Adabiy tanqidchilik taraqqiyoti
Ilk adabiy-tanqidiy qarashlar
Tanqidchilik taraqqiyoti
Sho‘rolar davri adabiy
tanqidchiligi
Mustaqillik davri adabiy tanqidchiligi
Modernizm va adabiy tanqid
Shakily-uslubiy izlanishalar
haqidagi qarashlar
Oshkoralik davri adabiy
tanqidchiligi
Adabiy tanqiddagi o‘zgarishlar
Tanqidchilikdagi turfa xil
fikrlar
186
yozuvchi yoki adabiy asarni faqat tanqid qilish emas, balki
adabiy asar yoki hodisaga haqqrniy baho berish, undagi yutuq
va kamchiliklarni xolislik bilan yoritishdir.
Istiqlol va u bergan imkoniyat har bir jabhada o‗zgacha
yondashishni taqazo qildi. Bu tabiiy hol. Chunki mustaqillik
tufayli tuzum o‗zgardi. Tuzumning o‗zgarishi tafakkurning
o‗zgarishi bilan bogliqdir. Yangicha tafakkur tufayli
adabiyotshunoslik va adabiy tanqid tubdan o‗zgardi. Xo‗sh,
bu nimada ko‗rinadi? Birinchidan, asarni baholash, unga
yondashish mezoni o‗zgardi. Ya‘ni sosialistik realizmning
dogmatik
prinsiplari
hayotni
revolyusion
taraqqiyotda
ko‗rsatish, sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik ideal, davr
olib borgan mafkura, siyosat o‗rniga tarixiy haqiqat, o‗zbekona
milliy xususiyat, insonga sinfiy nuqtai nazardan emas, inson
nuqtai nazardan yondashila boshlandi. Demak, metodologiya
uzgardi. Ikkinchidan, o‗z davrida chin haqiqatni to‗la ravishda
aks ettirgani uchun qoralangan asarlar va ularning mualliflari
o‗zining to‗g‗ri bahosini olib, mazkur asarlar istiqlolni
mustahkamlash va uning mohiytini anglatishdagi roli inkishof
qilina boshlandi. Uchinchidan, asarlar totalitar tuzum
paytidagidek mavzusi, qahramoni, KPSS syezdlarida ilgari
surilgan g‗oyalar aks etgan, etmaganligi nuqtai nazaridan
emas, estetik nuqtai nazardan, ya‘ni asar zamiridagi go‗zallikni
kashf etish, inson tuygulari va ruhiyatini ochib berish jihatidan
tahlil qilish. To‗rtinchidan, sosializm davrida yaratilgan
asarlarni yangicha tafakkur nuqtai nazardan tahlil qilish.
«Tanqid» so‗z sifatida ham yoqimli emas. U juda sovuq
eshitiladi. Avvalo, shundan bo‗lsa kerak, tanqid hech kimga
yoqmaydi. Birorta odam astoydil:»meni tanqid qiling» demasa
kerak. Eng to‗g‗ri tanqid ham dilni og‗ritadi.Kayfiyatni xira
187
qiladi. Har bir yozuvchi, shoir esa o‗zini jamiyatning eng
peshqadam odami sanaydi. Ular o‗ziga xos g‗urur, kibr bilan
yashaydi. Ko‗pchilik kishilar yozuvchi, shoirni o‗zlariga ibrat
namunasi deb biladilar. Tabiyki, bunday maqomdagi odamlar
tanqidni xushnudlik bilan qabul qilisholmaydi. Asari haqidagi
zarracha tanqidiy fikr ham ijodkorga nashtarday botadi. Chunki
unga har bir asari xuddi vujudining bir bo‗lagiday, farzaididay
ko‗rinadi. Ammo o‗quvchilvrga taqdim qilingan asar
adabiyotning mulkisanaladi. Bu mulk odamlarning didiga,
fikriga ziyon yetkazmasligi shart. Adabiy tanqidchilik esa
elning adabiy saviyasi uchun o‗ziga xos himoyachi sanaladi.
Shuning
uchun
u
ba‘zi
ijodkorlarning
diliniog‗ritadi.Ayrimlarini esa elga tanilishiga sababchi
bo‗ladi.Adabiy tanqidchilikning madaniy jamiyatdagi o‗rni,
vazifasi ayni shu bilan belgilanadi.
Keyingi
davr
adabiy
tanqidchiligi
tilga
olingan
yangiliklardan tashqari, u faqat adabiyotshunoslik bilan
cheklanmay, tarixshunoslik, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik
unsurlarini o‗ziga singdirdi. Xususan, Fitrat, Cho‗lpon, Usmon
Nosirlar ijodi xususida yaratilgan tadqiqotlarda shu hol
ko‗rinadi. Umuman, keyingi yillar tadqiqotlarida shunday
yondashish yetakchilik qilyapti.
Fitrat ijodini to‗liq tadqiq etishga 80-yillarning yarmi,
aniqrog‗i, 1987 yildan kirishildi. Bu davr fitratshunoslikda
yangi
bosqich
hisoblanadi.
I.Sulton,
O.Sharafiddinov,
E.Karimov, B.Qosimov, B.Nazarov, N.Karimov, U.Normatov,
A.Aliyev,
N.Vladimirovna,
Sh.Turdiyev,
S.Mirvaliyev,
B.Do‗stqorayev, H.Boltaboyev, I.Ganiyev va boshqalarning
tadqiqotlarini bu borada yozilgan salmoqli ishlar sifatida
188
ko‗rsatish mumkin. Bu yangi davrda tadqiqotlar asosan uch
yo‗nalishda olib borildi:
a)Fitratning tarjimai holini tiklash;
b)asarlarini nashr ettirish va dastlabki tadqiqotlarni amalga
oshirish;
v)uning ijodini muayyan masalalar yuzasidan o‗rganish.
Cho‗lpon, Usmon Nosirlar ijodiga yondashish ham shu
tariqadir.
Ma‘lumki, yozuvchi-tanqidchi mahoratining o‗ziga xos
ilmiy – nazariy masalalarini o‗rganish jahon adabiy
tanqidchiligi va adabiyotshunoslik ilmida doimo muhim o‗rin
tutib kelgan. Chunki Dunyodagi mashhur yozuvchilar badiiy
ijod bilan birga adabiyotshunoslik va tanšidchilik ilmining
nazariy hamda amaliy masalalari bilan ham muntazam
shug‗ullanishgan.
O‗zbek tanqidchiligi tarixiga nazar solsak, Navoiy, Bobur,
Furšat, Abdulla Qodiriy, Cho‗lpon, Fitrat, Mašsud Shayxzoda,
Mirtemir kabi mashhur so‗z san‘atkorlari ham badiiy ijod
jarayonining o‗ziga xos jihatlari hamda adabiy – tanšidiy
fikrlar bayon etib risolalar va ko‗lab ilmiy tanšidiy mašolalar
yozganlar. Yozuvchi-tanšidchi mahorati xususida turli xil ilmiy
nazariy fikrlar bor. Yozuvchi tanšidchiligi badiiy ijod, adabiy
hayot muhit muammolarini asosan publisistik talšin etib,
barcha ikir-chikirlarni o‗z ichiga šamrab oladi, Yozuvchi
tanšidchiligini keng ko‗lamda rivojlantirish zarurki, bu badiiy
ijodning ravnašiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Adabiy tanqid hozirgi adabiy jarayon bilan hamnafaslikda
shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaratilayotgan ilmiy
risolalar, adabiy tanqidiy maqolalar, adabiy portretlar va
tadqiqotlar orqali ko‗rishimiz mumkin. Hozirgi o‗zbek
189
she‘riyati, nasri va dramaturgiyasining taraqqiyot tendensiyalari,
yetakchi tamoyillari qator o‗zbek munaqqidlari tomonidan har
tomonlama
chuqur
o‗rganilayotganligini
U.Normatov,
B.Nazarov, N.Xudoyberganov, A.Rasulov, Q.Yo‗ldoshev
singari olimlarning yaratgan qator risolalari orqali kuzatamiz.
Ustoz munaqqidlardan O.Sharafuddinovning «Ijodni anglash
baxti» (2004), «Dovondagi o‗ylar» (2004) kabi risolalari;
professor U.Normatovning «Qodiriy bog‗i» (1994), «Qahhorni
anglash mashaqqati» (2000), «Umidbaxsh tamoyillar» (2001),
professor A.Rasulovning «Tanqid, talqin, baholash» (2006),
«Ilmu g‗aribani qo‗msab» (1998), «Iste‘dod va e‘tiqod» (2000);
professor B.Sarimsoqovning «Badiiylik asoslari va mezonlari»
(2004); I.Haqqulovning «Badiiy so‗z shukuhi», «Zanjirband
Sher qoshida», «She‘riyat ruhiy munosabat», «Tasavvuf va
she‘riyat»), «Abadiyat farzandlari», «Irfon va idrok», «Tasavvuf
saboqlari», «Ahmad Yassaviy», «Kim nimaga tayanadi» (2006)
kabi qator ilmiy risolalari mustaqillik davrida yaratildi.
Adabiyotshunos olimlar N.Rahimjonov, B.Karimov, I.Mirzayev,
S.Sodiqov, A.Ulug‗ov ham hozirgi adabiy jarayonning dolzarb
muammolarini o‗rganuvchi ilmiy tadqiqot ishlari, monografiya,
adabiy tanqidiy maqolalari bilan hozirgi o‗zbek tanqidchiligi
ravnaqiga hissa qo‗shib kelayotirlar. Xususan, adabiyotshunos
I.G‗aniyev «Fitrat va fitratshunoslik» masalalarini o‗rganib, bu
sohada sezilarli natijalarga erishayotgan bo‗lsa, olim D.Quronov
Cho‗lponning poetik maHoratini o‗rganuvchi fundamental
tadqiqotlarini yaratdi; I.Mirzayev «Hozirgi o‗zbek prozasida
yangi badiiy tafakkur va taraqqiyot tamoyillari» (1991);
A.Rahimov «O‗zbek romani poetikasi» (1993); H.Boltaboyev
«XX asr boshlari o‗zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy
merosi» (1996); S.Sodiqov «Abdulla Qahhor ijodi va adabiy
190
tanqid» (1997); B.Yo‗ldoshev «O‗zbek adabiyotshunosligi va
adabiy tanqidchiligida uslub va mahorat muammolari» (2000);
B.Karimov «XX asr o‗zbek adabiyotshunosligida talqin
muammosi» (2002) kabi yirik tadqiqot ishlarini yaratdilar.
Hozirgi adabiy tanqid diqqat markazida yozuvchi shaxsi va
ijodkorning burchi masalalari tahlil qilinmoqda. Respublika
matbuotida
E.Vohidov,
A.Oripov,
H.Do‗stmuhammad,
P.Qodirov, Nazar Eshonqul, Bahrom Ro‗zimuhammad, Islom
Hamro kabi ijodkorlar hozirgi adabiy jarayon tevaragidagi
baxslarda ishtirok etib, o‗z mulohazalarini bildirganliklari
quvonarli holdir. «O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati» gazetasi
sahifalarida muntazam ravishda yoshlar she‘riyati, nasri
muammolari, hozirgi o‗zbek hikoya va qissalariga xos uslubiy
yo‗nalishlar to‗g‗risida «Davra suhbatlari» o‗tkazildiki, bunday
baxslar jarayonida hozirgi adabiy jarayon muammolari u yoki
bu darajada tahlil qilindi, xulosalar chiqarildi.
Professor U.Normatov tomonidan yaratilgan «Umidbaxsh
tamoyillar» nomli ilmiy va adabiy tanqidiy risolada o‗zbek
nasriga xos o‗sish-o‗zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Zotan,
mustaqillikka erishilgandan keyingi barcha sohalardagi kabi
badiiy ijoddagi izlanishlar natijalari istiqlol talablariga muvofiq
haqqoniy yoritilmasa, taraqqiyotning butun dunyo andozalariga
mos, bozor iqtisodiyotiga asoslangan xuquqiy demokratik
jamiyat qurish tomon yo‗li, maqsadlari besamar bo‗lishi
mumkin. Shu bois, Xurshid Do‗stmuhammad adabiy
jamoatchilik diqqatini ijodkor shaxsiga, uning bugungi
jamiyatimizda tutgan o‗rniga, mavqyeiga qaratganligi bejiz
emas (
Х.Дўстмуҳаммад. ЎзАС. 2001 йил, 2-март.
)
Islom Hamro esa zamonamiz qahramonlari obrazlari
publisistik asarlarda, ocherklarda haqqoniy, hayotiy bo‗lishi,
191
«soxta pafoslarga o‗ralmay» tirik insonlarday tasvirlanishi,
ularning ichki dunyosi, ruhiyati teran badiiy tahlildan
o‗tkazilishi zarurligini o‗rinli ta‘kidlagan edi.
Yaxshi bilamizki, adabiy tanqidning taqriz, adabiy sharh,
adabiy biografik ocherk, adabiy portret, badia, muammoli
maqola singari janrlari mavjud. Ayni chog‗da, tanqidda
qadimdan uchta uslubiy yo‗nalish bo‗lgan: falsafiy, ilmiy
publisistik va shoirona. Bugungi kunda ana shu barcha uslubiy
yo‗nalishlar o‗zbek tanqidchiligi tevaragida adabiy jarayonning
muhim muammolarini tahlil va talqin qilishga yo‗naltirilganligi
bilan diqqatga sazovor.
Taniqli tanqidchi, f.f.d., professor Norboy Hudoyberganov
mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti, xususan, tanqidchiligi
taraqqiyoti bilan bog‗liq muammolarni tahlil qilib: «Tanqidchi
hech qachon yozuvchi va badiiy ijod saviyasini oshirishga qodir
emas, bunday vazifani bajarishga safarbar etilmaydi, faqat ta‘sir
ko‗rsatishi mumkin», - degan fikrni ilgari surib, mustaqillik
davri o‗zbek tanqidchiligining adabiy jarayonga, badiiy ijod
ravnaqiga ta‘siri sezilarli darajada emasligini kuyunib yozadi.
Bugungi adabiy tanqid «har yili bir necha yuzlab emas, minglab
she‘rlaru dostonlar, hikoyalar, qissalar, hatto romanlarni
do‗ndirib, ularning aksariyatini ham poytaxtdagi ham
viloyatlardagi
nashriyotlarda;
shuningdek,
hozir
respublikamizda chiqayotgan sakkiz yuzga yaqin gazetalar,
jurnallarda chop etiyotgani-yu, pirovardida bu boradagi sifatni
emas, faqat sonu miqdorni rivojlantirayotgani...» kabi salbiy
holatga ta‘sir ko‗rsata olayaptimi? – degan haqli savolni
ko‗ndalang qo‗yib, bu borada jiddiy mulohaza yuritish vaqti
allaqachon yetganligini to‗g‗ri ta‘kidlaydi.
192
Shunga
qaramay,
adabiy
tanqid
adabiy
jarayon
muammolarin baholi qudrat tadqiqu tahlil qilishga intilib
kelayotganligini O‗zAS gazetasining 2005 yil may sonidagi,
«Jahon adabiyoti» jurnali sahifalarida 2005-2006 yillarda bo‗lib
o‗tgan baxs-munozaralar misolida kuzatish mumkin.
Hozirgi o‗zbek nasri bilan bog‗liq muammolarni tahlil qilib
munaqqid U.Normatov quyidagi qarashlarini bayon qildi:
«Hozirgi nasrimiz rivoji bilan bog‗liq munozarali masalalar
ko‗p. Ayniqsa, nasrdagi an‘anaviylik va modernizm muammosi
qizg‗in tortishuvlarga asos bo‗lmoqda. So‗nggi yillarda prozaga
bag‗ishlangan birorta muhokama, davra suhbatlarida bu mavzu
chetlab o‗tilganini bilmayman... Shunisi quvonarliki, bu bahs-
munozaralarda mustabid tuzum davrida bo‗lgani kabi masalaga
g‗oyaviy-siyosiy tus berish hollari yo‗q endi! Badiiy asar
qimmati qaysi yo‗nalish – an‘anaviy yoki modernizm shaklida
yaratilganida emas, balki u chinakam san‘at namunasi darajasiga
ko‗tarilgan yoki ko‗tarilmaganligi bilan belgilanadi... an‘anaviy
realizm imkoniyatlari hali tugagan emas, qolaversa, realizm
hududlari cheksiz, uning bag‗ri jamiki yangiliklarga, dadil
izlanishlarga keng ochiq».
Yuqoridagi fikrlardan ma‘lum bo‗layotirki, istiqlol davri
o‗zbek tanqidchiligida badiiy asarlarning san‘at asari sifatidagi
qadr-qimmatini
yuksaltirish; ijodkorlarning bu
boradagi
mas‘uliyatlarini oshirish; realizm bag‗rida unib o‗sayotgan
yangi yo‗nalishdagi uslubiy izlanishlarni haqqoniy tahlilu tadqiq
qilib qo‗llab quvvatlash; o‗zbek she‘riyati va nasriga xos
yangilanish jarayonlarini tahlil qilib, yaratilayotgan asarlarning
fazilatlari bilan bir qatorda kamchiliklarini ham yoritish
tendensiyasi yetakchilik qilmoqda. Ayni chog‗da o‗zbek
munaqqidlari yosh iste‘dodlarni asrab-avaylash, uslubining
193
takomillashuviga ta‘sir ko‗rsatayotgan ijobiy va salbiy holatlarni
ham haqqoniy va asosli tarzda ochib berayotirlarki, bu ham
hozirgi adabiy jarayon va butun o‗zbek adabiyoti ravnaqiga o‗z
ta‘sirini o‗tkazmoqda.
Bir necha yillar muqaddam mashhur adibimiz Shukur
Xolmirzayev ―Adabiyot o‗ladimi?‖deb bong urib chiqqan
edi.Adabiyot-ku mustaqillik yillarida ham to‗xtab qolgani yo‗q
,lekin tanqidchilikning ovozi yetarli darajada eshitilmay qolgani
aniq.Shukur Xolmirzayev o‗zbek tanqidchiligining taniqli
namoyondalari to‗g‗risida,mana nima deydi:‖...Ozod aka
Sharafiddinov batamom publisist bo‗lib oldilar.Domla
Qo‗shjonov anchayin havaskor yozuvchining ham boshini
silayaptilar, xolos.Umarali aka shoirona ehtiroslarga beriladigan
bo‗p qoldilar.Norboy aka, umuman,safdan chiqib ketdi.Ibroxim
G‗ofurov boshqa yo‗lda ijod qilyapti.Qozoqboy Yo‗ldoshev
zo‗r-u,ba‘zan uning shaxsiy ―men‖i ―shunos ‖ligini bosib
ketadi...‖Biz uzoq yillar adabiy tanqid yo‗lida tishov bo‗lib
kelgan mafkuraviy-siyosiy tazyiqlar,yagona hukmron markscha-
lelincha metadologik yo‗l-yo‗riq,sinfiy-partiyaviy yondashish
andozalaridan xalos bo‗ldik;adabiy hodisalarni umumbashariy
badiiy-estetik
mezonlar
asosida
xilma-xil
talqin
etish
imkoniyatlari paydo bo‗ldi.
O‗tgan asrning 90-yillari davomida faol fidoyi munaqqidlarimiz
uchun hozirgi adabiy jarayondan ko‗ra yangi o‗zbek
adabiyotining mustabid adabiy siyosat tufayli toptalgan tarixini
tiklash,qayta baholash,qatog‗on qilingan adiblar merosini xalqqa
qaytarish
muhimroq
va
zarurroq
bo‗lib
qoldi.chunonchi,Cho‗lpon
sheriyatini,nasri,hayoti,Fitrat
dramaturgiyasi,adabiy-tanqidiy merosi,Qodiriyning hayot va
ijod yo‗li bo‗yicha salmoqli tadqiqotlar yaratildi.Etibor
194
berilsa,qizg‗in bahs-munozaralar yangi zamonaviy asarlar ustida
emas,ko‗proq ―Boy ila xizmatchi‖,‖Qutlug‗qon‖,‖Zaynab va
Omon‖, ‖Muqanna‖, ‖Ko‗kan‖, ‖Sarob‖, ―O‗g‗ri‖, ‖Sinchalak‖,
‖Alisher Navoiy‖,‖Mirzo Ulug‗bek‖ kabi mumtoz asarlar
Qodiriy, Hamza, G‗.G‗ulom, A.Qahhor, H.Olimjon hayoti,ijodiy
merosi talqini ustida ketdi. Qizg‗in tortishuvlar jarayonida qator
muommolarga oydinlik kiritildi.Bu yo‗nalishdagi bahs-
munozaralar hamon davom etyapti.
Qayta qurish,oshkoralik yillari,xususan,istiqlol davriga
kelib tarixiy-inqilobiy,fuqorolar urushi mavzularida hukmron
mafkura ruhida yozilgan deyarli barcha asarlarning chuvi chiqib
qoldi:bir vaqtlar ―yangi sovet kishisi‖timsoli-ibrat namunasi deb
ko‗klarga ko‗tarilgan‖ijobiy qahramonlar‖ham birdaniga
―qahramon‖ligini,‖ibrat‖ kuchini yo‗qotdi.Ayni o‗sha xx-asr 80-
yillarining o‗rtalarida paydo bo‗la boshlagan ―Lolazor‖kabi
romanlarda,‖Qora
kamar‖dramasida,‖Maymun
yetaklagan
odam‖singari hikoyalarda sho‗ro davri tarixining,yaqin
kechmishning tubdan yangicha talqini boshlandi,‖kommunistik
ideallar‖ yo‗liga jonini tikkan fidoyi shaxslarning kinoyaviy-
fojiaviy obrazlari yaratildi. 90-yillarga o‗tib‖Tushda kechgan
umrlar‖(O‗.Hoshimov),‖Olabo‗ji‖(ShukurXolmirzayev),‖Otamd
an qolgan dalalar‖(Tog‗ay Murod),‖Ming bir qiyofa ‖,‖Ko‗zgu
oldidagi
odam‖,
‖Tepalikdagi
xaroba‖(O.Muxtor),
‖Istilo‖,‖Tobut‖,‖Qora kitob‖ (N.Eshonqul) kabi hikoya, qissa,
romanlarda esa ―yorqin kelajak ―yo‗lida behuda,ma‘nisiz o‗tgan
umrlar,adashgan odamlar qismati butun ziddiyati,fojealari bilan
ochib berildi.Ularda hatto xx asr jahon modern adabiyotidagi
muhim
bir
oqim-modern
adabiyotiga
xos
absurd
tuyg‗usi,g‗oyasi ko‗zga tashlandi,lekin bu xil asarlarning
tanqidchilikdagi talqini mutlaqo qanoatlantirmaydi.Bu xil
195
asarlar haqida yozilmadi emas,yozildi,yozilmoqda.Hatto maxsus
ilmiy
tadqiqotlar
olib
borildi,
dissertasiyalar
himoya
qilindi.Biroq ularda bu asarlarning chinakam badiiyati,yangiligi
jahon adabiyoti kontekstida yetarli ilmiy kashf etib berilgani
yo‗q.Bu yo‗ldagi ba‘zi urinishlar,chunonchi,milliy nasrimizdagi
jahon
modern,jumladan,absurd
adabiyoti
bilan
ayrim
mushtarakliklar
borligi
xususidagi
mulohazalar
ba‘zi
hamkasblarimizning keskin e‘tiroziga uchradi. Chunonchi,
munaqqid A.Rasulov: ―Biz o‗z adabiyotimiz namunalarini
osongina G‗arb absurd adabiyoti xirmoniga qo‗shib
qo‗ymayapmizmi?‖ -deya ajablanadi va buni ―xavfli bir
holat‖deb ataydi. Professor B.Sarimsoqov esa o‗zbek
adabiyotida absurd tuyg‗usi,g‗oyasini ifodalaydigan asar
yaratilmaganini aytish bilan kifoyalanmay,umuman,absurd
adabiyoti sha‘niga jiddiy aybnomalar qo‗yadi.Uningcha,‖absurd
asar ma‘naviy–axloqiy konsepsiyasiz, muayyan g‗oya
tashimaydigan, hayotga loqayd va ma‘nisiz munosabatni
ifodalaydi‖.
Yaxshiyamki,zamon o‗zgacha,Sho‗ro davrida bunaqa
―xavfli holat‖ga moyillik bildirgan munaqqidgina emas,absurd
yo‗lida ―ma‘naviy-axloqiy konsepsiyasiz ‖asar yaratgan
yozuvchining ham sho‗ri qurigan,quritilgan bo‗lardi.Xolis ilmiy
tahlil,baho o‗rniga shu tarzdagi vahima,dag‗dag‗alar qilishdan
qachon qutilar ekanmiz?!Milliy adabiyotimizda‖G‗arb absurd
adabiyoti xirmoniga‖qo‗shishga loyiq,aniqrog‗i,G‗arb adabiyoti
bilan mushtarak jihatlari bor asarlar yaratilayotgan bo‗lsa,buning
nimasi xavfli!
Asrlardan qolib kelayotgan haqiqat shuki,haqiqiy adabiyot
xalqni o‗z ortidan ergashtirishi,uning saviyasini ko‗tarishi
kerak,nainki ommaning didiga moslashishi!Bizda esa hozir
196
teskari jarayon ketyapti:kshpchilik shoir va yozuvchilarimiz
o‗quvchilar darajasiga tushib,g‗oyaviy-badiiy jihatdan sayoz va
bo‗sh asarlar yaratmoqdalar.O‗tish davrining qiyinchiliklari
tufayli bizda keyingi yillarda kitobxonlik darajasi bir qadar
susayib shunga muvofiq ravishda o‗quvchilarning saviyasi
tushib,didi o‗tmaslashib qolganligi sir emas.Qolaversa,chinakam
adabiyot chuchun hech qachon omma talabi va didi mezon
bo‗lgan
emas.Ommaning
maishiy
mavzudagi,sarguzasht
xarakteridagi
yengil-yelpi
asarlarga
moyilligidan
kelib
chiqib,kitob bozorini shu xildagi asarlar bilan to‗ldirish
emas,balki uning e‘tiborini jiddiy adabiyot tomon yo‗naltirish
chora tadbirlarini ko‗rish kerak.Shunday qilinganida,yengil-
yelpi asarlar bunchalik bolalab ketmas edi.Achinarlisi
shundaki,adabiyotimizning qiyofasini belgilab turgan ba‘zi
zabardast
ijodkorlarimiz
ham
bunday
holga
befarq
qaramoqdalar.
―Xalqni ortidan ergashtiradigan‖, uning saviyasini
ko‗taradigan noyob san‘at durdonalari hamma davrlarda
nisbatan oz yaratilgan. Saviyasi past, zaif asarlar hamma
davrlarda, hatto milliy adabiyot rivojining ―oltin‖ va‖ kumush‖
bosqichlarida ham mo‗l-ko‗l bo‗lgan. Bugun ―yengil-yelpi
asarlar‖nihoyatda bolalab ketayotgani rost. Ayni paytda,
Zulfiyaning ―Xotiram siniqlari‖, Said Ahmadning ―Qorako‗z
majnun‖, ―Oftob oyim‖, O.Yoqubovning ―Qaydasan Moriko‖,
O‗tkir Hoshimovning ―Tushda kechgan umrlar‖, Tog‗ay
Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖, Sh.Xolmirzayevning
―Dinozavr‖, ―Ozodlik‖, Erkin A‘zamning ―Shoirning to‗yi‖,
N.Eshonqulning
―Shamolni
tutib
bo‗lmaydi‖,
X.Do‗stmuhammadning
―Bozor‖,
Sh.Bo‗tayevning
―Qo‗rg‗onlangan oy‖, U.Hamdamning ―Muvozanat‖, ―Isyon va
197
itoat‖ singari badiiy yetuk, chin san‘at namunasi deyishga loyiq
asarlarining dunyo yuzini ko‗rgani ham haqiqat! Bu ro‗yxatni
yana davom ettiraverish mumkin. Ayniqsa,bugungi yangilangan,
yangilanayotgan milliy she‘riyatimiz, dadil aytish mumkinki,
zamonaviy jahon poetik tafakkuri bilan bemalol bo‗ylasha
oladigan she‘riyatdir.
Dostları ilə paylaş: |