O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
 
Adabiyotlar: 
1.Норматов У. Бугунги насримиз йўллари. Қаранг: 
Умидбахш тамойиллар. – Тошкент, 2000. Маънавият, 29-67-
бетлар. 
2.Йўлдошев Қ. Кичик жанрдаги катта ютуқлар. 
Қаранг: Ёниқ сўз. Адабий ўйлар. – Тошкент, 2006. 130-152-
бетлар. 
3. Холбеков М. ХХ аср модерн адабиѐти манзаралари. 
Мақолалар тўплами. – Тошкент, ―Мумтоз сўз‖, 2014. 14-40-
бетлар. 
4.Жўраев Т.Онг оқими модерн. – Фарғона ―Фарғона‖ 
нашриѐти, 2009. 3-28-бетлар. 
5.Тўраев Д. ―Бугуннинг ҳикоялари‖да замон ва инсон 
тақдири талқинлари. Қаранг: Маънавий олам талқинлари. – 
Тошкент, ―Akademnashr‖, 94-150-бетлар. 
6.Маҳмудов Й. Ҳикоя бадиияти (Луқмон Бўрихоннинг 
ҳикоялари мисолида). – Тошкент, ―Turon zmin ziyo‖, 2017. 
3-28-бетлар. 
7.Ҳамраев К. Шукур холмирзаев ҳикояларида 
композиция. – Тошкент, Муҳаррир, 2012. 16-38-бетлар.


80 
6-MAVZU 
QISSACHILIK TARAQQIYOTI VA
ADABIY JARAYON 
Reja: 
1.80-yillarning 
ikkinchi 
yarmidan 
keyingi 
davr 
qissachiligida inson konsepsiyasi.
2.Ijtimoiy muammolar va milliy qadriyatlar aks etgat 
qissalarda badiiy qahramon talqini.
3.Mutelik ruhiyatining salbiy oqibatlari ochib berilgan 
qissalar haqida.
4.Afg‘on urushnning manzaralari orqali sotsial jamiyat 
illatlarining yoritilishi.
5.Istiqlol yillarida yaratilgan qissalarda obraz yaratish 
an‘anasi.
6. Ramziy-falsafiy qissachilik taraqqiyoti va badiiy 
qahramon.
7.Qissachilik taraqqiyoti, adabiy jarayon va adabiy-tanqidiy 
qarashlar. 
Tayanch iboralar:
janr taraqqiyoti, epik tur shakli, 
qissachilik, badiiylik, tasvir, mahorat. 
Асрлар давомида шаклланибб тараққий етиб келган 
бадиий адабиѐтда турфа хил жанрлар тараққиѐтини 
кузатамиз. Ана шундай жанрлардан бири қисса жаниридир. 
Албатта, жанр нуқтаий назаридан сизларда тушунча бор. 
Бизнинг бугунги мақсадимиз, давр адабиѐтидаги бадиий 
ўрнини аниқлаш билан бир қаторда, бу жанр поэтикасидаги 
ўзгаришларни асослаш, таҳлил қилишдан иборатдир.
Агар ХХ аср адабиѐти тарихига назар ташласак. 
А.Қодирий, Ойбек, А.Қаҳҳор, Ғ.Ғулом, Шуҳрат, Саид 
Аҳмад, О.Ёқубов, П.Қодиров, Тоҳир Малик, Ўткир 


81 
Ҳошимов 70-йилларнинг сўнгига келиб эса бу жанр 
тараққиѐтини бадииятини юксак даражага кўтаришга 
интилган бир қатор адиблар кириб келдики, буларга 
М.М.Дўст, Т.Мурод, Э.Аъзам, А.Аъзам, Х.Султонов, 
Н.Қобил, 
Н.Норқобилов, 
Ш.Бўтаев 
каби 
ўнлаб 
ижодкорларни келтириш мумкин. Бу ижодкорлар яратган 
қисса жанридаги асарларда инсон ва унинг оғир қисмати ўз 
ифодасини топа бошлади.
Шунингдек, 90-йилларга келиб, Қўчқор Норқобил, 
Улуғбек Ҳамдам, Исажон Султон катор ижодкорларнинг 
қиссаларида инсонни ўзлигини англашга бўлган эҳтиѐж 
турфа хил рамзлар, фалсафий талқинларда намоѐн 
бўлганлигини кузатиш мумкин.
Қозоқбой Йўлдошев қайд қилиб ўтганидек: ―Адабиѐт 
– абадиятга дахлдор. Адиб бетизгин вақтни тизгинлашга 
уринадиган зот. У тарихчидан фарқли ўлароқ, замон ҳақида 
ахборот, маълумот бермайди. Билъакс, вақтни, одам 
умрининг бирор қисмини ҳиссиѐту сезимлари билан 
тасвирга муҳирлаб, тўхтатиб қўяди‖ (1, 35-бет). Бу 
тушунчаларга 
диққат 
қилинса, 
кейинги 
йиллар 
қиссачилигида шундай талқинлар юзага чиқа бошладики, 
унинг замирида инсонни англаш, ботиний оламидаги 
зиддиятлардан истироб чекаѐтган бадиий қаҳрамон кўз 
ўнгимизда жонланади.
Шу маънода, М.М.Дўстнинг ―Мустафо‖, ―Гала тепага 
қайтиш‖, Тоғай Муроднинг ―От кишнаган оқшом‖, Эркин 
Аъзамнинг ―Гули-гули‖, ―Жавоб‖, ―Отоийнинг туғилган 
йили‖, Х.Султоновнинг ―Ёзнинг ѐлғиз ѐдгори‖, ―Бобурнинг 
тушлари‖ каби асарлар майдонга келдики буларда турфа 
хил характерларни кузата бошлаймиз. Бу давр қиссачилиги 


82 
ҳақида сўз юритган Раҳимжон Отаев шундай ѐзади: ―Тоғай 
Мурод қисаларидаги ўзбек халқининг психологияси, халқ 
достонларининг руҳига чуқур кириб бориш, миллий 
бўѐқларнинг ѐрқин ифодаланиши, М.М.Дўст қиссалари-ю, 
Х.Султонов ҳикояларидаги деярли ―қўл билан тутиб‖ 
бевоста ҳис қилиш мумкин бўлган даражада аниқ 
деталлаштирилган тасвир... каби ҳодисалар анча кенг ва 
жиддий мулоҳазалар учун асос бўла олади‖ (2, 162-163-
бетлар).
Darhaqiqat, asosli qayd qilib o‗tilganidek, ijtimoiy 
muammolar tufayli inson qalbidagi istiroblarning yuzaga 
chiqishini juda go‗zal talqin qilish bilan bir qatorda, insonning 
ma‘naviy olamdagi ziddiyatlar talqining ifodasi juda hayotiy 
chiqqanligini ko‗rish mumkin. Hikoyada inson qismati, uning 
oilaviy muhit bilan chambarchas bog‗liqligini ham his eta 
boshlaymiz. Murakkab hayotning turfa xil so‗qmoqlaridan 
qadam tashlar ekansiz, o‗zingiz anglamagan holda asar 
qahramoni bilan istirob chekasiz, dardiga dardman bo‗lib 
borasiz. Shu xususiyatning o‗ziyoq, adib asarlarining kitobxon 
qalbidan o‗rin olishi bilan izohlanadi. 
Ш.Бўтаевнинг 
―Шўродан 
қолган 
одамлар‖, 
Э.Аъзамнинг ―Отоийнинг туғилган куни‖, Х.Султоннинг 
―Ёзнинг 
ѐлғиз 
ѐдгори‖ 
қиссаларидаги 
ижтимоий 
муаммолар, миллий қадриятларнинг ўзига хос талқинини 
кўрамиз.
Abduqayum Yo‗ldoshevning ―Sunbulaning ilk shanbasi‖, 
―Shoirning muhabbati‖, ―Ishq sadolari va gadolari‖, ―Begona 
shaharning namozshomlari‖ kabi qissalarida ham inson qismati, 
uning dardu istiroblari go‗zal satrlarda talqin etilishi bilan bir 


83 
qatorda, 
insonni 
o‗zligini 
anglashga 
intilayotganligini 
kuzatamiz.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida yangi qahramonlar 
yuzaga keldi. Ijtimoiy hayotda bo‘lgani kabi, adabiyotda ham 
eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi konfliktlar shu davr adabiyoti 
mavzularidan birini tashkil etdi. O‘zbek prozasining yetakchi 
janrlaridan hisoblangan qissachilikni ham bu mavzu chetlab 
o‘tmadi. Konfliktlarning vujudga kelishida subyektiv va 
obyektiv omillar sabab bo‘ladi. Chunki hayotda yuz bergan 
o‘zgarishlar odamlar tafakkurida silliq kechmaydi. 
Tarix va adabiyot bir-biridan kuch oladigan, boyitadigan, 
biri biriga doimiy madad beruvchi yondosh sohalardir. Zero, 
adabiyot hayotiy material sifatida tarixga murojaat etar ekan, uni 
asos qilib oladi hamda unga mas‘uliyat bilan yondashishga, 
uning asosiy nuqtalarini to‘g‘ri aks ettirishga majburiyat sezadi. 
Tarixiy qissaning o‘ziga xosligi haqida fikr yuritar ekanmiz, 
masaladagi ikki jihatni farqlashimiz zarur. Birinchidan, tarixiy 
qissa bilan zamonaviy mavzudagi qissa sintezi; ikkinchidan, 
tarixiy qissa bilan tarixiy roman o‘rtasidagi farqli jihatlar. 
Zamonaviy qissada muallif bir qadar erkin bo‘ladi, ya‘ni u 
o‘z badiiy niyat-maqsadiga mos voqea-hodisalarni tanlaydi va 
tasvirlay oladi. Bunda yozuvchi badiiy to‘qimaga keng o‘rin 
beradi, ko‘pchilik e‘tiboriga arzirli voqea yaratadi. Bunday 
voqea va qahramonning yashovchan va mumtoz bo‘lib qolishi 
yozuvchining kuchi, iqtidoriga bog‘liq. Shuning uchun ham 
tarixiy qissada yozuvchi tarixiy voqeaga muayyan darajada 
«qaram» bo‘ladi. Bu voqea yozuvchi erki va tasarrufidan 
tashqarida ham mavjud. Bu voqeani u yaratmagan, kimdir bu 
voqealarda ishtirok etgan, o‘z hayotiy faoliyati bilan ularni 


84 
dunyoga keltirgan. Yozuvchi ularga yangi bir yo‘nalish, jonli 
tafsilotlar qo‘shadi, xolos.
Ma‘naviy uyg‘oshin samarasi odamlarnnng o‘zligini 
anglash, milliy g‘urur, oriyat, avlod-ajdodlarimiz o‘tmishidan 
faxrlanish, kelajak har kimning o‘z qo‗lida, mehnatida va ongli 
faoliyatida ekanligini his qilishida namoyon bo‘lmoqda. 
Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatnnng ma‘naviy va 
intellektual 
salohiyatini, 
odamlarnnng 
aqliy 
na 
ruhiy 
madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir. Chunki 
olamni go‗zallik emas, ma‘naviyat asraydi. Uni komil inson 
yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot 
muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo‘lda 
samarali ijod qilmoqdalar. By borada X.Sulton, E.A‘zamov, 
A.Ibodinov, Shoyim Bo‘tayev, Normurod Norqobilov va 
boshqalarning ijodi katta rol o‘ynayapti.
Qaysiki asarda insoniy kechinmalar jarayoni iztiroblari, 
mehr-mohiyati, o‘zinnng falsafiy talqinini topsa, voqyealar 
tarixdan chekinilmaydi. Yoritilsa, o‘sha asar har qanday jamiyat 
o‘zgarishlarida ham umrini tugatmay yashab qoladi. Xayriddin 
Sultonovning «Saodat sohili» qissasi ana shunday fazilatga 
egaligi bilan kitobxon qalbini zabt etadi va ma‘naviy olamini 
boytish orqali o‘z hayot yulinn tug‘ri belgilashga imkon 
tug‘diradi. Bu narsa esa o‘z navbatida, jamiyatning 
insoniylashuviga, demokratiyaning yanada kuchayishiga ko‘mak 
beradi va asos ham bo‘ladi. Chunki xalqi komil bo‘lgan 
jamiyatdagina adolat va iison manfaatlariga yo‘naltirilgan qonun 
hukm suradi. Demak asar inson kelajagi uchun xizmat qiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin