Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


 – Ma’ruza. Mavzu: ALTni yaratish printsiplari, tarkibi va strukturasi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

1 – Ma’ruza. Mavzu: ALTni yaratish printsiplari, tarkibi va strukturasi 
Ma’ruza rejasi: 
1.
ALTni yaratish printsiplari. 
1.1.
Texnikaviy ob‟yektni loyihalash 
1.2.
ALT – inson-mashina tizimidir 
1.3.
ALT – ierarxik tizim 
1.4.
ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir 
1.5. 
ALT – unifikatsiyalashgan modullar maksimal foydalaniladigan ixtisoslashgan 
tizimdir 
2.
ALT tarkibi va strukturasi. 
2.1. 
Loyihalovchi nimtizimlar 
2.2. 
Nimtizimga xizmat ko„rsatish (boshqarish) 
2.3. 
ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari 
Tayanch so‘zlar va iboralar 
Loyihalash, loyihalashni avtomatlashtirish, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, vositalar 
kompleksi, informatsion-qidiruv tizimi, ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi. 
1.1. ALTni yaratish printsiplari 
Texnikaviy ob’yektni loyihalash 
ushbu ob‟yekt obrazini qabul qilingan forma (shakl)da 
yaratish, qayta o„zgartirish va tasvirlab berish bilan bog„liq. Ob‟yekt yoki uning tarkibiy qismining 
obrazi inson tasavvurida ijodiy jarayon natijasida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o„zaro ta‟siri 
jarayonida ba‟zi algoritmlar bo„yicha yuzaga kelishi (генерироваться) mumkin. 
Loyihalash – loyihalash uchun topshiriq bo„lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning 
qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo„lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar 
ko„rinishida bo„ladi va 
ob’yektning birlamchi bayoni
vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini, 
odatda, ob‟yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun etarli ma‟lumotlarni jamlagan hujjatlarning 
to„liq komplekti o„taydi. Bu hujjatlar 
ob’yektning natijaviy bayoni
bo„ladi. 
Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlarning o„zaro ta‟siri y o„li 
bilan olinadigan loyihalash 
avtomatlashtirilgan
deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa, 
avtomatlashtirilmagan
loyihalash deb ataladi. 
Loyihalash
– bu ob‟yektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida 
berilgan sharoitda ham mavjud bo„lmagan ob‟yektni yaratish uchun zarur bo„lgan bayonini tuzish 
jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi 
jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo„lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish 
maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo„yicha ishlar majmuini o„z ichiga oladi. 
Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda ma‟lum sohada to„plangan 
tajriba va ko„nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish 
zarurati bo„lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o„ziga xos turidir. 
Loyihalashni avtomatlashtirish
deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning 
shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM 
bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi 
vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi 
funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash 
lozim. 
ALTni yaratish uchun: 

matematik metodlar hamda hisoblash texnikasi vositalarini qo„llash asosida loyihalashni 
takomillashtirish; 

izlash, ishlov berish va informatsiya (ma‟lumot)ni chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; 

optimallashtirish va ko„p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish

loyihalanayotgan ob‟yektlar, buyumlar va materiallarning matematik modellarini samarali 
qo„llash; 




ob‟yektlarni avtomatlashtirilgan loyihalash uchun zarur bo„lgan, ma‟lumotnoma tavsifidagi 
tizimlashtirilgan ma‟lumotlarga ega ma‟lumotlar bankini yaratish; 

loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiylashtirish) sifatini oshirish; 

ijodiy bo„lmagan ishlarni avtomatlashtirish hisobiga loyihalovchilar mehnatining ijodiy 
ulushini oshirish; 

loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish

ALT sohaqidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash; 

loyihalovchi 
bo„limlarning turli darajadagi hamda vazifasi har xil bo„lgan 
avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT)
– avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaruvchi 
loyihalovchi tashkilot yoki mutaxassislar jamoasi bilan bog„langan avtomatlashtirilgan loyihalash 
vositalarining majmuidir. ALT texnikaviy vositalar hamda matematik va dasturaviy ta‟minlashni 
birlashtiradi; matematik va dasturaviy ta‟minot muhandislik loyihalash va konstruktsiyalash 
masalalarining xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda tanlanadi. ALTda muhandisning EHM 
bilan operativ bog„lanishi vositalari, maxsus muammoli-yo„naltirilgan tillar va informatsion-
ma‟lumot bazasi qo„llanilishi hisobiga dasturlardan foydalanish qulayligi ta‟minlanadi. 
A L T n i n g a s o s i y v a z i f a s i – ob‟yekt va uning tarkibiy qismlarini loyihalashni 
avtomatlashtirilgan tarzda bajarishdir. ALT va uning tarkibiy qismlarini yaratishda tizimiy birlik, bir-
biriga mos kelish, tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bo„lish hamda rivojlanish printsiplariga 
amal qilish lozim. 
T i z i m i y
b i r l i k
p r i n t s i p i . Loyihalanayotgan ob‟yektning alohida 
elementlari va ob‟yektni to„liq loyihalashda tizimning bir butunligini va tizimiy «yangilik»ni 
ta‟minlaydi. 
B i r - b i r i g a m o s k e l i s h p r i n t s i p i ALTning tarkibiy qismlarining 
birgalikda ishlashini ta‟minlaydi va ochiq tizimni bir butunlikda saqlaydi. 
T i p i k
x u s u s i y a t l a r g a
q a r a b
t i p
v a
t u r l a r g a
b o „ l i s h
p r i n t s i p i ALTning tipiklashgan va unifikatsiyalashgan elementlarini yaratish va ulardan 
foydalanishga e‟tiborini qaratadi. 
R i v o j l a n i s h
p r i n t s i p i
ALT asosiy qismlarining to„ldirib borilishini
takomillashtirilishini va yangilanib borishini hamda darajasi va funktsional vazifasi turlicha bo„lgan 
avtomatlashtirilgan tizimlar bilan birgalikda ishlashini ta‟minlaydi. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin