Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


 Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

7.5. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar 
Ular EHM xotirasini o„nlab va yuzlab gigabaytlargacha ko„paytirish imkonini beradi; bu katta 
hajmli ma‟lumot va loyihaviy informatsiyalar bilan ishlaydigan ALT uchun zarur. Bu TXQlar – 
OXQlariga nisbatan tashqidir va shu sababdan tashqi (TXQ) deyiladi. TXQda saqlanuvchi 
ma‟lumotlar bevosita markaziy protsessor tomonidan informatsiya almashinuvini amalga oshiradi. 
Shuning uchun qolgan boshqa tashqi qurilmalarda ma‟lumotlar almashinishi printsipi qanday bo„lsa, 
TXQ uchun ham shunday bo„ladi. 
Magnit diskida to„plagich (MDT) – eng tezkor TXQdir; u katta hajm va yetarlicha tezkorlikka 
ega. 
MDT to„g„ri (bevosita) kiriladigan qurilma bo„lib, unda adreslash tizimi qo„llanadi; bu 
ma‟lumotlar massivining istalgan qismiga murojaat qilish imkonini beradi. Bu holda qidirish vaqti 
qidirilayotgan informatsiya birligi tashuvchining qaysi qismida joylashganligiga kam bog„liq. 
Magnit diskida to„plagichlar informatsiyaning katta massivlarini operativ saqlash uchun 
foydalaniladi. Odatda magnit disk (MD)larida ko„p qayta foydalaniladigan dasturlar, so„rov 
ma‟lumotlari va sh.k.lar saqlanadi. Magnit diskida to„plagichlar katta hajmga ega, qidirish vaqti kam, 
informatsiya bitini saqlash narxi nisbatan arzon. 
HDD — bikr disk 
HDD (
Hard Disk Drive
) – bizning hamma dasturlarimiz va informatsiyalarni bosh 
saqlagichdir. Gaplashganda uni «vinchester» deyishadi. Bikr disk ichida magnit qatlami bilan 
qoplangan disklar katta tezlikda aylanadi. Bu disklar sirtlarida o„quvchi/yozuvchi kallaklar siljiydi. 
Disklar va kallaklar germetik va mustahkam korpusda joylashgan.
Bikr disk – «yuqori texnologiya»ning murakkab qurilmasidir. U avaylab murojaat qilishni va 
ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Disklar katta tezlikda aylanayotgan paytda 
ularning sirtlari bilan o„quvchi/yozuvchi kallaklar orasida yupqa havo yostiqchasi hosil bo„ladi; u 
kallaklarning disk magnit qatlamiga tegishi (buzilishi)ning oldini oladi. Zarba bilan urilganda yoki 
kuchli turtilganda kallak disk sirtiga tegib ketishi va magnit qatlamini buzishi mumkin. Ba‟zan 
kallakning o„zi ham zararlanadi. 
Kallak bilan disk orasidagi havo tirqishi shunchalik kichikki, bu tirqishdan oddiy chang emas, 
balki tamaki tutuni tarkibidagi mayda qattiq zarrachalar ham o„tmaydi. Bunday zarrachalar 
vinchesterning germetik korpusidagi ventilyatsiya teshiklaridan o„tish qobiliyatiga ega. Garchi ular 
filtrlar bilan berkitilgan bo„lsa ham.
Chang yoki chekilgan xonada bikr disklar ishdan tez chiqishini ekspertlar aniqlashgan. 
Zamonaviy bikr disklar 500 Gbayt va undan katta hajmga ega. Masalan, ma‟lumotlarni saqlash 
tashqi tizimlarida ixtisoslashgan LaCie Fransiya kompaniyasi 2003 yil dekabr oyida 500 Gbayt 
hajmli portativ FireWire-vinchesterini chiqarishga tayyorlanmoqda. Bunday hajm MPEG2 (video 
formati)ni ikki sutka davomida uzluksiz yozishga etadi. 
Operativ xotiraga nisbatan bikr diskdan ma‟lumotlar sekinroq uzatiladi, ammo ta‟minot 
uzilgandan keyin ham ma‟lumotlar bu diskda qoladi. Lekin boshqa tashqi (mexanik) xotirada 
saqlovchi qurilmalarning ko„piga qaraganda bikr disklar ishining tezligi katta. 
Oddiy personal kompyuterlarning ko„pchiligida IDE turidagi bikr disklar qo„llanadi. IDE 
(uning o„zi EIDE, ATA, ATAPI) – bu interfeys – onalik platasi shinasiga bikr disk dasturaviy va 
apparatli usulda ulanish turi. EIDE interfeysi bunday turdagi to„rttagacha qurilmani ulash imkonini 
beradi (bikr diskdan tashqari lazerli disklar – CD-ROM uchun diskovodlar bo„lishi mumkin). 
Tizim unumdorligiga yuqori talablar qo„yilgan hollarda bikr disk va onalik platasining asosiy 
shinasi orasida ma‟lumotlarning katta tezlikda uzatilishini ta‟minlaydigan interfeys – SCSI deb 
nomlanadigan interfeysdan foydalanishadi. Yuqori unumdorlikdan tashqari u tizimga 16 tagacha 
SCSI deb nomlanadigan qurilmalarini ulash imkonini beradi. Bu turdagi qurilmalar ancha qimmat 
bo„lganligi sababli, SCSI interfeysi odatda ishxonadagi kompyuterlarda qo„llanadi. 
Diskli to„plagichlar ham statsionar tizimlarda va ham portativ tizimlarda ishlatiladi. Portativ 
tizimlarda sig„imi va ma‟lumotlarni uzatish tezligidan tashqari, diskli to„plagichning gabaritlari va 
og„irligi hamda zarbiy yukka stabilligi muhim o„rin egallaydi. 
Shunday bikr disklardan birini ko„rib chiqamiz.
Hitachi Global Storage Technologies kompaniyasi noutbuklar uchun bir nechta yangi 2,5-
dyuymli vinchesterlarni ishlab chiqdi. Travelstar 7K60 (7.2-rasm) ancha qiziqish uyg„otadi. Bu 


57 
shpindelining aylanish tezligi 7200 ayl./min bo„lgan noutbuklar uchun yangi bikr diskdir. Shu 
paytgacha portativ kompyuterlarda asosan 5400 ayl./min li vinchesterlar qo„llanilar edi. Travelstar 
7K60 60 Gb sig„imga ega va energiyani sarflashini boshqa yangilik – shpindeli sekinroq tezlikda 
aylanadigan Travelstar 5K80 bilan solishtirish mumkin. 
7.2-rasm. Hitachi Travelstar vinchesteri 
Shpindel aylanish tezligining ortishi unumdorlikni sezilarli darajada ortishi imkonini berdi; u 
statsionar personal kompyuterlar vinchesterlarining xarakteristikalaridan amalda kam emas. Disk 
ma‟lumotlarni uzatish tezligi 100 Mb/s gacha bo„lgan ATA-6 interfeysidan foydalaniladi. 
Ma‟lumotlar ikkita shisha plastinaga yoziladi, o„qish uchun esa to„rtta kallak xizmat qiladi. Ruxsat 
etiladigan zarbiy yuk ishlamayotganda 1 ms da 1000 gr. va ishchi holatda 2 ms da 200 gr. 
Informatsiyani qidirish o„rtacha vaqti atigi 10 ms. Disk og„irligi 100 grammdan kam. 
Ikkinchi yangi vinchester – bu yuqorida eslatilgan Travelstar 5K80. U to„rt variantda – sig„imi 
20 Gb dan 80 Gb gacha chiqarilmoqda. Modifikatsiyasiga qarab disklarda bitta yoki ikkita shisha 
plastina va bittadan to„rttagacha kallaklardan foydalaniladi. Ma‟lumotlarni qidirish o„rtacha vaqti 12 
ms. Disk ATA-6 protokoli bo„yicha ishlaydi va ishlamagan holatda 1 ms da 800 grammgacha va 
ishchi holatda 2 ms da 200 grammgacha bo„lgan yukka chidaydi. Og„irligi modifikatsiyasiga qarab 
98…102 gr. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin