kirgandan so‘ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar.
To‘tilaming pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib,
tovlanib tu-
rar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladilar. To‘tilaming
patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun. Kichik-kichik
xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek.
Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalami tahlil etib, eng
yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: ma
salan, to‘tiqushning patlari
rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq,
havorang deb tasvirlaydi.
To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi? - degan savol-
ga Dilbar: «To‘tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi
ko‘radi», dedi.
Sarvar esa: «To‘iiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi,
sabzi, olma bersak ham yeydi. To‘tilarga
meva va sabzavotlar juda
foydali», deydi.
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi.
Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla»,
«Do‘kon», «Bizning vrach», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha harakati
qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimi-
da», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzulardagi
hikoyalar
shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim aha-
miyat kasb etadi. Bu hikoyalami tuzishda bolalaming nimalarga
e’tibor berishi tushuntiriladi.
Hikoya tuzish jarayonida bolalaming narsalami ko‘rib
idrok etishi,
eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi
qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalami idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq-
materiallar asosida tuziladi. Ulardan tasavvur
etib hikoya qilish -
ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalaming hammasi ham nutqning
bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi to
monidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin.
Bunda
hikoyaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalaming o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning
doktor» hikoyasi qanday yaratilganligini ko‘rib chiqaylik.
275
Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namu-
nasida bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar
nutqini rivojlantirishdan iborat.
Hikoya о‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tib
biy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan mulo
qot asosida tuziladi.
Dostları ilə paylaş: