Qurilish materiallari: g‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk
mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot
uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o ‘taydi.
Bolalar uch guruhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha tu-
rar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish
materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsimlandi. Bir
guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha,
uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat rasmdagi tasvirga
qarab emas, o‘zlarining tasawurlaridagi imoratlami qurishlari mumkin.
Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsa-
da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g‘ishtli imorat quradilar.
Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar.
Imoratlami qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga
bo‘linib, «quruvchilarga» yordam beradilar (og‘zaki).
Turar joy .hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela bosh-
liydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»laming
yuklari bo‘lishi mumkin.
Ta’lim muassasasida ham bayram - qabul marosimi. Ona-
co‘g‘irchoqlar o‘g‘il-qizlarini, qo‘llarida guldastalari bilan yetaklab
kelmoqdalar. Bog‘cha opa-qo‘g‘irchoqlar ulami kutib olayaptilar.
■
Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band.
.
Nihoyat, asosiy muammo, bolalaming o‘zlari qurgan binolari ha
qidagi hikoyalari tinglanadi.
Dostları ilə paylaş: