tasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim.
To‘g ‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish,
kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog,
ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini,
ularning
qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil
tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlami amalga oshirsa va buni
sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan
foydalanishni o ‘rgatsa bolalaming lug‘ati boyiydi. Agarda peda
gog o ‘z nutqida tashbeh,
qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi
(maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng
va mohirona foyda-
lansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
Bolalar badiiy adabiyoti bolalami har tomonlama rivojlantirish-
ning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlan
tirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayo-
tini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi
hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi,
uni obrazli,
ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga
yordam beradi.
Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishning muhim vosita
si sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasviriy san’at, bayramlar va to-
moshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy his-
siyotlami hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish daraja-
siga ta’sir ko‘rsatadi.
Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik
holati, g ‘ayrioddiy narsani kutish bolalaming qabul qilish qobiliyatini
oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining
ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at
buyumlarini
tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini
atrofdagilarga aytishga oshiqadilar.
Bolalar kun bo‘yi mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, xo‘jalik-maishiy
va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar.
0 ‘z-o‘zidan maktabgacha ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish im-
koniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bolalami nutqiy tarbiyalash
uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq sohani tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: