Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin,
u nutq uchun qurol sifatida
xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar
ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. 0 ‘qning qudrati, kamonning
qudratiga ham bog‘liq.
Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar.
«So‘zdirki, nishon berar o‘likka jondin,
So'zdirki, berur jonga xabar jonondin.
Insonki so‘z ayladi judo hayvondin,
Balki, guhari sharifiroq yo‘q ondin».
Qadimgi
sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri
«Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular
hozir ham o‘z ahamiyatini yo'qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus bar-
cha hunarlar ichida so‘z hunari -notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki
hamma hunardan so‘z hunari vaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi.
Muallif notiqlikni egallashning yoflini tinimsiz mehnat va o‘rganish
deb uqtiradi.
i
Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kepha Xorun ar-Rashid bir
tush ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Er-
talab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik.
Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-
urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».
X orun ar-Rashid dedi: «Mening
yuzimga shunday dard anduh
bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening,qarindoshlarim o‘lsalar
men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb
ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini
chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi:
Ey amir al
mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun
bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li
birdir va ik-
kovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining
iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», -
dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qil-
gin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar
gapir-
gan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga
116
0‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo
lo‘zining ma’nosi bo‘hnaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) dey-
mizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi
Dostları ilə paylaş: