Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

7.3. Integrallashgan tizimlar 
Onalik platalarida ko„p narsa chipsetga bog„liq. U ko„p funktsiyalarni bajaradi va yildan-yilga 
uning funktsiyalari ko„payib bormoqda. Bir necha yil avval kompyuterlarda diskli kontrollyorning 
sho„ba platasini topish mumkin edi – unga hamma diskovodlar ulanardi. Hozir bunday plata yo„q. Bu 
kontrollyor funktsiyasi «shimoliy ko„prik» chipsetiga o„tdi va hamma diskovodlar onalik platasiga 
to„g„ridan-to„g„ri ulanadigan bo„ldi. Printer ulanadigan maxsus plata bilan ham shunday bo„ldi. 
Hozirgi paytda tashqi qurilmalar ulanadigan hamma portlar onalik platasi tarkibiga kirdi. 
Chipsetlar rivojlanmoqda va integratsiya davom etmoqda. Bugungi kunda chipsetlari 
videokarta va (yoki) tovush kartasi funktsiyasini bajarish qobiliyatiga ega bo„lgan onalik platalari 
tobora ko„proq uchramoqda. Odatda bunday onalik platalarida arzon narxli kompyuterlar yig„iladi. 
Integrallashgan tovush va videoga ega bo„lgan onalik platasi, alohida sotib olinadigan uchta shunday 
komponentlar summasidan arzonroq turadi. 
7.1-rasm. Gigabyte GA-8SRX onalik platasi 
(Sis 645 chipseti, Socket 478 protsessori uchun bo„linma, shina chastotasi - 400 MGts, FSB 
chastotasi – 200 MGts, AGPx4, DDR uchun uchta bo„linma, PCI uchun oltita bo„linma, USB uchun 
to„rtta bo„linma, Form-faktor – ATX) 
7.4. EHM tashqi qurilmalari 
EHM tashqi qurilmalari – ma‟lumotlarni kiritish, chiqarish, tayyorlash va katta hajmli 
informatsiyalarni xotirada saqlab qolish uchun foydalaniladigan EHM qurilmalaridir. TQlarning 
farqli xususiyati shundaki, ular ish jarayonida informatsiya mazmunini o„zgartirmagan holda, 
ularning taqdim etilishi shaklini o„zgartiradilar. Markaziy qurilmalarning tez takomillashtirilishi, 
o„lchamlarining kichiklashishi, narxining muntazam arzonlashib borishi TQlar ahamiyatining ortib 
borishiga olib keldi. Hozirgi kunda TQlar narxi EHM narxining katta qismini tashkil qiladi, ularning 
gabarit o„lchamlari esa EHM o„rnatiladigan xonaning o„lchamlarini belgilaydi. Buning asosiy sababi 
– TQ asosan elektromexanik qurilma bo„lib, ularning tezkorligi, shtampliligi, gabarit o„lchamlari va 
boshqa xarakteristikalari cheklangandir. 


56 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin