Babayeva d. R


Mashg*ulotga kerakli jihozlari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Mashg*ulotga kerakli jihozlari
Kapalak rasmi, bankaga solingan kamalak, daraxt shoxlari, gulli 
o‘simliklari.
M ashg ‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar! Siz kapalak haqida qanday she’r bilasiz?
Umida: 
Hoy kapalak, kapglak,
Qanotlaring ipakdek.
Muncha shoshib uchasan,
To‘xta, so‘zlayin andek.
Mendan aslo qochmagin,
Do‘st bilaman o‘zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Sherzod: 
Atrofi keng, xo‘p go‘zal,
Yurtimning bog‘i.
Onadek bizga aziz,
Vatan tuprog‘i.
Bahorda o‘sib gullar,
86


Bo‘lar yam-yashil.
Kapalaklar atrofida,
Qizlar quvnashib.
Bahrom: 
Uch, ucha ber, ucha ber,
Go‘zal bog‘cham-gulshanda.
Sira ozor bermayman,
Kapalakjon, kapalak.
Qanotlaring ipakdek,
Do‘st bo‘laylik ikkimiz.
To‘xta so‘zlayin andek.
Shundan so‘ng tarbiyachi bankadan kapalakli shoxchani olib stol- 
ga 
qo‘yadi va «bu nima» deb so‘raydi.
Bolalar: 
«Kapalak» deyishadi.
Kapalakni bundan keyingi kuzatish uning harakat qilishi bilan 
bog‘lanadi.
Tarbiyachi: 
Kapalakni biz qayerda uchratamiz?
Bolalar: 
Bog‘cha, uyimizda.
Tarbiyachi: 
To‘g‘ri, bolajonlar! Kapalakning qanotlari rangi 
qanaqa ekan?
Bolalar: 
Oq, sariq, qizil.
Tarbiyachi: 
U nima qilyapti? - deb yana so‘raladi. U uchgan- 
da «U qanday uchyapti?» - deb so‘raladi. Qanotini qanday qoqishi 
ko‘rsatiladi.
Bolalar o‘z fikrlarini aytishadi.
Tarbiyachi: 
Bolalar kapalak haqida ancha ma’lumotlarga ega 
ekansizlar. men sizlami bugun yangi kapalak turi, ya’ni baxmal ka­
palak bilan tanishtiraman. Ushbu kapalak 0 ‘rta Osiyoda endemik tur 
hisoblanib, 0 ‘zbekiston, Qirg'iziston va Janubiy Qozog'istonning 
tog‘li rayonlarida uchraydi.
Kim aytadi, Kapalaklar nima bilan oziqlanadi?

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin