Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


Mashina grafikasining elektromexanik qurilmalari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

8.2. Mashina grafikasining elektromexanik qurilmalari 
Konstruktorlik loyihalash bosqichida ob‟yekt haqidagi informatsiya grafikaviy shaklda 
ifodalanadi, loyihalash jarayoni esa buyumni tayyorlash, nazorat qilish va ekspluatatsiyasini 
ta‟minlovchi konstruktorlik hujjatlari komplektini chiqarish bilan tugaydi. Konstruktorlik hujjatlariga 
gabarit, yig„ma hamda detallarning chizmalari va jadvallar, sxemalar, spetsifikatsiyalar kiradi. 
Standart detallaridan va tayyor buyumlarni qo„llash kataloglar va ma‟lumotnomaviy adabiyotlardan 
foydalanishni taqozo qiladi. Konstruktor mehnati asosan u yoki bu texnikaviy qarorlarni qabul 
qilishga emas, balki konstruktorlik hujjatlarni tayyorlashga sarflanadi. Ushbu jarayonni 
avtomatlashtirish loyihalash muddatini sezilarli qisqartiradi va chizmalarni qo„lda chizishda sodir 
bo„ladigan xatolar sonini kamaytiradi. 
Konstruktorlik loyihalashni avtomatlashtirish uchun grafik informatsiyani o„zgartirish (kodlash 
va kodni ochish) talab qilinadi, chunki EHM informatsiyadan raqam shaklida foydalanadi. 
Mashina grafikasi qurilmalariga EHMga grafikaviy informatsiyani kiritish va chiqarish uchun 
mo„ljallangan, informatsiyaning shaklini avtomatik o„zgartiradigan vositalar kiradi. Mashina 
grafikasining asosiy qurilmalariga chizma avtomatlar (ChA) va grafikaviy informatsiyani 
kodlovchilar kiradi. 
Grafikaviy informatsiyani kirituvchi qurilmalar 
Grafikaviy informatsiyani (GI) raqamli shaklga o„zgartirish jarayoni quyidagi bosqichlardan 
iborat:
1) o„qish;
2) kodlash. 
O‘qish
– grafikaviy elementni (nuqta, chiziq, elementar fragment) va qabul qilingan 
koordinatalar tizimida uning koordinatalarini aniqlash. 
Kodlash
– o„qilgan informatsiyani belgilangan qoidalarga muvofiq raqamli kodga aylantirish. 
O„qish jarayonida i n s o n i s h t i r o k i n i n g d a r a j a s i b o „ y i c h a GI kiritish qurilmalari 
va avtomatik va yarim avtomatik qurilmalarga bo„linadi. 
GI 
avtomatik kiritish qurilmalari 
o„zgartirishning kuzatuvchi yoki yoyuvchi (skanirovka 
qiluvchi) metodlaridan foydalanishadi. Birinchi holda ishchi organ abstsissa o„qi bo„ylab o„zgarmas 
tezlikda siljib berilgan egrilik chegarasini kuzatadi (o„zgartiriladigan egrilik ordinata o„qi bo„yicha 
ishchi organ og„ishining son qiymatlari ko„rinishida ifodalanadi). Ikkinchi holda abstsissa o„qi 
bo„ylab qandaydir qadamda ishchi organ tasvirni skanerlashni amalga oshiradi. Bunda berilgan 
egrilik bilan skanerlovchi nur kesishish nuqtalarining ordinatalari qayd qilinadi. GI kiritish avtomatik 


64 
qurilmalari faqat murakkab bo„lmagan rasmlarni, masalan bitta argumentning birgina ma‟nosi 
bo„lgan funktsiyalarining grafiklarini kodlashda qo„llanadi, chunki murakkab tasvirlarni kiritayotgan 
tasvir elementlarini tanishda ancha qiyinchiliklar tug„iladi. 
Yarimavtomatik qurilish qurilmalari
murakkab grafikaviy tasvirlarni, masalan mashinasozlik 
chizmalarini, tasvirlashda foydalaniladi. Ularda GIni o„qishni shchup (щуп) yoki vizir yordamida 
operator bajaradi. O„qilgan informatsiyani elektron blok qabul qiladi va kodlaydi. U oraliq 
tashuvchiga, masalan magnitli lentaga, yozilishi yoki kanal bilan tutashish bloki orqali EHMga 
uzatilishi mumkin. 
GI kiritish qurilmasi ishchi maydon – planshetga ega bo„ladi, unda hujjat hamda alfavitli-
raqamli informatsiyani kiritish uchun alfavitli-raqamli va funktsional klaviaturalar joylashadi. 
Planshetda ishchi organ koordinatalarini tavsiflovchi k o d l a r n i o l i s h u s u l i b o „ y i c h a
GIni kiritish qurilmalarini optik-mexanik, setkali va boshqalarga bo„lish mumkin. 
Optik-mexanik qurilmalarda
qo„zg„aluvchi koordinat tizimidan foydalanishadi. Registratsiya 
qiluvchi organ – krestli linza ko„rinishidagi vizir – ishchi maydon bo„ylab ikkita karetka yordamida 
siljiydi. Aylanuvchi o„yiqli disk vizir bilan bog„langan. Fotoelektrik datchik impulslarni ishlab 
chiqadi, ular soni vizir siljishiga proportsional. 
x
va 
y
koordinatalari bo„yicha siljishga mos impulslar 
sonini schyotchiklar hisoblaydi. Karetka harakati tugagach schyotchiklarda qayd qilingan kodlar 
koordinatalar qiymatlariga mos keladi. Bu qurilmalarda koordinatalarni o„lchash aniqligi 0,25...0,4 
mm. Ularning kamchiligi – mexanik uzellarning murakkabligidir. 
GIni kiritish setkali qurilmalari
murakkab qo„zg„aluvchi mexanik uzellarga ega emas. Planshet 
tekisligi bir-biri bilan elektr izolyatsiyalangan o„zaro perpendikulyar shinalar bilan diskretlanadi. 
Registratsiya qiluvchi organ (shchup) va setka o„tkazgichlari orasidagi aloqa sig„imli, induktiv yoki 
kontaktli bo„lishi mumkin. Birinchi ikki holda setka shinalari tok impulsi bilan ketma-ket 
induktsiyalanadi (uyg„onadi). Shchup ostida joylashgan shina uyg„ongan paytda shchup datchigida 
EYuK uyg„onadi. Bu signal kuchaygandan so„ng schyotchik to„lishi jarayonini tugatadi. 
Schyotchikda fiksatsiyalangan kod koordinata qiymatiga mos bo„ladi. Kontakt qurilmalarda shchupni 
bosib setka o„tkazgich (sim)larini tutashtirishadi. Setkali kiritish qurilmalarda o„lchash aniqligi setka 
qadami bilan aniqlanadi va odatda 0,25... 0,5 mm bo„ladi. 
Qolgan qurilma
larga akustik va rezistivli qurilmalar kiradi. Akustik qurilmalarning ishlash 
printsipi manba (ishchi organ)dan priyomnikkacha tovush tarqalishi vaqtini o„lchashga asoslangan. 
Akustik qurilmalarning kamchiliklari – to„siqqa bardoshligi va aniqligining kamchiligidir. Rezistiv 
qurilmalarda o„tkazuvchanligi bir xil bo„lgan o„tkazuvchi materialdan qilingan planshetdan 
foydalaniladi. Planshet chekkalari stabil ta‟minlash manbasiga ketma-ket ulanadi. Informatsiyani 
tashuvchi rezistiv qatlamga tekkunicha zond bilan sanchib qadaladi. Bunda zonddagi kuchlanish mos 
koordinataga proportsional bo„ladi. Aniqligining kamligi va chizmani sanchib teshish zarurati tufayli 
bunday qurilmalardan keng foydalanilmadi. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin