Suhbat jarayonida bolalaming nutq bo‘yicha talay qiyinchiliklarga
duch kelishi aniqlandi.
Bu qiyinchiliklar quyidagilardan iborat:
- nutqda kerakli so‘zni topib qo‘llash;
- mavzuga oid fikmi
aniq va ravon bayon etish;
- o‘z fikrini xulosalash;
- fikrining izchilligiga rioya etish;
- ma’nodosh, uyadosh hamda qarama-qarshi ma’no ifodalash im-
koniyatlaridan maqsadga muvofiq foydalanish;
- nutqda bir-birlarini takrorlash.
Kuzatishlar suhbat jarayonida tarbiyachi
va tarbiyalanuvchilar-
ning erkin muloqotda bo‘lishlari va fikr almashishlariga, bolalaming
til
vositalarini mustaqil tarzda, mavzuga mos tarzda qo‘llashlariga
erishish zarurligini ko‘rsatdi.
Masalan, «Transport turlari» mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan suh-
batda avtobus, poyezd, samolyot, metro kabi har bir so‘zning ma’nosini
tushunib
ishlatilishi, bir-birlarining fikrini va tarbiyachi
fikrini davom
ettirganda,
xulosalaganda jumlalar, b rikmalar va so‘zlami to‘g‘ri
tuzishi va o‘z o‘mida ishlatishiga erishish
nutqni rivojlantirishning
muhim shartlaridan biridir.
■
Dialog vositasida nutqni rivojlantirishda bolalaming aniq mavzu
asosida qurilgan suhbatda qo‘llangan so‘zlaming ma’nolarini, masa
lan, transport turlarining farqini anglab olishlari va ana shu so‘zlar
qatorini tuzishlari ham muhim.
- Tramvay, trolleybus, avtobus - transport turlari.
Ular nima bilan yuradi?
- Tramvay, trolleybus elektr tokida yuradi.
- Avtobus va boshqa avtomobillar benzin yordamida yuradi.
- Samolyot ham benzin yordamida uchadi.
- Metro elektr toki yordamida yuradi.
Dostları ilə paylaş: