Babayeva d. R


  0 ‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik ma-



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2. 
0 ‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik ma-
salalari. 
Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4-5 yoshdan maxsus tay- 
yorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar
92


va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan 
foydalangan holda o ‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti 
yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va 
To‘ g‘ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar 
asosida kichik og‘zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli da- 
rajada rivojlanayotganini bildiradi.
Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, 
umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yan­
gi so‘zlami o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga 
intilishni qo‘llab-quwatlang. Bolaning so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qi- 
lishiga ahamiyat bering.

tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlami to‘g‘ri ifodalashiga 
erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya 
qilishga o‘rgating.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mum- 
kinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirla- 
rini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, 
u nafaqat so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar 
qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab 
olishni o‘rganadi. Bulaming barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim 
olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Ota-onalaming vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi 
uchun g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. 
i
Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida 
nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekan- 
ligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu- 
zish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasaw ur etish, hikoya qilish ham nutq 
o‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasawur etish kichik va 
o'rta yoshdagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo 
bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy 
xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, 
qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. 
Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar 
davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida
93


bola o‘ylaydi, ijod qiladi. 0 ‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da 
bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlaming xatti- 
harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga 
bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.
To‘rt yoshli bolalarni mashg‘ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyat- 
lari bilan o‘ziga xosdir. To‘rt yoshli bolalarning fizologik va psixo- 
logik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq 
bu yoshdagi bolalarning diqqati 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin