Babayeva d. R


i t Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

88


i
t
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini о ‘stirish vazifalari nimalar-
dan iborat?
2. Kichik yoshdagi bolalar nutgini о ‘stirishning metodik masa-
lalari to ‘g'risida to ‘xtaling.
3. Kichik yoshdagi bolalar uchun mashg ‘ulotlar ishlanmasi qa­
nday tuziladi?
4. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madani­
yatini tarbiyalash qanday amalgam oshiriladi?
89


8-9-§. 0 ‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari,
metodlari va vositalari
Reja:
1. О ‘rta yoshdagi bolalar nutqini о ‘stirish vazifalari.
2. О ‘rta yoshdagi bolalar nutqini о ‘stirishning metodik masalalari.
3. Mashg ‘ulotlaming tarbiyaviy va emotsional xususiyati.
Tayanch tushunchalar: 
sonor tovushlar tempi, ovoz kuchi, into­
natsion ifoda, fonematik eshitish, tovush madaniyati, niartikulatsiya
apparati, zamon.
1. 
0 ‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. 
Maktab­
gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda tevarak-atrof 
bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan 
ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg' ulotlardagina amal­
ga oshirilmasdan, balki bolalaming kundalik hayotida ham, mehnat 
faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi ■
>
bolaning o‘z qarindoshlari, qo‘shni tengdoshlari shaxsiga 
va faoliyatiga qiziqishini qo‘llab-quwatlash, birgalikdagi o‘yinlarda 
ularning dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

turli muloqot vositalari, ya’ni so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora) 
dan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foy- 
dalanishni o‘rgatish;

bolalaming ertak va kichik hikoyalami so‘zlab berishga 
qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;
>
bolani «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishti­
rish kabilardan iborat.
0 ‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini 
chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu 
guruh bolalarining faol lug‘ati narsalaming nomlarini, qismlarini, ular­
ning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi 
va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib 
boradi. Bolalaming o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlami, ya’ni 
kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, meva-
90


lar, 
gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolami ishlatishga o‘rgatiladi; ta- 
nish buyumlami guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy 
idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq 
kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan ta- 
nishtiriladi, kishilar mehnati, ulaming kasblari, mehnat qurollari 
hamda ulaming o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va 
buning natijasida ulaming lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususi- 
yatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatla- 
rini bildimvchi so‘zlar kiritib boriladi.
0 ‘rta guruhda ona shahriga, qishlog'iga bo‘lgan qiziqish va mu- 
habbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ulaming nutqida jamoat bino- 
larining ncmlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta, 
maktab, do‘kon, kinoteatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda 
shahar va qishloqlami, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan 
mehnat faoliyatlarini bildimvchi so'zlar hisobiga (yangi ko‘prik qu- 
rishyapti, siiahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola 
tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik quri- 
lishini ham egallay boshlaydi.
0 ‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: 
Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi 
kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkum- 
laridan otrn tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foy­
dalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To'rt yoshli bolalar o‘z 
nutqlarida bog‘lovchilami ishlata boshlaydilar, otlami ko‘plik, birlik, 
bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladi- 
gan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llami va sifatlami 
o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlami hamma 
vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan 
foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmay­
di. Fe’llaming zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi 
zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llaming 
zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida 
gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog'lanmaydi, ayrim so‘z turkum- 
larini tushirib qoldiradilar.
91


To‘rt yoshli bolalami so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda 
bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa 
bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini 
qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. 0 ‘rta guruhda 
bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilish­
ga о ‘rgatish kiritiladi. 4—5 yoshli bolalami buyumlami tasvirlashga 
(o'yinchoqlami, o‘simliklami, kiyimlami), ulaming o‘ziga xos bel- 
gilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklami (masa­
lan: «Echki bolalari bilan»), mashg'ulotlarda birinchi martda o ‘qib 
berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalami qayta hikoya qilishga 
o‘rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bi­
lan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa 
kishilar nutqidagi tovushlami tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati 
esa tovush talaffuzidagi kamchiliklami sezish qobiliyati yetarli rivoj- 
lanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya 
apparati yetarli darajada rivoj'anmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar­
da nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni 
va ona tilidagi hamma tovushlami to‘g‘ri talaffuz etishni shakllanti- 
rishga qaratilgandir.
Nutqning mazmundorligi,' intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, 
tempi, so‘zlarda urg‘ulami to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas 
olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), 
shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlami (1, r) to‘g‘ri talaffuz etili- 
shiga alohida ahamiyat berish kerak.
0 ‘rta guruhda bolalaming badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ri- 
vojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitob- 
dagi rasmlami ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tar­
biyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlaming 
xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z joziba- 
sini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalami qisqa she’rlami 
badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin