47
I n f o r m a t s i y a g a k i r i s h ( д о с т у п ) n i t a s h k i l q i l i s h b o „ y i c h a
ixtiyoriy
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va ketma-ket kiradigan XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan XQ
larni farqlashadi.
Ixtiyoriy kiriladigan XQlarda [O„OXQ, OXQ va magnit disklarida to„plovchilar (MDT)]
informatsiyani qidirish vaqti informatsiya joylashishiga bog„liq emas yoki juda kam bog„liq bo„ladi.
Ketma-ket kiriladigan XQlari uchun informatsiyani qidirish vaqti informatsiyaning tashuvchida
joylashishi bilan aniqlanadi, masalan, magnit lentasida to„plovchilarda (MLT). XQga murojaat
qilinganda baravariga ikkilangan razryadlarning ma‟lum miqdori o„qiladi; bu
tanlab olish kengligi
deb ataladi.
I n f o r m a t s i y a n i j o y l a s h t i r i s h v a q i d i r i s h u s u l i b o „ y i c h a XQni
adresli
[XQda saqlanayotgan informatsiyaning har bir birligiga (bayt yoki so„z) qandaydir kod mos keladi;
bu kod xotirada informatsiya joylashishini aniq (bir ma‟noda) aniqlaydi] va
adressiz
(bunda
informatsiya adresi bo„yicha emas, balki boshqa belgilari bo„yicha qidiriladi)ga bo„lishadi.
Adressiz XQlari orasida ularning uch turi keng tarqalgan:
1) stek (stekli xotira), unda informatsiya xotiraning bir o„lchovli zonasidagi bittagina
yacheykasi (steka cho„qqisi) orqali yoziladi va o„qiladi. So„z yozilib yoki o„qilib borilgani sari stek
ichidagi bor narsa surilib boradi. Stekda informatsiyani o„qish: «
oxirgi yozilgan so‘z birinchi bo‘lib
o‘qiladi
» qoidasiga bo„ysunadi. Bu mini va mikro-EHMlarda uzilishlarga ishlov berishda protsessor
holatini eslab qolish uchun stekdan keng foydalanish imkonini beradi;
2) magazinli xotira – bu ham bir o„lchovli xotira; unda yozuv doim boshlang„ich yacheykada
yoziladi, o„qish esa – oxirgi to„ldirilgan yacheykadan boshlanadi. Unda o„qishda: «
birinchi yozilgan
so‘z birinchi o‘qiladi
» printsipi amalga oshadi;
3) assotsiativ xotira; unda informatsiyani qidirish xotiraning hamma yacheykalarida unda bor
narsa (assotsiativ belgi) bo„yicha baravariga amalga oshadi. Bu ba‟zi hollarda ma‟lumotlarni qidirish
va ularga ishlov berishni sezilarli tezlashtirdi.
Dostları ilə paylaş: