71
chunki ulardan har biri boshqalari bilan hisoblash tizimining u yoki bu resursini egallash – uchun
doim raqobatda bo„ladi.
Hisoblash jarayonini to„g„ri rejalashtirish uchun operatsion tizim loyihalovchilariga turli
uzilishlarga ishlov berishning ko„p sonli
va murakkab modellarini yozish; masalalarga ularning
ustuvorligiga yarasha xizmat ko„rsatish tartibini yaratish; operativ xotiraning band va bo„sh
jabhalarini doimo nazorat qilish; raqobatchi masalalar orasida
uni ratsional taqsimlash; tashqi
tashuvchilardagi ma‟lumotlar to„plamlarini sanktsiyalanmagan kirishdan himoya qilish; masalalar
orasida soni cheklangan tashqi qurilmalarni taqsimlash va h.k.larni hisobga olishga to„g„ri keladi.
tabiiyki, natijada juda murakkab va beso„naqay operatsion tizim hosil bo„ladi, bu esa o„zlashtirish va
ekspluatatsiya
qilish qiyinligi; hisoblash resurslarining sezilarli qismini foydalanuvchi masalalarini
yechish uchun emas, balki operatsion tizim talablarini qondirishga sarflash kabi salbiy taraflarni
tug„diradi.
Hamma resurslarni ratsional taqsimlash va hisoblash tizimining o„tkazuvchi
qobiliyatini
yashirishdan tashqari operatsion tizim foydalanuvchiga turli servis xizmatlari: kirish (доступ)ning
standart metodlari, utilitlar, rostlash (отладка), teledostup vositalari va masala o„tishining hamma
bosqichlarini
batafsil diagnostika qilish, avariyali damplarni olish imkoniyati va sh.k.larni taqdim
qiladi.
Dostları ilə paylaş: