41
ko‗ngil
holatini manzaralashtirish, sezimlar chigalligi va
iztiroblar rangini chizish, ranglarning tovushini berishga
tutungan. O‗zbek she‘riyatida Rauf Parfi boshlab bergan bu
tasvir yo‗nalishi, ifoda yo‗sini bugungi kunda asosiy
yo‗nalishga aylandi deyish mumkin.
Olamni yangicha his etish samarasi bo‗lmish hozirgi o‗zbek
she‘riyatida turg‗unlik emas, doimiy o‗zgarishlar an‘anaga
aylanadi. Ya‘ni o‗zgarishlarning tinimsizliga an‘anasi
paydo
bo‗ldi, birovni takrorlamaslikning takrorlanishi qaror topdi va
bugunga kelib har bitta chinakam shoir nafaqat birovni, hatto
o‗zini ham qaytarmaslikka harakat qilayotir. Bu holat bugungi
she‘riyatning yetakchi belgisiga aylandi. Kunimizning yirik
shoirlaridan biri Faxriyorning ijodi bunga yorqin misol bo‗la
oladi.
Tiriklik savdoga qo‗yilgan,
umr bozorga chiqarilgan, eng
muqaddas
tuyg‗ulardan
oddiy
ashyolargacha
olib-
sotilayotgan bir sharoitda olamni atrofga emas, o‗z shaxsiga
qaratadigan, o‗ziga bo‗lgandayam sirtiga emas, ko‗krak qafasini
yorib, ichkariga kirishga undaydigan she‘riyatga kuchli ehtiyoj
seziladi. Jamiyat a‘zolarining asl odamiy sezimlardan ayrilib
qolmagan qismi ana shu ehtiyojmandlarni tashkil etadi.
Bundaylar unchalik ko‗p bo‗lmaydi. Ammo bu ehtiyojmandlar
jamoasining borligi jamiyatning
imkoniyatini bildirsa, bunday
qatlamning ko‗payib borayotganligi ijtimoiy sog‗lomlashuvdan
iboratdir.
Asl she‘r odamning ichida bo‗layotgan talotumlar, savdolar,
omonsiz janglarni ko‗rsatish orqali uning ko‗nglini tuyg‗usizlik
zangidan tozalaydi. Yurakka toza epkinni bulutga, bulutni
yomg‗irga aylantiradi. Va yurak deb atalmish cheksiz hamda
himoyasizligi
tufayli kirlanish, yaralanish oson bo‗lgan
42
mamlakatni muhabbat yomg‗irlari bilan yuvmoqqa, undagi
manfaat kirlarini, loqaydlik muzlarini sevgi otashi bilan
eritmoqqa tutinadi. Lekin samara hamisha ham kutilganday
bo‗lmaydi. Ma‘lumki, baxt o‗tkinchi, o‗ksizlik doimidir:
Yurak ingrar chorasiz
Chatnab yotar muzligi,
Na adoq bor, na xulosa
Azob uzluksizligi.
Bugungi o‗zbek she‘riyatining an‘anaviy
tasvir uslubidan
farq qiluvchi yangicha obrazlar, kutilmagan ramziy ifodalar,
qochirimlar tazod va parodokslar, eng muhimi, betakror
serohang, serma‘no ifodalar bilan kitobxonni o‗ylantiradi.
Fikrning ixcham, lo‗nda
shaklda ifodalanishi, zamonamiz va
zamondoshimiz ruhiy olamini yangi jihatlardan poetik tadqiq
etish – insonning bezovta ruhini, dardlarini tasvirlash borasida
erishgan yutuqlari o‗zbek she‘riyati yangi poetik sarhadlarni
kashf etayotganligidan dalolatdir.
Xususan, iste‘dodli shoir Bahrom Ro‗zimuhammad
yaratgan ana shunday poetik kashfiyotlar an‘anaviy
shakllarga
mos tushmaydi, gaplarning grammatik jahatdan parallel
joylashtirilishi, ritorik tuzilish murojaat, xitob ohanglarini
ifodalashga yo‗naltirilganligi bilan yangicha.
Arvohning dastxatini ko‗rdim
Qoqilib yiqildim bir bo‗lak tushga
Osmon
Qorachig‗i sug‗urib olingan
ko‗z kabi
Boyo‗g‗li uvillar edi
Huvillab qolgan bog‗da
Soyalar
43
Hyech kim taklif qilmasa-da
raqsga tushardi
Yana nima deyishim mumkin
dunyo keng ekan.
Dostları ilə paylaş: