Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Adabiy tanqidning bugungi taraqqiyoti va qarashlar.
2.Adabiy tanqidiy qarashlar va istiqlol adabiyotinining
o‗ziga xosliklarini izohlash jarayoni.
3.XXI asr adabiy tanqidining taraqqiyoti haqida munosabat
bildiring.
4.Yosh adabiy tanqidchilardan kimlarning qaysi asarlarini
o‗rgandiz.
Adabiyotlar:
1.To‗ychiyev U. O‗zbek adabiyotida badiiylik. – Toshkent,
―Yangi asr avlodi‖, 2011. – 508 b.
2.Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. −T.: ―Ma‘naviyat‖,
2000. -112 b.
3.Karim Bahodir. Ruhiyat alifbosi. – toshkent, 2016. – 364
b.
4.Qo‗chqor Norqobil. Quyoshni kim uyg‗otadi?: Qissalar,
hikoyalar. −T.: ―Sharq‖, 2007. −384 b.
5.Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‗z. Adabiy o‗ylar. – T., 2009. 41-
65-betlar.
198
XULOSA
Uzoq yillik tarixga ega bo‗lgan adabiyot davrlar maboynida
shakllandi, taraqqiy etdib keldi. Ammo o‗tgan asrning 80-yillariga kelib
badiiy adabiyotda juda katta o‗zgarishlar, poetik talqinlar vujudga
keldiki, buning zamirida adabiy jarayondagi bu tushunchalarni alohida
o‗rganish va tahlil qilish ehtiyoji tug‗ildi. Shuning uchun maskur
darslikda adabiy jarayondagi ma‘lum bir o‗zgarishlar talqinlarga
to‗xtalib o‗tildi.
Adabiy jarayondagi fikr va tushunchalarni bir darslik misolida
to‗liq qamrab olishning imkoni yo‗qligi uchun, o‗quv dasturiga
asoslangan holda muilohazalar va qarashlar, tahlillar izchilligini
shakllantirishga harakat qilindi.
XX asr adog‗idagi badiiy adabiyotning yuksak taraqqiyoti va
talqininy o‗zgarishlarni mustaqillik davri adabiyotining o‗ziga
xosliklarini yuzaga chiqishi uchun ulkan shart-sharoitni shakllantirib
bergan edi. Shuning uchun ham, badiiylik tarkibidagi poetik o‗zgarishlar
shu davr adabiyotidan va etuk so‗z san‘atkorlarining ijodini o‗rganish
imkoniyatini yaratib berganligini ham alkohida qayd qilib o‗tish lozim.
Istiqlol yillaridagi mavjud etakchi tamoyillar Nazar Eshonqul,
Abduqayum Yo‗ldoshev, Ulug‗bek Hamdam, Isajon Sulton, Qo‗chqor
Norqobil nasri misolida mulohaza yuritilgan bo‗lsa, Abduvali
Qutbiddin, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, Faxriyor, Go‗zal Begim,
Oydiniso, Nodir Jonuzoq kabi so‗z ustalqrining nazmiy asarlari davr
adabiyotining ma‘lum bir qirralarini talqini uchun asos bo‗lganligini
qayd etib o‗tish lozim
.
|