Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kom-
pozitsion shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs ji
hatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik
muloqot nafaqat aloqa (intellektual axborot) va o‘z manfaatlariga
yo‘nalishni, balki sherikning nuqtayi nazarini, uning qiziqishlari, is-
taklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda tutadi. Dialogda nut
qiy harakatlami muvofiqlashtirish bevosita o‘z tengdoshini tushuna
olish va uning nuqtayi nazarini qabul qilishga bog‘liq bo‘ladi.
Nutqni rivojlantirish - bolaning yakka tartibdagi psixologik
jarayonida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtirishiga doir murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya
muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ush
bu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: bolalarga nutqiy muloqot-
ning muhim shakli - og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvo :
ftq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqi
kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda mak
tibgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish borasidagi
vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
1. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
2. Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish.
3. Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish.
4. Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish.
5. Ravon nutqni rivojlantirish.
6. Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash.
7. Savod o‘rganishga tayyorlash.
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoi-
Dostları ilə paylaş: