To‘rt yoshli bolalami so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda
bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa
bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini
qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. 0 ‘rta guruhda
bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilish
ga о ‘rgatish kiritiladi. 4—5 yoshli bolalami buyumlami tasvirlashga
(o'yinchoqlami, o‘simliklami, kiyimlami), ulaming o‘ziga xos bel-
gilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklami (masa
lan: «Echki bolalari bilan»), mashg'ulotlarda birinchi martda o ‘qib
berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalami qayta hikoya qilishga
o‘rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bi
lan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa
kishilar nutqidagi tovushlami tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati
esa tovush talaffuzidagi kamchiliklami sezish qobiliyati yetarli rivoj-
lanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya
apparati yetarli darajada rivoj'anmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar
da nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni
va ona tilidagi hamma tovushlami to‘g‘ri talaffuz etishni shakllanti-
rishga qaratilgandir.
Nutqning mazmundorligi,' intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi,
tempi, so‘zlarda urg‘ulami to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas
olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z),
shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlami (1, r) to‘g‘ri talaffuz etili-
shiga alohida ahamiyat berish kerak.
0 ‘rta guruhda bolalaming badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ri-
vojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitob-
dagi rasmlami ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tar
biyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlaming
xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z joziba-
sini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalami qisqa she’rlami
badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: