va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola teng-
doshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va teng-
doshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlari-
ning hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi.
Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bo
lalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan
ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z
tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘mini anglay boshlaydi. Kommunikativ
ko‘nikmarivojlanadi: bola salomlashadi vaxayrlashadi, do‘stini ismini
aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib - shefigini u o‘ynayotgan
rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning
tagiga
tushib ketdi»).
Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o'zining
«men»ini anglash imkonini beradi. Aynan muloqotda «men» ob-
razining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, ya’ni
kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda
bo‘layotganida uning ma’qullanishiga, ijobiy bahoga,
tan olishga
bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot fajribasi tajovuzga,
o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda yuqori bo‘ladi. Kichik
bolakay o‘z shaxsini haddan tashqari yuqori baholashi tabiiy,
o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyotlarini
salbiy bahola-
gan («qizg‘anchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir
bir ideal bilan, masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni
himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi.
Yosh o‘tishi bilan bolaning o‘z aytgan so‘zlariga va xatti-harakat-
lariga,
shuningdek, faoliyatning har xil turlaridagi o‘z imkoniyatlari
va yutuqlariga mos tarzda baho berish rivojlanadi.
Besh yoshga kelib o‘zi sodir etgan xatti-harakatlami ularning
boshqa odamning va uning o‘zining jismoniy va emotsional ahvoli
uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari nuqtayi nazaridan baholashi
mumkin. Unga «Agar men birovga
yomonlik qilsam, bu unga ham,
menga ham yoqmaydi, ikkimiz ham xafa bo‘lamiz. Agar men yax
shi ish qilsam, ikkovimiz ham xursand bo‘lamiz» degan fikr-mulo-
hazaning mazmuni tushunarli bo‘ladi. Bolada qiziqishlar va qadriyat
80
yo'nalishlari, o‘g‘il bolalar va qizlarga xos bo‘lgan muayyan faoliyat
Dostları ilə paylaş: