olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu
jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foy-
dalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mo§ holda gapi-
rishdan iboratdir.
Bolalarga ona tilida nutqni o‘rgatish tajribasidan ma’lumki, alo
hida tovushlar artikulatsiyasini o‘zlashtirish bola uchun eng qiyin
vazifa hisoblanadi. O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyatini tarbi-
yalashga doir ishlaming asosiy yo'nalishlarini belgilar ekan, «peda
gog oldida bolalarga so‘zlardagi tovushlami sof, toza talaffuz qilish,
so‘zlami rus tilining orfoepiya qoidalariga muvofiq holda to‘g‘ri ta
laffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diksiya) о‘rgatish, ularda
ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi19.
Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiya
chi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya’ni xuddi logoped
kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga qaratilgan ishlar bilan
shug‘ullanishi mumkin.
Tilni amalda o‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini
(tovush - bo‘g‘in - ibora - matn) tinglab ajratib olish va ulami to‘g‘ri
talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yosh
dagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar
muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodali-
ligining muhim vositalari hisoblanadi.
Bolaga intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikr-
ning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini
ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda
muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda,
talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar,
iboralar, gaplami aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllanti
rish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni
tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash
qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va
Dostları ilə paylaş: