi,
abstraksiya – mavhumlik kuchayib ketgan bir paytda, navqiron
shoirlar izlanishlaridagi aniqlik kishini quvontiradi. Ular
O‗zbekiston to‗g‗risida, o‗zi tug‗ilib o‗sgan shahar, qishlog‗i
to‗g‗risida she‘r bitganida soxta ehtirosga berilmaydi. Ularning
satrlarida yuragidagi samimiyat, yurtga mehr, xalqqa ehtirom
hislari balqib turadi. She‘rlaridagi tashbehlar, sifatlash,
jonlantirishlar yasama, sunʼiy tuyulmaydi. Masalan, ―Shohona
shodliklar‖ to‗plamidagi:
173
She‘r aytdim, yuragimning
Hovuri bosilmadi,
So‗zlarim olqishlarning
Bo‗yniga osilmadi.
Ko‗zim dunyoni oldi
Orqasiga ortqilab.
She‘rlarimni shamollar
Olib ketdi tortqilab‖
singari satrlar jo‗shqin ilhom bilan
bir zarbda bitilgani aniq seziladi. Ushbu misralar olingan
―Qarshi qo‗shig‗i‖da, Yulduz Zoirovaning ―Ona qishlog‗i‖da,
Bo‗z pedagogika kolleji o‗quvchisi Nurxon Turg‗unboyevaning
―Oydin orzular‖ to‗plamidagi she‘rlarda qalbda vatanparvarlik
hissini jo‗shtiruvchi, el-yurtga, odamlarga mehr tuyg‗usini
kuchaytiruvchi yoniq ishonch aks etadi. Bunday taʼsir kuchi
ijodkorning qalbida Vatan tuyg‗usi yuksak ekanligidan kelib
chiqadi. Navqiron avlodning vatanparvarlik hissiga yo‗g‗rilgan
she‘rlari shu jihatdan ham e‘tiborliki, ularda inson qavmi
ulug‗lanadi, hech bir xalq, millat kamsitilmaydi, haqorat
qilinmaydi. Vatan tuyg‗usi har bir odam uchun, har bir xalq,
millat uchun muqaddasligi, ushbu ilohiy tuyg‗u uchun hech
kimni ayblab bo‗lmasligi ta‘kidlanadi. Navqiron shoirlarning
Vatan mavzusidagi she‘rlarida ko‗proq sog‗inch hissi
ifodalanadi. Aslida ham Vatan bayroq, madhiya, ulug‗ ajdodlar,
shonli tarix to‗g‗risidagi otashin qasidalar emas. Vatan avvalo
har birimizning qalbimizda sog‗inch tuyg‗usini uyg‗otadigan
qadrdonlar kabi yaqin insonlardir. Vatan – ota-bobolarimiz
yashagan, kindik qonimiz to‗kilgan, nurli orzu-xayollarimizni
allalab, dilimizga shijoat solgan, quvonchu shodliklarimizga
shohid bo‗lgan, bizni kimsasizlik azobidan qutqargan, Yer
sharining qaysi puchmog‗ida turmaylik, bizni ohanrabo bo‗lib
174
tortib turadigan, qaytganimizda mehr bilan bag‗riga oladigan
zamindir. Vatan tuyg‗usi – ilohiy tuyg‗u. Har birimizning
qalbimizni ana shu sirli tuyg‗u zulmat qo‗ynidagi dunyoda
so‗nmas nur bo‗lib yoritadi.
Ongi, dunyoqarashi mustaqillik davrida shakllangan
avlodning adabiyot to‗g‗risidagi tasavvuri bo‗lakcha muhitda
o‗sdi. Shuning uchun ular adabiyotning azaliy muammosi –
inson ichki dunyosi murakkabliklarini ifodalashda ellik yil
oldingi yosh shoirlardan ko‗ra dadil odimladi. She‘rlarida
an‘anaviy mavzularning yangi qirralarini ochib, ohorli
tashbehlar topib, teran fikr bildira boshlashdi. Lekin ellik yil
avvalgi navqiron yoshlardan so‗zi salmoqdor bu yangi avlod
she‘rlarida hozir namoyon qilayotgan shu shijoatini saqlab qola
oladimi yoki ularning kuchi tezda tugab bitadimi? Buni vaqt
ko‗rsatadi.
Demak, yoshlarimiz uchun ustozlardan o‗rganish, jahon
adabiyoti yutuqlarini o‗zlashtirish, hayotdagi, zamondagi inson
qalbi bilan aloqador jarayonlarni chuqur bilish, hayot va zamon
talab
qilayotgan
muammolarni
badiiy
teranlikda
gavdalantirishga intilish, o‗z hayoti va ijodi bilan muqaddas
Vatanni har qanday balo-qazodan muhofaza etib, uning
qudratiga qudrat qo‗shish asosiy vazifalar sanaladi. Mana
shunday qadim yo‗llarga o‗z so‗qmoqlaridan chiqib olish
iqtidorini namoyon etgan ijodkorgina yangi manzillarning
baridan tuta oladi.
Dostları ilə paylaş: |