Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2. 
Muloqot vositalari. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini 
rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning 
eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda 
muloqQt faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga 
ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, 
balki upi umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola 
nutqini o ‘stirishdan maqsad og'zaki nutqni adabiy til me’yorlariga 
muvoftq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan ibo­
rat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi 
oldiga quyidagi vazifalami qo‘ygani ma’qul:
- firzandida sa‘zlashish odobini tarbiyalash;
- li
4
g ‘at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va 
faollasfeirish;
- nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;
- ravon nutqni takomillashtirish;
- badiiy asarlar bilan tanishtirish;
- savod o‘rganishga tayyorlash.
Go‘dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi - kich- 
kintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vosi- 
talarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional - erkin muloqot 
ushbu yoshda yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 
oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan o‘zi bilan mulo­
qotga kirishishni «talab qila» boshlaydi.
Muloqotning birinchi shakli - hissiy-erkin bo‘lib, go‘dakning 
atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg‘ularga boy munosa- 
bati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining 
birinchi yarim yilligiga xosdir.
98


Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya’ni hissiy- 
Vositali 
(vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yil- 
iigida 
ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqot­
ga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof-muhitga 
yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu 
yoshda 
nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari si­
fatida 
quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
- bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch his- 
eini 
tarbiyalash;
- uning o‘ziga nisbatan atrofidagilaming ijobiy diqqat-e’tibor ta­
lab 
qilishini qondirish;
- kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. 
Masalan: «Qo‘ling qani? Qo'lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang 
keldimi?
Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foy­
dalanish usullarini o‘rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyolfdan 
choy ichish, qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar). 
Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab eta­
di. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydala­
nish usullarini o‘zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo‘ladi.
Hayotining ikkinchi yiliga kelib bola narsa-buyumlaming xususi- 
yatlarini (hajmi, shakli, rangi) va masofaviy munosabatlari (yaqin, 
uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani 
yig‘ishni (piramida, mashina kabi o‘yinchoqlami qismlarga ajrata- 
di va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, ulami amalda 
qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini 
(qoshiq bilan ovqat yeyiladi, sochiqqa qo‘l va yuz artiladi; qalam bi­
lan rasm chiziladi va h.k.) o‘zicha mustaqil kashf qila olmaydi. Nar- 
salaming vazifasi va ulami amalda qo‘Ilash usullarini bolaga kattalar 
o'rgatishi zarur.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, narsa-buyumlardan foydalanish bo- 
ladan 
faol nutqqa ega bo‘lishni talab etadi.
To‘g‘ri ta’lim berilgan taqdirda yetti yoshga kelib bola og‘zaki 
nutqni egallaydi hamda katta yoshli yaqinlari va tengdoshlari bi­
lan erkin muloqotga kirisha oladi; dialogda tashabbus ko‘rsatib fikr
99


bildiradi, suhbatdoshi e’tiborini o‘ziga jalb qilish, unga so‘z, harakat 
va so‘zsiz usullar bilan javob bera olishni biladi; fikrlarini to‘liq va 
noto‘liq oddiy gaplar, qisqa matnlar shaklida ifodalay oladi;
- tanish ertaklami hikoya qilib berish, multfilmlar, kitoblar maz­
munini aytib berish hamda biron-bir voqeani to‘qib chiqarishga qiziqa 
boshlaydilar;
- fikr bildirishlarda nutqning turli qismlarini, tashbehlar, qiyos- 
lashlar va sinonimlami qo‘llaydi;
- nutqqa tanqidiy munosabat bildira boshlaydi, grammatik jihat­
dan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi, shu tufayli so‘z to‘qish barham topa- 
di, agrammatizmlar soni kamayadi; ona tilidagi barcha tovushlami 
to‘g ‘ri talaffuz etadi.
Bolalardagi 
ko‘plab 
nutqiy 
muloqot 
va 
ko‘nikmalar 
mashg‘ulotlardan tashq irida shakllanadi. Bolalar bog‘chasida bo- 
lalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi 
yordamchisi va boshq. j bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida 
ro‘y beradi.
Mehnat jarayonida - ix o ‘jalik-maishiy,, qo‘l va qishloq xo‘jaligi 
mehnatida bolalarning lvug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
0 ‘yin faoliyati moba; nida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoli- 
yatni shakllantiradi. Bol larda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim 
mustahkamlanadi va faollashadi. 0 ‘yinlarda pedagogning ishtirok 
etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalash- 
ga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlami tashkil etish jarayonida tarbiyachi bo­
lalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlaming (sifatni, miqdomi, hajmni va 
narsalaming fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini 
aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari 
bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, 
yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar ja­
rayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladi- 
lar va ularni mustaqil ravishda qo‘Uay boshlaydilar.
Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof-olam haqida­
gi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniq-
100


lashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat 
va 
ko‘nikmalami mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, 
hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan 
imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi 
bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri 
tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, 
gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik 
guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, 
sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan 
tegishli harakatlami amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga 
savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalar- 
ning lug‘ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, 
sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan 
keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
3. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta 
yoshli kishi ta’siiida bolada muloqotning yangi - vaziyatdan tashqari- 
shaxsli shakli vu udga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish 
tutadi. Bola odarnni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi 
o‘zaro bog‘liqlikm o‘zlashtiradi.
Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p ji­
hatdan bolalar kattalaming o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining 
tutish qoidalari bilan qiziqadigan o'yinlaming rivojlanishi bilan uzviy 
darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat katta­
laming xayrixoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga 
emas, balki kattalaming ulami hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini 
tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi.
Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga 
kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji 
keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan 
qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor 
faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi.
Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa tur- 
larida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvo­
fiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalaming umum-
101


lashuviga ko‘maklashuvchi harakatlaming barchasi amalga oshi- 
riladi. Yosh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib 
boradi, bu hoi bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni 
tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi.
Yetti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatla- 
rini ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «Yaxshi 
yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.).
Yetti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim muassasa- 
sida bir guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo‘lsalar, ancha 
uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi 
kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. 0 ‘yin 
guruhlarining barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o‘rtacha soni 
ikki-uch kishiga yetadi, ba’zan, ayniqsa, o‘g‘il bolalarda 8-9 kishidan 
iborat o‘yin guruhlari vujudga keladi.
Maktabgacha 
katta 
yoshdagi 
bolalarda 
kommunikativ 
ko‘nikmalaming yuqori darajasi va ulardan o‘rinli foydalanish 
kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun 
keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada ta- 
komillashib boradi.
Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan do‘stona 
munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o‘z tengdosh­
lariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega 
bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTMsidagi 
guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat be­
radi («Hamma bilan do‘st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashti- 
radi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»).
Axloq normalari va qoidalarini o‘zlashtirib olish natijasida bolada 
shakllanadigan etnik o‘lchovlar uning universal insoniy qadriyat- 
larga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o‘z shaxsiga nisbatan 
qo‘llash bilan cheklanib qolmaydi.
Bola borgan sayin kattalarga qaram bo‘lmasdan mustaqil bo‘lib 
boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan o‘zaro mu- 
nosabatlari murakkablashadi. Bu unga o‘zini, o‘zining afzalliklari va 
kamchiliklarini to‘liqroq anglab yetish imkonini beradi. 0 ‘zi haqi­
dagi bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib
102


qabul qiladigan va o‘zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qi- 
ladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ra­
vishda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zi haqidagi mustaqil 
tasawurlar hamda o‘zini, o‘z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini 
baholash elementlari paydo bo‘ladi.
Bolaga odamlar - kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib 
olish uchun quyidagilar zarur:
-
katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalaming bir- 
birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (er- 
taklami sahnalashtirish, tomosha ko‘rsatish, barmoqli va boshqa teatr 
turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;
-
o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan 
yoqtirish, emotsional bog‘liqlik hissiyotlarini, o‘zaro bir-birini tu­
shunish va hamdard bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun bolalar- 
ning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi 
sharoitlar yaratish; ulaming emotsional holatlarini: quvonch, zavq- 
shavq, qayg‘u, xotiijamlik, g‘azah jahl, tashvishlilikni; amaliy va 
shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq qoi- 
dalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda 
boshqa odam charchagan, unchalik sog‘lom emas, o‘zini yomon his 
qilayotgan bo‘lsa, nimagadir xafa bo‘lsa, tashvishga tushgan bo‘lsa 
unga hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalaming ifodali nut­
qiga, hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun 
zarur shart-sharoitlami hosil qilish;
-
kishilaming teatrda, muzeylarda, ko‘rgazmalarda, trans- 
portda, pochtada, bankda, stadionda, do‘konda o‘zini tutishini 
ko‘rsatuvchi hamda bolalaming axloq va nutqiy muloqot qoidalari, 
normalariga oid diafilmlar, shuningdek, maxsus suratga olin- 
gan maktabgacha ta’lim muassasasidagi kattalar va bolalar, ular 
ishtirokidagi o ‘yinlar, mashg‘ulotlar, bayramlar haqidagi videofilm- 
lami namoyish qilish. Bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqish- 
ni rivojlantirish vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, ko‘rgazmalar, 
sayrlar, ekskursiyalarga borish;
-
katta yoshli odam, boshqa bolalaming iltimoslarini baja­
rishga intilishlarini, takliflarga javob berishini qo‘llab-quvvatlash.
103


Kattalar mehnatiga bo‘lgan qiziqishni va uning ijtimoy ahamiyatini 
qadrlash, mehnat natijalarini asrab-avaylash, kattalar bilan birgalik­
dagi mehnat faoliyatiga qo‘shilish qobilyatini shakllantirish.
Bolaning kattalar hamda tengdoshlari bilan muloqoti va munosa- 
batlarini rivojlantirish, shuningdek o‘zining obrazi va o‘ziga boMgan 
munosabat shakllanishida erishilgan yutuqlar shaxsning ijtimoiy layo- 
qatlilik yoki yetuklik kabi kompleks bazaviy xususiyatlarida jamlanadi.
Yetti yoshga kelib bolaning ijtimoiy rivojlanishi quyidagi 
ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
- bola mehribonchilik, e ’tibor va g ‘amxo‘rlik ko‘rsatadi; yor­
dam so‘rash va uni ko‘rsatishni biladi; boshqa kishilaming xohish- 
larini hurmat qiladi; o‘zini tutib tura oladi. Hamon tarbiyachining 
ijtimoiy-psixologik layoqatiga, uning bolani yaxshi bilish qobili- 
yatiga, bolaning xulqidagi ijobiy xislatlami topishga intilishi, o‘xiga- 
o‘zi baho berishning kamayishi yoki ortishi bilan bog‘liq emotsional 
muammolami «pldindan ko‘ra olish» imkoniyatiga bog‘liq bo-lgan 
kattalar (pedagog, oila a’zolari) bahosi muhim rol o‘ynaydi; 
;
- o‘z xulqi.va muloqot vositalarini boshqarishga qodir; u o‘z 
xulqi bilan boshqalarga xalaqit bermagan holda, kattalar va tengdosh­
lari bilan birgalikdagi faoliyatga qo‘shilishi mumkin;
- ayrim kishilar bilan muloqot vaziyatlarida o‘z qadr-qimmatini 
bilish, o‘zini hurmat qilish, kattalar va tengdoshlari bilan munosabat­
lar tizimida o‘zining munosib o‘mini egallashga intilish tuyg‘usini 
namoyon etadi.
0 ‘z imkoniyatlari va shaxs sifatidagi xususiyatlari haqida aniq 
tasawur hosil qilish uchun bola shaxsiy tajribada orttiradigan baho 
u tengdoshlari va kattalar bilan muloqotda to‘playdigan o‘zi haqidagi 
baholar va bilimlar bilan uyg‘unlashishi lozim. Agarda bu uyg‘unlik 
muntazam ravishda buzilib tursa, bolaning o‘zi haqidagi tasawurlari 
asta-sekin ortib yoki kamayib boradi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar bolaning ijtimoiy rivojlanishi qancha- 
lik murakkab ekanligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha yosh shaxsni shakl­
lantirish, uni jamiyat shaxsiga aylantirishning eng muhim davri hisobla­
nadi. Shaxsni rivojlantirish uning ehtiyojlari oxir-oqibatda iste’mol qilish 
emas, balki albatta yaratish sohasida bo‘lishini nazarda tutadi.
104


Ijtimoiy munosabatlarning turli xillari (davlat-siyosiy xildan tortib 
to maishiy va ichki oilaviy xillargacha) ikki tilli individning shaklla- 
nish jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Va bu ona tili 
va o‘zga tilni o‘qitish turini belgilash uchun muhimdir. Multilingval 
vaziyatda ijtimoiy hamkorlik monolingval vaziyatga nisbatan mulo­
qotga kirishuvchi kommunikantlar tillarining konfiguratsiyasi, ular- 
ning bir-birlarining tillariga nisbatan ko‘rsatmalari, o‘zaro bir-birini 
tushunish darajasi, kommunikatsiya ro‘y berishining tashqi sharoit- 
lari xususiyatlari bilan belgilanadi:
- qanday til siyosati bola yoshida ikki tillilik shakllanishiga 
yordam beradi, amaliyotda tilni rejalashtirish qanday shakllarda 
amalga oshiriladi, qaysi toifadagi ta’lim1 muassasalari bilingv shakl­
lanishiga yordam beradi?
- maktabgacha yoshdagi bolalami ikki tilda tarbiyalashni tashkil 
etishda rasmiy va muayyan-amaliy darajada tillar va madaniyatlar- 
ning o‘zaro bir-biriga ta’sirining qaysi jihatlariga e’tiborni qaratish 
lozim, ikki tilli individlami o‘rganishda q iysi muammolar ko‘tariladi, 
insonda tillaming o‘zaro hamkorligi va uisbatiga qaysi omillar ta’sir 
ko'rsatadi?
- ijtimoiy fikr, kattalar (ota-onalar, pedagoglar va boshq.) 
ko‘rsatmasi bolalami tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish hamda 
MTMsining ikki tillilikni shakllantirishga oid faoliyati bilan qay tarz­
da hamkorlik qiladi?
- ijtimoiy-rus ikki tilliligining qaysi xillari mavjud, o‘zi uchun 
ona tili bo‘lmasa-da, rus (o‘zbek) tillarida so‘zlashayotganlar uchun 
ushbu til qaysi sifatlari bilan tavsiflanadi; rus (o‘zbek) tillarining 
boshqa tillar bilan aloqada bo‘lish xususiyatlari maktabgacha yosh­
dagi bolalami ikkitilli qilib tarbiyalash jarayoniga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi?
- maktabgacha yoshdagi bolalar ikkitilliligining xususiyatlari 
qanday?
- maktabgacha ta’lim muassasasida bilingvlaming xulqi xususi­
yatlari nimalarda ko'rinadi?
4. 
Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar 
ishlanmasi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalaming og‘zaki nutqqa
105


doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, 
ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, awalo, tevarak-atrofni 
kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz 
zarur. Bular awalo, ona Vatan haqida dastlabki tasawurlami shakl- 
lantirishdan boshlanadi. Bunda «Bolajon» dasturida bolalarda mus­
taqil 0 ‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalami kengaytirish, uning 
o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish. Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga 
ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), 0 ‘zbekiston 
ramzlari - gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, 0 ‘zbekiston 
Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bo- 
lalaming o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish 
sababi; 0 ‘zbekistonnirig tabiati, yer osti va yer usti boyliklari, tog'lari, 
cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siy- 
molari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, 
sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kat­
talar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining 0 ‘jzbekiston 
xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning 
muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. 
Ana shulaming barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar ha­
qidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida 
bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. 
Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib guruh bolalari yonidan 
o‘tib qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o‘z hayratini quyi- 
dagicha ifodalaydi: - «Vuy, ana u bola eshakda uchyapti».
Murabbiy tuzatadi:
- eshakda uchilmavdi. eshakka miniladi. So‘ne bolalardan so'raydi:
- yana nimaga miniladi?
- velosipedga miniladi;
- poyezdga miniladi;
- otga miniladi;
- samolyotga miniladi.
Boshqa bir bola tuzatadi:
- poyezdga chiqiladi, samolyotga uchiladi.
106


Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o‘tishlari mumkin. 
Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g‘isht, ganch, 
qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik kasbi - ganch- 
korlik, g‘isht teruvchi, suvoqchi, binolaming balandligi, go‘zalligi va 
hokazolar haqida jumlalar tuzadilar.
Gulzorlar, bog‘larga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, 
poyezdlar, gullar, faworalar haqida suhbatlar uyushtirishi mumkin. 
Suhbatlarda predmetlaming rangi, tusi, soni, hajmi, turi, o‘xshash va 
farqli tomonlari haqida ham mashq qilib boriladi.
«Nima shirin?», «Nima uchadi?», «Tushirib qoldirilgan so‘zlami 
toping», «Men boshlayman, siz davom ettiring» kabi mashqlar ham 
grammatik jihatdan jumlalami to‘g‘ri tuzishga yo‘llaydi.
Muloqot, til va nutq tahlili va rivojanish asoslari. Tilning rivoj­
lanishi bolalar hayotining har bir jabhasida va ta’limiy muvaffaqi- 
yatlarida eng muhim omildir. 2-5 yoshdagi bolalaming taxminan 
6 % i til rivojlanishi bilan bogliq muammolarga duch keladi. Tilning 
yetarlicha shakllanmaganligi bolalaming butun hayoti davomida o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi va ular bilish, savodxonlik, ijtimoiy munosabat, 
diqqat va o‘qitish hamda o‘rganishga tayyorgarlikda qator qiyin- 
chiliklami boshdan kf chiradilar. Shuning uchun ham o‘z shaxsini erta 
anglash juda muhim hisoblanadi. Bolalaming ijtimoiy tarbiyasida til 
o'rganish bilan bogliq muammolar yuzaga keladi va bunda bilish 
darajasi ko‘pincha past bo‘ladi. Irlandiyada ingiliz tilini qo‘shimcha 
til sifatida o‘rganaybtgan o‘quvchilarda ham til va nutq tahlilida ye- 
tishmovchiliklar mavjud boMadi deb hisoblanadi. Bunday bolalarda 
tilning rivojlanishi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun til tahlili 
qiyin bo‘ladi. Tilning murakkabligi umumiy tahlilni qiyinlashtiradi. 
Bir qancha tahlil uslublari maktabgacha bo‘lgan bolalaming mulo- 
qoti va tilini baholashda qulay bo‘lishiga qaramay, bu metodlaming 
ko‘pchiligi kelajakda til bilan bog‘liq muammoga duch keladigan- 
lami bashorat qilishda yaxshi natija bermasligi mumkin.
Murakkab tahlil metodlari oddiy tahlil metodlariga qaragan- 
da aniqroq deb hisoblanadi va ular bolalaming turli rivojlanish 
yo‘nalishlariga ko‘ra oddiy tahlildan afzalroqdir. Tahlil metodlari 
tilda ishlatiladigan murakkab uslublami qisman ta’minlaydi va shu
107


sababli, ayniqsa maktabgacha bo‘lgan bolalarda til tahlili bo‘yicha 
ko‘proq izlanishni talab etadi18. (Edited by Mary Rafferty «Abrief re­
view o f approaches to oral language developme nt» USA 2014y).

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin