Babayeva d. R


keng  fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim. Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajadarivojlanadi  va



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

keng 
fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajadarivojlanadi 
va 
o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega 
bo'ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga 
(gap 
so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltin- 
chi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning gramma­
tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda
- hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy 
tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalami 
ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik о‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalar- 
ning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini 
rag‘batiantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik- 
masini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlami bir-biri bilan to‘g‘ri 
bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalami shakllantirish- 
ni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta 
yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish 
tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlaming 
to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga 
alohida e’tibomi qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda 
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. 
Buning uchun bolalarga gapda so‘zlami biriktirishning turli usullari­
ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan 
foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni 
o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara- 
yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shaklla- 
nadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlami tu­
zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi 
(tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; peda-
97


gogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanish- 
ning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng aw alo dialog 
va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan 
vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik 
dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi 
sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini 
o'zlashtirishni hisobga olishi lozim.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin