408
Funksional nuqtayi nazardan davlat byudjeti xarajatlarining
tasniflanishi
pul
mablag‘larini
ijtimoiy
faoliyat
sohalariga
yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda davlat byudjeti xarajatlari
quyidagi yirik guruhlarga bo‘linishi mumkin:
•
davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish;
•
sud hokimiyati;
•
xalqaro faoliyat;
•
milliy mudofaa;
•
huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;
•
fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini
ta’minlash;
•
sanoat, energetika va qurilish;
•
qishloq xo‘jaligi va baliqchilik;
•
atrof-muhitni
va
tabiiy
resurslarni
muhofaza
qilish,
gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya;
•
transport, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va informatika;
•
uy-joy va kommunal xo‘jaligi;
•
maorif;
•
sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
•
madaniyat, san’at va kinematografiya;
•
ommaviy axborot vositalari;
•
davlat qarziga xizmat qilish;
•
boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam;
•
maqsadli davlat byudjeti fondlari;
•
davlat zaxiralari va rezervlarini to‘ldirish;
•
ijtimoiy siyosat;
•
boshqa xarajatlar.
Davlat
byudjeti
xarajatlarining
yuqoridagi
tartibda
klassifikatsiya
qilinishi
davlatning
ijtimoiy
hayotning
turli
jabhalaridagi rolini ko‘rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha
guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyot (xo‘jalik)ning
umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga
muvofiq, davlat
byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi,
qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va
sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi,
mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin. Davlat byudjeti
xarajatlari iqtisodiyot tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda
409
mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning
tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi
nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning
tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi. Masalan,
hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan
milliy daromadning
hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va
aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini
berayapti.
Bir
vaqtning
o‘zida
iqtisodiyotning
ustuvor
tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika
va boshqalar) katta ko‘lamlarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham
ta’minlanayapti.
Idoraviy belgiga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlarining tasniflanishi
davlat byudjeti mablag‘larini oluvchi vazirlik, boshqa davlat
muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi.
Davlat byudjeti xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi
natijasida boshqaruv tizimining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar tuzilmasidagi o‘zgarishlar o‘z vaqtida ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy
mo‘ljallanganligi
bo‘yicha
davlat
byudjeti
xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi
davlatning toifasi va
u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana
shunga muvofiq ravishda davlat byudjetining barcha xarajatlarini
quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
•
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
•
milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
•
mudofaa xarajatlari;
•
boshqaruv xarajatlari;
•
boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish
xarajatlari;
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan,
ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan
xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga
ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida
aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi
tizimini rivojlantirish
va takomillashtirishga, fan va madaniyatni
moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga
oshirishga keng yo‘l ochib beradi.
432
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu
jumladan:
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va
idoralari, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari, ularning
boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti-ning,
viloyatlar viloyat byudjetlarining
va Toshkent shahri shahar
byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yyer uchastkalarining
olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga
yyetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;
7) harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va
vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.
8) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining,
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar
byudjetining
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtiri-ladigan
tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudje-tidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga davlat
byudjeti ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar o‘tkazib beriladigan
daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: