Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


Qanday operatsion tizimlar bo‘ladi?



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Qanday operatsion tizimlar bo‘ladi? 
Ko„rganingizdek, operatsion tizimga bo„lgan talablar shunchalik bir-biriga qarama-qarshiki
ularning hammasini baravariga qoniqtirish dargumon. 
Ko„p masalalilik ishonchlilikka zid. Bir vaqtning o„zida qanchalik ko„p dasturlar ishlasa, ular 
orasida konfliktlar shunchalik tez sodir bo„lishi mumkin, bu kompyuter «osilib qolishiga» olib 
keladi. 
Do„stonalik oddiylikka zid, chunki haqiqiy do„stonalikka erishish – bu oddiy emas, balki o„ta 
murakkab masala. 
Tarmoqda ishlay olish qobiliyati xavfsizlikka zid. Bir tarafdan biz kompyuterimizning butun 
dunyodan informatsiyani bemalol ola olishini va boshqa kompyuterlar bilan muloqotda bo„la olishini 
istaymiz, ikkinchi tarafdan esa, kompyuterimiz informatsiya bilan birga, virus olishi mumkinligidan 
qo„rqamiz. Xullas kalom, biz maksimal qulayliklarga ega bo„lishni xohlaymiz, lekin buning uchun 
ko„ngilsizlikka ega bo„lishni hech ham istamaymiz. 
Xulosa bitta: har xil ishlar uchun turli operatsion tizimlarni qo„llashimiz kerak. 
MS-DOS 
MS-DOS tizimi eng ishonchli tizim hisoblanadi, lekin uni na qulay va na do„stona deb 
bo„lmaydi. U bilan ishlashni osonlashtirish va uni «shaffof» qilish uchun maxsus dasturlarni 
qo„llashadi. Ularni «qobiq» («оболочка») deb atashadi. Shunday qobiqlardan biri – Norton 
Commander dasturi – siz, balki, u bilan tanishdirsiz. 
MS-DOS yuqori ishonchliligi tufayli ko„pincha maxsus texnikaviy operatsiyalarni bajarish 
uchun foydalaniladi. Masalan, umidni uzsa ham bo„ladigan darajada ishdan chiqqan kompyuterlarni 
reanimatsiya qilishni, uni MS-DOS vositalari yordamida tiriltirishdan boshlashadi. Ko„p hollarda 
MS-DOS yordamida hech ham ishlashni istamayotgan dasturlarni ishga tushirishga harakat qilishadi. 
Windows NT 
Tizim kompyuter tarmog„ida ishlash uchun yaratilgan. U alohida ishonchliligi va 
himoyalanganligi bilan farqlanadi, lekin kunda qo„l ostida bo„lishi istalgan oddiy dasturaviy ta‟minot 
hozircha uning uchun kam ishlangan. Shu sababli bu tizim tashkilotlarda, masalan banklarda 
qo„llanadi, uyda esa juda kam qo„llanadi.
OS/2 
Bu tizim haqiqiy ko„pmasalalilik bilan farqlanadi. Unda bir necha dastur baravariga va shu 
bilan birga barqaror ishlashi mumkin. Boshqa tizimlar ham ko„p masalalilikka ega, lekin bunchalik 
to„liq emas. Agar baravariga bir necha dastur ishga tushirilgan bo„lsa, lekin ular navbati bilan, 
faollashgani sari ishlasa, bu – soxta ko„pmasalalilikdir. OS/2 operatsion tizimi ko„pincha loyiha-


72 
konstruktorlik tashkilotlarida ishlatiladi. Uyda foydalanish uchun qo„llanmaydi, chunki dasturlari 
mo„l-ko„l emas.
Windows 95 
Universal tizim, undan uyda, kichik korxonalar ofislarida va davlat muassasalarida 
foydalanishadi. Bu tizim operatsion tizimlarga bo„lgan ko„p talablarni qoniqtiradi, lekin doim ham 
eng yuqori darajada emas. Universalligi, do„stonaligi va dasturlar bilan to„yinganligiga muntazam 
ravishda yetarli darajada himoyalanganligi va ishonchli emasligi bilan haq to„lanadi. 
Windows 98 
Bu Windows 95 tizimi rivojidagi navbatdagi qadam. Asosiy farqi – birinchidan ishonchliroq va 
barqarorroq, ikkinchidan esa Internet imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga mo„ljallangan. 
Masalan, agar Siz Internetga ulanishni va unda ishlashni istasangiz, Siz buni birorta qo„shimcha 
dastur o„rnatmasdan amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun zarur bo„lgan narsaning hammasi 
Windows 98 da bor. 
Windows 2000 
Bu Windows NT tizimi rivojidagi navbatdagi qadam. Windows NT kabi bu tizim kasbiy 
qo„llanishga, birinchi navbatda kompyuter tarmoqlarida qo„llanishga, mo„ljallangan. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin