310
sohasining dinamikasini qamrab oluvchi asosiy prinsiplarni har bir
XYuSda ishlab chiqish juda muhim.
Birinchidan, samarali investitsion dasturlar va ishlab
chiqarishni yangilash loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash yo‘li orqali va bir vaqtning o‘zida bozor o‘z-o‘zini
tartibga soluvchilarining ta’siri ostida amalga oshirilmog‘i lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishni yangilashning
yangi texnikasi
va ilg‘or texnologiyasi faqat “innovatsiyalar – investitsiyalar –
tarkibiy qayta qurish” bloklarining organik jihatdan bog‘liqligi
sharoitida yuqori natijalarni berishi mumkin. Muammoni hal
etishga
bunday
yondashuv
korporatsiyalar,
firmalar
va
XYuSlarning faqat uzoq muddatli istiqbolda emas, balki o‘rta
muddatli davrda ham ishlab chiqarish-tijoriy faoliyatida integral
samaraning o‘sishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy
jihatdan qayta qurishning informatsion qismi ham o‘sib boruvchi
ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni va takror ishlab chiqarishni butunlay
bozoriy transformatsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlarini
dasturiy
ta’minlashning informatsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni
tartibga solish mexanizmidagi kamchiliklar asoslangan ishlab
chiqarish-texnologik qarorlari qabul qilishni, buyurtmalar portfelini
shakllantirishni va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali
foydalanishni murakkablashtiradi.
Dostları ilə paylaş: