chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka
va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun koope-
rativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-
sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni
sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq
tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati
orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil
etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘matish fimksiyasini bajaradi.
Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog
ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining
qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan
hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida
ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini
tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy
muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud.
Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etil
gan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juf?
bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: nav-
batga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish,
o‘z nuqtayi nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi
bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchan-
likning asosi sifatida nutqiy topshiriqlaming har xil turlari ishtirok
etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlami tanlab olish,
akustik va artikulatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlami
tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlami tasniflash, rasmlar tur-
kumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k.
Dostları ilə paylaş: