Mashg‘ulot:
Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish. Bolalarni narsalar-
ning sifati va xususiyati bilan tanishtirish.
Maqsad:
Tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning xilma-xil
sifatlarini («tiniq», «xira», «qattiq») aytishni o‘rgatish. Ravon nutqini
o‘stirish, lug'atlarini «tiniq», «xira», «qattiq» so‘zlari bilan boyitish
va faollashtirish. Bolalar diqqatini «tiniq», «xira» so‘ziga qaratish.
Mashg‘ulot uchun material:
Shakli, kattaligi bir xilda bo‘lgan
ikkita stakan, ammo biri shisha (tiniq), ikkinchisi qog‘oz (xira) stakan
bo‘lishi kerak. Bolalar soniga yetarli (tiniq) shishali buyumlar (stakan,
banka, butilka, ryumka, fujer va hokazo).
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi mashg‘ulotni topishmoqli
o‘yin bilan boshlaydi. Bolalarga ikkita stakanni ko‘rsatib: Bular nima?
195
Ular nimadan yasalgan? deb so‘raydi. So‘ngra tarbiyachi stakanlar-
ning ichiga biror narsani (bir bo‘lak oq qand yoki konfet, sharcha va
hokazo) soladi va bolalardan uning ichida nima borligini topishni ay-
tadi. Bolalar juda yengillik bilan tiniq stakanda nima borligini topadi-
lar, ammo xira (tiniq bo‘lmagan) qog‘oz stakan ichida nima borligini
taxminlab (tavakkal qilib, tusmollab) aytadilar. Ular qog‘oz stakan
ichida nima borligini to‘g‘ri topa olmaydilar. 0 ‘yin ikki-uch marta
takrorlangach, tarbiyachi bolalardan tiniq stakanni ko‘rsatib: nima
uchun bu stakan ichidagi narsa nima ekanligini tez topdingiz? ak-
sincha tiniq bo‘lmagan qog‘oz stakanni ko‘rsatib: bu stakan ichidagi
narsa nima ekanligini topishda qiynaldingiz? deb so‘raydi.
Bolalar bunday savolga quyidagicha javob berishadi: Chunki shi-
sha stakan tiniq, bunisi esa xira (tiniq emas). Shisha stakan ichidagi
narsa ko‘rinib turibdi. Qog‘oz stakan ichida qanday narsa borligi
ko‘r;nmaydi.
Bolalarning javoblaridan shu narsa ko‘rinib turibdiki, ular narsa-
ning asosiy belgisini ajrata oldilar, shuning uchun narsaning sifatini
bildiruvchi so‘zni bolalar lug‘atiga kiritish kerak.
So'ngra tarbiyachi bolalarga yana murojaat etadi «Bu stakan ichi-
-
dagi narsa ko‘rinib turadi, u tiniq. Bu stakan esa tiniq emas, shuning
uchun uning ichidagi narsa ko‘rinmaydi». Keyin ikki-uch bolaga ti
niq, xira (tiniq bo‘lmagan) stakanlami ko‘rsatishni taklif etadi.
Mashg‘ulotning keyingi qismida tarbiyachi bolalarga shishali nar-
salami tarqatib chiqadi (stakan, banka va bankachalar, butilka va bu-
tilkachalar, shishali guidon va hokazo).
2.
Tarbiyachi. Endi oldingizdagi narsani qo‘lingizga olib, u
orqali bir-biringizga qarang. Bir-biringizni ko‘rayapsizmi? Endi
qo‘lingizdagi narsangiz (butilka, stakan, ryumka va h.k.) orqali men-
ga qarang. Men ko‘rinayapmanmi? Tarbiyachi bolalardan qoniqarli
javob olgach, ichidagi narsalar ko‘rinadigan, u orqali bir-biringizni
ko‘rish mumkin bo‘lgan buyumni qanday buyum deymiz? Deya
so‘raydi.
Bolalar.
Tiniq, deb javob berishadi. Keyin uch-to‘rtta bolaga
ulardagi buyum qanday buyum ekanligini aytish taklif etiladi (tiniq
banka, tiniq stakan, tiniq ryumka va hokazo). So‘ngra tarbiyachi bo-
196
lalarga «Tiniq buyumlami topish uchun nima qilish kerak?» degan
savolni beradi, bolalar javob berishadi: «Unga qarash kerak», «U
orqali boshqa narsalar, bolalar ko‘rinsa, u narsa tiniq bo‘ladi».
Dostları ilə paylaş: |