Jamila Ergashevaning
«Zubayda» nomli
qissasi xuddi shu, ya‘ni qalbdagi og‘riqqa
bag‘ishlanganligi bilan muhimdir.
Qissa yangi tamoyil yo‘nalishida yozilgan. Unda totalitar
tuzum paytida chop etilgan ko‘nchilik asarlardagi kabi
90
qahramonlari o‘sha davrning yetakchi mafkurasi izmida harakat
qilmaydi, ularning barcha faoliyatlari -
tuyg‘ulari, hissiyotlari,
o‘y-fikrlari, orzu-umidlari, yangilishlari, xatti-harakatlari o‘ta
tabiiy, jonli
hayotiydir. Shuningdek, unda voqelik emas,
insonning qismati, fojiasi, dardlari, fosiqlar tufayli yuzaga
kelgan qalb og‘riqlari - yetakchilik qiladi. Bu hol so‘zsiz asarga
mahzunlik kasb etgan. Mazkur mahzunlik qissani o‘qish
davomida kitobxon qalbiga ham ko‘chadi. Og‘riq paydo qiladi.
Qissa voqyealari ezgulik va fosiqlik dunyosining inkishofi
asosiga qurilgan. Ezgulik olamini Zubayda, Qurbongullar
tashkil
qilsa,
fosiqlik,
munhatlik
dunyosi
Normurod,
Hikmatullo, Matlablar faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
O‘tashbek hayotligida olam 3ubayda ko‘ziga g‘oyat go‘zal,
odamlarning barchasi ma‘sum ko‘rinardi. Fosiqlik dunyosiga
duch kelmaganidan butun olamni ezgulik chulg‘agan deb
bilardi. Chunki unnig o‘zi va eri O‘tashbek pokdimon hilqatlar
edi. Lekin hayot Zubayda uylaganicha emas, ayniqsa 70 yillik
zamon hazrat Navoiy aytgandek «Yomonga gul berdi, yaxshiga
deb xor,. . . yomonga baxt berdi, yaxshini badbaxt» edi. Qissada
xuddi shu haqiqat Zubayda va Qurbongul qismatida o‘z
ifodasini topadi.
Zubayda eri vafotiga uch oy bo‘lganda fosiqlik dunyosiga
duch keldi. «Bir kuni kechasi nafasi qaytib uyg‘onib ketdi,
ammo yelkalaridan bosib turgan ikki qo‘l o‘rnidan turishga
quymasdi: -Yanga jim! Bolalar uyg‘onib ketadi. . . "Normurod?!
Siz. . . - Ha, men. Menman yanga, qo‘rqmang, - u hansirab
o‘tmoqqa urinardi. . . Zubaydaning nafasi qaytib ketdi. -
Ahmoq, iflos! -. katta-katta davralarda sovrin olib yurgan
polvonni yelkasidan oshirib tashlashga zo‘r berib urinar edi. ~
Vijdosiz! Hali akangning tuprog‘i sovumasdan turib…»
91
Zubayda uning bu iflosligini ichiga yutdi. Eriga ko‘p
yaxshiliklar qilgan qaynagasi Bektosh akadan andisha qildi:
Ma‘lumki, inson murakkab xilqatdir, ayniqsa fosiq va
munhatlar. Ularning har bir xatti-harakati g‘arazli maqsad sari
yunaltiriladi. Ular inson ruhiyatini anglashda ham ancha
bilimdon shaxs hisoblanadi. Birlari (Normurod singari) inson
tug‘ularini jumbushga keltirib, iroda bukish hisobiga o‘z
maqsadiga erishsa, o‘zgalarni esa o‘ta ziyoli, aqlli, xoksor
ko‘rinishga intilib, o‘zlari xususidagi yaxshi fikrlarni g‘oyat
sekinlik bilan uyg‘otib borib, maqsadga erishadi. Bu kabilar
g‘oyatda xavfli shaxslardir. Chunki bundaylar kishining ham
jismiga, ham mulkiga chang solishadi. Jamila Ergashevaning
insonlarning bu xususiyatini so‗zda emas, xatti-harakati,
faoliyati tasvirida ochib berishi kishini xursand qiladi. Bu
xususiyat Hikmatullo obrazida o‘z ifodasini yaxshi topgan.
Hikmatullo Zubaydaga haqiqiy oshiq, uning shikasta
ko‘ngliga malham bo‘lishga ishontirishga intilganda katta
maqsadni ko‘zda tutgandi. Ya‘ni O‘tashbekdan qolgan hovlini
sottirib, mashinaga ega bo‘lish tarallobedod qilib yurishni
Zubayda esa uning iltijo va va‘dalarini keskin rad etolmadi.
Normurod bilan bo‘lgan voqeadan keskin rad ham etolmasdi.
Ko‘p o‘tmasdan Hikmatullo masalani kundalang qo‘ydi.
Ayniqsa, Zubayda «Qizingiz tekkan juvormagning katta xotini
o‘z og‘zi bilan aytibdi. U juvormag, onasiga «Nozi ko‘p ekan,
mashina olib olay, javobini berib yuboraman» degan haqiqatni
Bektosh akaning qizi orqali eshitgach, taqdiridan fig‘on chekdi.
Bu fig‘on faqat Zubaydaning fig‘oni emas, ezgulik olamining
fig‘onidir
.
Erkin A‘zamning ―Shoirning to‘yi‖ va ―Chapaklar va
chalpaklar mamlakati‖ tarzida nomlangan ikki qissasiga nazar
92
tashlasak. «Shoirning to‘yi»
2
qissasi qatag‘on qilingan buyuk
shoir haqida bitilgan asar. Ammo unda aniq bir shoir ismi tilga
olinmaydi. Qatag‘on qilingan va endilikda to‘yi o‘tkazilayotgan
shoir – Otashqalb shoir, uning raqibi bo‘lgan shoir – Oqsoqol
shoir. Ular yoshlikda talashishgan sohibjamol – Moviy ko‘z
dilbar yoki Alvastixonim, Oqsoqol shoirning fatvosi bilan
yuradigan olim – Ajoyib domla. Yuvindixo‘rlarning barchasiga
rahnamo ayol – Mafkuraxonim. Yana Tepakal, Zahmatkash,
Ma‘shuqaxonim, Fan arbobi, Jiyanbeka, Temiryo‘lchi, Yosh
shoir, Musofir kabi obrazlar qissadan o‘rin olgan. Yozuvchi
butun boshli bir millat, uning ziyolilari orasidan hech kimga ot
qo‘ymaydi. Chunki ot ―men‖ni, o‘zlikni talab kiladi. Shoir
aytmoqchi: «nom nomusga egadir». qissaning ko‘pchilik
qahramonlariga esa aynan nomus degandan nishona yo‘q.
Shaxslik yo‘qolgan, odam qulga, xalq olomonga aylangan joyda
ot emas, sifat muhim bo‘lib qoladi. Shaxsligidan ayrilgan ot –
odam o‘z hosilasi – sifatga aylanadi. Qissa o‘qilganda
kitobxonda qiyofasidan ajralgan, otini yo‘qotgan, bir-birining
yuziga qarab yolg‘on gapiradigan, talantli farzandlarini
qobiliyatsizlarga qurbon qilib, ularga bo‘ysunadigan ommaga
nafrat hissi paydo bo‘ladi.
Erkin A‘zamning mahorati shundaki, u tashqaridan
qaraganda hammasi ham qiyofasiz bo‘lgan qahramonlarning har
biriga xos jihatlarni g‘oyat ustalik bilan aks ettira olgan. Mana
shu jihat ularning qiyofasiz qiyofasini ko‘rsatishga xizmat
qilgan. Chunonchi, Oqsoqol shoir qanchalar xudbin, olchoq
bo‘lmasin qachondir iqtidorli bo‘lgani va qachonlardir yirik
odam bo‘lganligi sabab o‘z ko‘nglida haqiqatni tan oladi. Uning
davrdoshi bo‘lgan ajoyib domlada bunday tuyg‘u mutlaqo yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |