Tayanch iboralar:
Bolalar adabiyoti: kichik yoshdagi,
o‗rta yoshdagi bolalar uchun, ularning o‗ziga xosliklari,
badiiylik, obraz, talqin, qarashlar, ruhiyat.
Bolalar adabiyotida obraz yaratish an‘anasi. A.Obidjon va
T.Adashboyev ijodi va bolalar adabiyoti. O‗zbek bolalar
adabiyoti, tasvir uslubilari, yetakchi tamoyillar, taraqqiyot
tendensiyalari, xalq og‗zaki ijodi ruhi, epik obraz va motiv, epik
tafakkur, mavzu va g‗oya, ruhiyat tahlili.
Hozirgi adabiy jarayonda bolalar adabiyotining mavzu-mundarijasi
Ifodada nozik piching va axloqiylikning etakchilik qilishi
Bolalar tafakkurini o‗stirishda turli xil o‗xshatishlarning qo‗llanilishi
Tabiat hodisalari bilan bog‗liq uyg‗unlikda badiiy obrazlar yaratish
Zamonaviy internet vositalarining bola tafakkuriga ta‘sirini
yoritish
Milliy-ma‘daniy-ma‘naviy qadriyatlarga bo‗lgan mehrini oshirish
Teran mushohada serqatlamligi zamirida didaktika kuchliligi
177
Har bir davr o‗z adabiyotini yaratgani kabi istiqlol davri
bolalar adabiyoti ham tasvir uslubi hamda muammoga
yondashilganligiga ko‗ra o‗ziga xos xususiyat kasb etadi. Agar
sho‗ro davri bolalar adabiyotida to‗g‗ridan-to‗g‗ri nasihatbozlik
keng ko‗lamda yoritilgan bo‗lsa istiqlol davri bolalar
adabiyotida har qanday mavzuning estetik tarbiyaviy mohiyatiga
alohida e‘tibor qaratilayotganini ko‗rish mumkin.
Kichik kitobxonni ijtimoiy muammolar bilan tanishtirish
bolalar adabiyotida aslida nisbatan ertaroq – o‗tgan asrning 80-
yillarida boshlangan edi. Anvar Obidjonning «0099 raqamli
yolg‗onchi», «Ey yoru dunyo», «Alamazon va uning piyodalari»
kabi qissalarida hamda «Botinkaning tufliga xati» tipidagi
turkum she‘rlarida mos masala qilib qo‗yilgan edi. Istiqlol
davrida
jamiyat
taraqqiyoti
bilan
bog‗liq
g‗oyalar
S.Barnoyevning
publisistik
chiqishlarida
T.Adashboyev,
K.Turdiyeva, A.Akbar, Q.Ismoil kabi shoirlarning she‘riy
asarlarida o‗z ifodasini topmoqda. Ayniqsa, har xil shaklga oid
she‘rlar ijtimoiy munosabatlarning ta‘lim-tarbiyadagi o‗rnini aks
ettirishga qaratilishi bilan alohida e‘tiborga loyiqdir.
«Gulxan», «Tong yulduzi», «G‗uncha», «Yosh kuch»,
«Sinfdosh» kabi vaqtli matbuot nashrlarida ham istiqlol
g‗oyalarini tarannum etishiga qaratilgan turli janrga xos
asarlarning chop etilishi quvonarli holdir.
Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq
yoshlarimizni sog‗lom, barkamol qilib kamol toptirish
masalasiga jiddiy e‘tibor qaratdi. Bu masala davlatimiz
siyosatining o‗zagiga aylandi, jahon andozasi darajasida
dasturlar ishlab chiqildi. Ular hayotga tadbiq etilmoqda.
Har bir bolalar ijodkori uchun o‗z asarlari bilan yosh
kitobxon qalbini zabt etish, ularga xushnudlik onlarini baxsh
178
etishdan ortiqroq baxt bo‗lmasa kerak dunyoda. Anna shunday
baxtga muyassar bo‗lgan, kichkintoylar yuragidan joy olgan
iste‘dod egalari o‗zlarining badiiy jihatdan barkamol, go‗zal va
betakror asarlari bilan o‗zbek bolalar adabiyoti, she‘riyatiga
yangi ruh olib kirdilar. Keksa yozuvchilarimiz Obid Rasul
ijodini ko‗zdan kechirar ekanmiz, tasvirda qisqalikka intilish ,
ma‘noni kuchaytirish yo‗litdagi izlanishlari yaxshi natijalar
berganini ko‗rish mumkin. Shoir ijodiga xos yetakchi
xususiyatlar uning «Ahmad va Ahad» she‘rida o‗z aksini
topgan.
Muallif shunday yozadi:
Ahmad keksa boboning
Qo‗lidan yukini oldi.
Ahad: - begona-ku, deb,
Ohista jo‗nab qoldi.
Bs misralar bir qarashda jo‗ngina tuyulsa-da, ularda jajji
kitobxon tasavvuriga ma‘naviy oziq bo‗ladigan ma‘no mavjud.
Shoir asar qahramonlari Ahmad va Ahad xulq-atvorlarini
turmushimizda tez-tez uchrab turadigan oddiy hayot hodisasidan
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan umumlashma xulosa
chiqargan. Biroq Obid Rasul ijodida yuqoridagi asarning
butunlay aksi bo‗lgan, quruq va‘z-nasihatgo‗ylikdan iborat
bo‗lgan she‘rlar ham uchraydi. Masalan, uning «Mehmon ulug‗»
she‘rida shunday satrlarni o‗qish mumkin.
Mehmon kelsa hurmat qilib,
Assalomu-alaykum, de.
Dasturxon yoz, non ushatib,
Ol-olishib o‗zing ham ye.
Shoir ushbu asari orqali o‗quvchiga mehmonni hurmat qilish
joizligi, o‗zbek xalqi azaldan mehmondo‗st xalq ekanligini
179
uqtirmoqchi bo‗ladi. Lekin mehmonga munosabat haqida yo‗l-
yo‗riq ko‗rsatish bilangina kichkintoylarni mehmondo‗st qilib
tarbiyalash kutilgandek natija berishi qiyin.
Ma‘lumki, bolalik – tabiatan, quvnoqlik, o‗ynoqilik davridir.
Kichkintoylar hayotini o‗yinsiz tasavvur qilish qiyin, albatta.
Ammo «yaxshi bola doimo xizmatda bo‗lishi kerak» degan
siyqa aqida ongimizga shu qadar o‗rnashib olganki, Obid Rasul
ijodida ham shu ma‘no o‗zini yorqin namoyon qiladi. Shoir
«Yomon bola-ozori jondir» she‘rida quyidagicha yozadi:
Yomon bola ish desa qochar,
Aybin aytsang, zahrini sochar.
Ijodkor nazarida yomon bola – dangasa, fanlarni
o‗zlashtirmaydigan o‗quvchi. Yaxshi bola – hamisha oilada
xizmatda bo‗ladigan, kattalar nima desa albatta bajaradigan
o‗quvchi. Shoirning «Yaxshi bola – hayot naqshidir» she‘rida
shunday misralar o‗qiymiz:
Kattalarga izzatda –u,
Oilada xizmatda – u.
To‗g‗ri, dangasa, fanlarni o‗zlashtirmaydigan o‗quvchilarni
«yaxshi bola» deb bo‗lmaydi. Lekin kichkintoylar hayoti o‗yin
bilan chambarchas bog‗liq ekanligini unutib qo‗ymasligimiz
kerak.
Kichkintoylarning orzu-umidlari, quvonchu armonlariini
tilimizning cheksiz imkoniyatlaridan samarali foydalangan
holda aks ettira olgan, bu borada o‗zbek bolalar adabiyotida
o‗ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri Anvar Obidjondir.
Shu rang-barang mavzularda she‘rlar yozadi, uning barcha
asarlari kitobxonlar tomonidan sevib o‗qilmoqda.
Sir emaski, «Alifbo bayrami» - bolalar adabiyotidagi
unutilmas, behad katta quvonch, shodliklarga to‗la bayram. Bu
180
mavzuda shu qadar bolalar ijodkorlari bir qancha she‘rlar,
topishmoqlar yaratdilar. Harflarning xususiyatlari haqida qalam
tebratish o‗zbek boalalar adabiyoti she‘riyatida yangi hodisa
emas. Biroq Anvar Obidjon shu sohadan ham yangilik izlaydi va
kashf qiladi.
Voqyelikni idrok etish, uni o‗ziga xos tasvirlashga bo‗lgan
intilish Dilshod Rajabov she‘rlarida aks etadi. Shoirning «Kuz»,
«Poyezdning bolasi», «Qishki safar» she‘rlarida bolalar uchun
qadrdon bo‗lgan manzaraga yosh kitobxonlar ko‗zi bilan boqadi.
Kuz faslida yaproqlar sarg‗ayib, qish kelayotganidan darak
beradi. Biroq shoir kuz fasli tarovatini o‗zgacha ranglarda,
o‗ziga xos uslubda namoyon qiladi:
Kuzak yurish boshladi,
Ya‘ni urush boshladi.
Sarg‗ayib so‗ldi ko‗plab
Yam-yashil barg-u o‗tlar.
Kuzning bu «yurishi»dan dastlab kitobxonda tushkunlik
kayfiyati ustunlik qiladiganday. Lekin she‘rning birdaniga dil
ravshan tortadi:
Tiqildi ko‗p asirlar –
Sholg‗om, piyoz, sabzilar.
… Bu g‗alaba Kuzniki,
Endi maza bizniki!
Yuqoridagi misralardan ham ko‗rinadiki, istiqlol davri
bolalar she‘riyati uchun tom ma‘noda izlanishlar, rivojlanishlar
davri bo‗lmoqda. Yangi-yangi shakllar, yangicha qarashlar o‗z
samarasini bermoqda. Faqat bugungi kun uchungina emas, balki
kelajakka, yosh avlodni xalqparvar, vatanparvar, mehnatsevar
qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratilmoqda.
181
Bolalar adabiyotida o‗ziga xos o‗ringa ega bo‗lgan
ijodkorlardan yana biri Miraziz A‘zamdir. Uning ijodida
bolalarga bag‗ishlangan she‘r, qo‗shiq, ertak-dostonlar asosan,
maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga bag‗ishlangan bo‗lib,
bu asarlarda bola ruhiyatiga xos xususiyatlarni talqin etishga
initiladi. Uning «Yer aylanadi» she‘rida xuddi ana shu
xususiyatni talqinini kuzatamiz. Bu she‘r murg‗aq qalbni larzaga
soluvchi xususiyatlarga ega. Masalan:
Asta-asta shamol esadi,
Asta-asta yer aylanadi,
Asta-asta odam o‗sadi,
Asta-asta yer aylanadi,
Asta-asta ulg‗ayar aql,
Asta-asta yer aylanadi,
Bu misralarda bola ruhiyatiga ta‘sir etuvchi badiiy
takrordan unumli foydalanadi. Chunki ko‗pincha kichkintoy
bolalar hayot murakkabligidan bexabar bo‗ladilar. Ular
kattalarning ko‗magida hayotiy ziddiyatlarni anglab boradi. Shu
o‗rinda ularning ma‘naviy yuksalishida badiiy adabiyotning ham
roli beqiyos ekanligi kuzatiladi. Shoir she‘riyatida o‗y-o‗ylash,
xayol surish, o‗zining chuqur xayollari bilan odam va olamni
anglash jarayoniga jiddiy diqqat qiladi. Xuddi shu xususiyatni
«Xayol surish» she‘rida ko‗rish mumkin. Bunda bolalarga xos
qiziqish, har bir narsani tezroq bilib olishga initilish, uning
poyoniga yetishga harakat qilish bilan bir qatorda bola
psixologiyasiga, aqliy tafakkuriga ta‘sir etuvchi holatlar o‗rin
olgan. Yoki shoirning «Biz yengamiz bo‗ronlarni» she‘rida
bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan kurashlar orqali
yetib kelganligimiz badiiy talqin etiladi.
|