necha daqiqa davom etishi «Bolajon» tayanch dasturida ular-
ning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot
sional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul
lari va didaktik o'yinlami keng qo‘llash zarur.
Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar quyidagi turlarga
bo‘linadi: yangi bilim va ko‘nikmalami hosil qiluvchi mashg‘ulotlar,
o‘zlashtirilgan bilimlami mustahkamlovchi mashg‘ulotlar, nazorat
mashg‘ulotlari va majmuaviy mashg‘ulotlar.
MAVZU: BAXMAL KAPALAK BILAN TANISHTIRISH
Maqsad:
Bolalarni kapalakning noyob turi - baxmal kapalak bilan
tanishtirish, uning tabiatdagi ahamiyati, tuzilishi, ko‘payishi haqida
yangi bilim berish.
Dostları ilə paylaş: