Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Videoxotira 
Eng birinchi 
IBM PC
kompyuterlari uchun maxsus videoxotira talab qilingan. Kompyuterning 
asosiy xotirasida maxsus zona ajratilar va shu zonada ekran tasviri saqlanar edi. Agar tasvirni 
o„zgartirish zarur bo„lsa bu xotira yacheykasiga boshqa qiymatlar yozilar edi. Zamonaviy 
kompyuterlarda tasvirlarni saqlash uchun asosiy xotiradan foydalanishmaydi – agar videoadapter 
platasiga yuqori tezlikda ishlaydigan maxsus xotira mikrosxemasi joylashtirilsa, hammasi juda tez 
ishlaydi. 
Videokarta ta‟minlaydigan aniq va har xil tasvirlash qobiliyati va rang chuqurligi qanchalik 
katta bo„lsa, videoxotiraga talab shunchalik katta bo„ladi. Agar videoxotira 1 Mbayt xotiraga ega 
bo„lsa, uning imkoniyati maksimal rejimda 256 rangda 1024

768 nuqta yoki 16,8 mln. rangda 
640

480 nuqta bo„ladi. Agar 2 Mbayt bo„lsa, 
True Color
rejimiga 800

600 nuqta tasvirlash 
qobiliyatida, 4 Mbayt bilan esa – 1280

1024 nuqtada erishiladi. 
Namunaviy kompyuterlar uchun videoxotiraning namunaviy o„lchami kompyuter vazifasiga 
bog„liq. Hujjatlar bilan ishlangan taqdirda 2-4 Mbayt bemalol yetadi, agar grafika bilan ishlaydigan 
bo„lsa 8-6 Mbayt bo„lgani ma‟qul, lekin videoadapterga eng yuqori talablarni multimediali ilovalar, 
ayniqsa kompyuter o„yinlari, qo„yadi. Sekin videoadapter hatto zamonaviy kompyuterda ham o„yinli 
dasturni tormozlashi mumkin. Shuning uchun agar kompyuter kompyuter o„yinlari uchun 
foydalaniladigan bo„lsa, 16-32 Mbayt xotirali videoadapter bo„lgani ma‟qul. 
Ekran yangilanishi chastotasi 
Nima uchun kompyuter monitori bilan 50-70 sm masofada ishlash mumkin, shunday 
televizorni esa bir necha metr masofada ko‘rgan ma’qulligini Siz bilasizmi? Balki, hamma gap 
monitorda tasvir yaxshi ko‘rinishidadir? 
Yo„q, gap faqatgina bunda emas. 
Ekran yangilanish chastotasi 
(ekranda tasvirning qayta 
rasmlanishi chastotasi) (refresh rate) ham katta rol o„ynaydi. Televizorda u qat‟iy belgilangan va 50 
Gts ga teng (elektr tarmog„idagi tok chastotasiga mos). Bunday chastotada tasvir titrashi ko„zga 
seziladi. 
Ekran yangilanish chastotasi 50 Gts bo„lgan monitorlar ilgari bo„lgan, lekin ular 
CGA 
va 
EGA
standartlari bilan birga 80-yillarda o„tmishda qolib ketdi, bugungi kunda esa 60 Gts li ekran 
yangilanish chastotasi bilan ham ishlab bo„lmaydi – titrash ko„zga seziladi. Ishlash ruxsat etiladigan 
yangilanishning minimal chastotasi – 75 Gts, tavsiya qilinadigani – 85 Gts, komfortlisi esa – 100 Gts 
va undan ko„p. Monitor bunday chastotani ta‟minlay olishi unga bog„liq, lekin tasvirni ekranga har 
holda videokarta chiqaradi. 
Har xil grafikaviy rejimlarda bu chastota har xil bo„lishi mumkin. Ekranning aniq va har xil 
tasvirlash qobiliyati qanchalik ko„p bo„lsa, yangilanish chastotasi shunchalik kam bo„ladi. 
Videokarta hujjatidagi jadvalchada aniq va har xil tasvirlash qobiliyatining har biri uchun videokarta 
ekran yangilanishining qanday chastotasini ta‟minlashi ko„rsatilgan. 


62 
Agar sizga ushbu videokarta 1024

468 ekran tasvirlash qobiliyatini ta‟minlaydi deyishsa, bu 
15 yoki 17 dyuym o„lchamli monitor bilan ishlash uchun bemalol yetarli. Lekin bunda Siz ekran 
yangilanishi chastotasi 60 Gts ekanligini ko„rsangiz, bilingki, videokartada bunday rejim yo„q, 
chunki bunda hech ham ishlab bo„lmaydi! 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin