Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Plug-and-play 


54 
PCI shinasi oldingi shinalar uchun chiqarilgan qurilmalar bilan bir-biriga to„g„ri kelmay qoldi, 
lekin uning yuqori unumdorligi va jihozlarni sozlash soddaligi yangi avlod qurilmalarini ishlab 
chiqarishning tez rivojlanishini ta‟minladi. Bu shinaning ahamiyatli afzalligi – o„zi o„rnatiladigan 
qurilmalar (plug-and-play)ni yaratish mumkinligidir. Bu printsipning mohiyati shundaki, sho„ba 
platasi onalik platasiga fizik ulangandan keyin, ulangan qurilma anislanishi va oldin o„rnatilgan 
boshqa qurilmalar bilan konfliktda bo„lmaydigan darajada unga resurslar ajratish avtomatik ravishda 
sodir bo„ladi. 
AGP interfeysi 
PCI shinasi uzoq vaqt har xil qurilmalar bilan ma‟lumotlar almashinishining yuqori 
unumdorligini ta‟minladi, lekin har galgidek jihozlar va dasturlar ishlab chiquvchilarning talabini 
qoniqtira olmay qolgan vaqti keldi. Odatdagidek, birinchi bo„lib videokarta ishlab chiqaruvchilar 
qiynalishdi. 90-yillar oxirida PCI shinasi kompyuter grafikasi rivojiga to„siq bo„la boshladi. Shunda 
yangi interfeys – AGP (
Accelerated Graphics Port
) paydo bo„ldi. Bugungi kunda deyarli hamma 
videokartalar ushbu standart uchun chiqarilmoqda. Ular onalik platasining (66/100/133 MGts) 
chastotasida ishlaydi va PCI videokartasiga nisbatan bir necha marta yuqori unumdorlikni 
ta‟minlaydi. 
AGP standarti unumdorlikning bir necha rejimlarini: AGP, AGPx2, AGPx4 va AGPx8 nazarda 
tutadi. Ushbu rejimlarning qaysi biridan foydalanish onalik platasining chipsetiga bog„liq. Hozirgi 
paytda AGPx4 interfeysi va videokartalar ma‟lumotlaridan foydalanish uchun chipsetlar keng 
tarqalgan.
AGP shinasi va onalik platasining asosiy shinasi orasidagi aloqani chipsetning «shimoliy» 
ko„prigi ta‟minlaydi. 
USB interfeysi 
Shu paytgacha biz quyidagining guvohi bo„ldik: yangi shina interfeyslarining yaratilishi 
kompyuter qurilmalari orasida ma‟lumotlarning tobora ko„proq hajmini haydashdagi doimo o„sib 
borayotgan ehtiyojiga qonuniy javob edi. Bu poygada doim qurilmalar va ularning ehtiyojlari 
birinchi o„rinda bo„ldi, inson va uning ehtiyojlari haqida esa unutilmagan bo„lsa ham, ularni ko„pda 
hisobga olishmas edi. Natijada ko„p yillar mobaynida shunday tizim vujudga keldiki, onalik platasiga 
yangi qurilmani ulash uchun bizdan qator noxush protseduralarning bajarilishi talab qilindi: 
1. Kompyuter tizimiy blokini bo„laklarga ajratish. 
2. Onalik platasi bo„linmasiga yangi platani joylashtirish. 
3. Kompyuterning onalik platasi va dasturaviy ta‟minoti yangi qurilmani to„g„ri taniydi degan 
umidda kompyuterni tarmoqqa ulash. 
4. Kompyuterning yangi qurilma bilan to„g„ri muloqotini ta‟minlaydigan dasturni ishga 
tushirish (bunday dastur drayver deb nomlanadi) va xuddi zarur bo„lgan narsaning o„zini ishga 
tushirdik deb umid qilish (afsuski, xatolar bo„lib turadi). 
5. Qurilma ishlab ketganini tekshirish va u to„g„ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish (afsuski, 
har doim ham bunday bo„lavermaydi). 
6. Tizimiy blokni yig„ish. 
Biroz tajribaga ega bo„lganlar uchun bu amallarda hech bir qiyinchilik yo„q, lekin yangi 
qurilmani, hattoki djoystikdek soddasini, o„rnatish va sozlash bir necha soatga cho„ziladi. 
Foydalanuvchilar doim shunday shina interfeysi haqida orzu qilishar ediki, ular bo„linmani shunday 
tiqishsinda, hech nimani o„ylamasdan ishlayverishsin (xuddi telefon tarmog„iga ulagan kabi). 
Nihoyat bunday interfeys paydo bo„ldi. Zamonaviy onalik platalarining ko„pi universal ketma-
ket (
последовательный
) USB (
Universal Serial Bus
) shinaga ega; uning bo„linmasi tizimiy 
blokning orйa devoriga chiqarilgan. Unga ulanish juda oson. Kompyuterni o„chirish ham shart emas: 
bo„linma uyaga tiqiladi va ishni davom ettirish mumkin. 
Odatda kompyuterning faqat bir juft USB bo„linmasi bor, lekin bu shinaga 127 ta 
qurilmagacha ulash mumkin. Agar ikkitadan ko„proй qurilmani ulash zarur bo„lsa, 
kontsentrator
(
разветвитель
– tarmoqlagich) sotib olish kerak – bo„linmalar soni ko„payib ketadi. Hozirgi 
paytda klaviatura, sichqoncha, modem, skaner, printerlar USB shinasi yordamida ulanmoqda. Agar 


55 
qachondir kompyuter yangi yil archasi yoritgichlari shodasini, temir yo„l modelini, kir yuvuvchi 
mashinani va h.k.larni boshqarishini istab qolsangiz, USB shinasi eng yaxshi yechim bo„ladi. 
USB qurilmalari bilan ishlash – onalik platasi chipsetining funktsiyalaridan biridir. Uni 
«janubiy ko„prik» bajaradi. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin