Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


FDD — qayishqoq disklarda to‘plagich



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

FDD — qayishqoq disklarda to‘plagich 
FDD (
Floppy Disk Drive
) – qayishqoq disklar (floppi-disklar, disketalar)ni o„qish/yozish 
uchun qurilma. Ilgari diametrida o„lchami ikki xil – 5,25

(133 mm) va 3,5

(89 mm) bo„lgan 
magnitli disklardan foydalanishar edi. Dasturlar doim shunday disklarda yetkazilardi. Hozir besh 
dyuymli disklar yo„q bo„lib ketdi, lazerli disklar (CD-ROM) keng tarqalgani munosabati bilan uch 
dyuymli disklar asosan informatsiyani bir kompyuterdan boshqasiga ko„chirishda ishlatilmoqda. 
o„lchami 3,5

li qayishqoq diskga 1,44 Mbaytgacha informatsiyani yozish mumkin. 
Ko„p yillar davomida qayishqoq disklar diskovodi shunchalik standart qurilma bo„lib qoldiki, 
uni tanlashda hech bir da‟vo yo„q. Istalganini olsangiz o„n yil davomida ajoyib ishlaydi. Tajriba 
ko„rsatdiki, bu – kompyuterning eng uzoq muddat xizmat qiluvchi qurilmasidir.
3,5

li diskovod ishonchliligi haqidagi gapning 3,5

disketalarga taalluqli joyi yo„q. Ishlab 
chiqaruvchi (va narxi)ga qarab ularga ishonchli emas yoki umuman ishonib bo„lmaydigan qurilma 
deb qarash kerak.
1. Disketalarning ashaddiy dushmani – chang. Ilgari, disketalar qimmat bo„lgan paytlarda, har 
bir disketa alohida plastikli paketda bo„lar, bu paket uni changdan himoyalardi. Besh yil oldin 
disketni ishlab chiqaruvchilar bunday paketlardan voz kechishdi va natijada disketalarning xizmat 
muddati keskin qisqardi. Disketani ishdan chiqarish uchun uni bir marta himoyalanmagan holda 
cho„ntakda olib yurish yetarli bo„lishi mumkin. 
2. Disketani qog„ozga o„ramang – qog„oz changli muhitdir. Eng yaxshi variant – disketani 
alyumin folgasiga o„rab olib yurishdir; u tramvayda va metroda tashqi magnit maydonlaridan ham 
himoya qiladi. 


58 
3. Tanlash imkoni bo„lganda plastmassa korobkalaridagi disketalarni oling. Ularda saqlangan 
disketalarning «umri» uzoqroq bo„ladi. 
4. Uzrli sababsiz noma‟lum ishlab chiqaruvchilarning disketalarini sotib olmang. BASF va 
Verbatim markalari eng yaxshi hisoblanadi (ularda ham qalbakilari bo„ladi). Teflon qoplamali 
Verbatim disketalari qimmatroq turadi, lekin bunday qoplamalar changdan va qalbakilashdan 
saqlaydi. 
5. Disketalarda muhim ma‟lumotlarni saqlaganda yoki transportirovka qilganda doim ikki 
nusxa qiling. Informatsiyani oluvchi ma‟lumotlarni olganligi haqida xabar bermaguncha bu 
informatsiyani o„z kompyuteringizdan o„chirmang. 
6. Disketada biror ma‟lumot olsangiz, o„sha zahoti disketa ishchanlik qobiliyatini tekshirib
undan ma‟lumotlarni kompyuterga ko„chiring (ertasiga disketa o„qiladimi yoki yo„qmi noma‟lum). 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin