turlarini
va o‘zini tutish usullarini afzal ko‘rish shakllana boshlaydi
(masalan, qizaloqlar qo‘g‘irchoq o‘ynashsa, o‘g‘il bolalar mashi-
nalami
o‘ynaydilar va h.k.).
Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:
- bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bi
lan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob
berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda
tashabbus ko'rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quwatlang;
- tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan
o'rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga
munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag'batlantiring;
- bolangizning lug‘at zaxirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar,
kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum
qismlari (ko‘ylak yengi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va
g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlami bir-
biriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi»,
«Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») o‘rgatishga alohida
c’tibor bering;
- bolalarni unli va undosh tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga
o‘rgating.
2. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masa-
lalari.
Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ij
timoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda,
bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga
javob
berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va
xushmuomalalilik kabi xislatlami tarbiyalamoq zarur.
Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki,
qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakat-
ga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini
ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari - o‘zi bilan insoniy
olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo
bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga ja
vob bermaydi, suratlarda odamlami «ko‘rmaydi», odamlar va hay-
vonlami tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan
81
faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy
oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida
o‘ziga nisbatan tajovuz tug‘uladi.
Bolaga oilada va maktabgacha ta’lim muassasasida psixologik ji
hatdan qulay bo‘lishi, uning kattalar va tengdoshlari o‘rtasida emot
sional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o‘zaro munosabatlar-
dan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur:
- bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi
hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish;
- bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi
uchun sharoit yaratish;
- quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, emotsional holatini ko‘rish va tu-
shunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
- o‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini ijtimoiy jihat
dan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani
turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘ldan tortib olmaslik va h.k );
- jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish
ko‘nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va icayr-
lashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish;
yordam berganljk, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni oerib
turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o‘rtog‘ining illimo-
siga xushmuomalalilik bilan javob qaytarish; javobini xotirjamlik
bilan tinglash; o‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z norozi-
ligini izhor qilish.
Pedagogik ishlar to‘g ‘ri tashkil qilinganida maktabgacha yosh
dagi bola besh yoshga kelib ijtimoiy rivojlanishning quyidagi
ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:
- insoniy munosabatlami tushunadi, atrofdagilaming unga nis
batan yaxshi va yomon munosabatlarini his qiladi va anglaydi; ota-
onasining, tengdoshining emotsional ahvolidagi o‘zgarishlami pay-
qaydi; diqqat-e’tibor, hamdardlik izhor qiladi;
- «men xohlayman!» vaziyatga oid bevosita istagini to‘xtatib turish-
ga qodir. Empatiya (hamdardlik) va emotsional ekspressiya (quvonch,
qayg‘u va boshqa holatlami ifodalash) xususiyatidagi kechinmalar bola
xulq-atvori va muloqotining tartibga soluvchisiga aylanadi;
82
-
bolalar barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqot-
da
va birgalikdagi faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa
holatlami ifodalash uchun emotsional ekspressiv nutqiy va nonutqiy
vositalardan foydalanadi.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot-
lional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul
Dostları ilə paylaş: |