Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


ALTning informatsion ta’minoti



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

2.3. ALTning informatsion ta’minoti 
Loyihalovchilar loyihalash jarayonida loyihaviy yechimlarni bevosita ishlab chiqish uchun 
foydalanishadigan ma‟lumotlar ALT informatsion ta‟minoti (IT) asosini tashkil qiladi. Ushbu 
ma‟lumotlar turli olib yuruvchi (носитель)lardagi u yoki bu ko„rinishdagi hujjatlar ko„rinishida 
taqdim qilinishi mumkin; bu olib yuruvchilarda materiallar komplektlovchi (butlovchi) buyumlar, 


12 
namunaviy loyihaviy yechimlar, elementlar parametrlari haqidagi ma‟lumot (справка) tavsifidagi 
axborotlar hamda oraliq va natijaviy loyihaviy yechimlar, loyihalanayotgan ob‟yektlar strukturasi va 
parametrlari va shu kabilar ko„rinishidagi joriy ishlamalarning holati haqidagi ma‟lumotlar bo„ladi. 
Bunda bir o„zgarish natijasi bo„lgan ma‟lumotlar boshqa jarayon uchun boshlang„ich ma‟lumot 
bo„lishi mumkin. ALTning hamma komponentlari tomonidan foydalaniladigan ma‟lumotlar majmui 
ALT informatsion fondini tashkil qiladi. ALT ITning asosiy funktsiyasi – informatsion fondni 
boshqarishdir, ya‟ni ma‟lumotlarga kira olishni hosil qilish, qo„llab-quvvatlash va tashkil qilishni 
ta‟minlaydi. Shunday qilib ALT IT – informatsion fond va uni boshqarish vositalarining majmuidir. 
ALT informatsion fondi tarkibiga quyidagilar kiradi: 

dasturaviy modullar; ular belgi (символ) ob‟yektaviy matn ko„rinishida saqlanadi. 
ALTning hayotiy sikli davomida bu ma‟lumotlar kam o„zgaradi, belgilangan o„lchamlarga ega 
bo„ladi va informatsion fond yaratilishi bosqichida paydo bo„ladi. Bu ma‟lumotlarning 
iste‟molchilari – ALT turli nimtizimlarining monitorlaridir; 

boshlang„ich va natijaviy modullar; ular bir ko„rinishdan ikkinchisiga o„zgarish jarayonida 
dasturaviy modullarni bajarishda zarur. Loyihalash jarayonida bu ma‟lumotlar tez-tez o„zgarib turadi, 
lekin ularning turi o„zgarmas bo„lib, bu tur mos dasturaviy modul bilan aniqlanadi. Oraliq 
ma‟lumotlarni tashkil qilishda turli turdagi ma‟lumotlarni o„zaro muvofiqlashtirish jarayonida 
tafovutli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin

me‟yoriy ma‟lumotnomaviy loyihaviy hujjatnoma (MMLH) o„z ichiga materiallar, 
sxemalar elementlari, unifikatsiyalashgan uzellar konstruktsiyalar haqidagi so„rov (справочным) 
ma‟lumotlarni oladi. Odatda bu ma‟lumotlar yaxshi strukturlangan va faktografik ma‟lumotlar 
qatoriga kiritish mumkin. Davlat va tarmoq standartlari, amal qilinadigan materiallar va yo„riqlar, 
namunaviy loyihaviy yechimlar, qat‟iy belgilangan (reglamentlangan) hujjatlar (bo„sh strukturlangan 
hujjatli ma‟lumotlar) ham MMLHga kiradi

loyihalashning borishida dialogni tashkil qilish maqsadida informatsiyani displey ekranida 
tasvirlash imkonini beradigan va kadr shaklini belgilaydigan o„zaro bog„langan ma‟lumotlar 
majmuini ifodalaydigan displeylar ekranlarining mazmuni. Odatda bu ma‟lumotlar ALT hayotiy 
tsikli davomida o„zgarmaydi; qat‟iy belgilangan o„lchamga ega bo„ladilar va o„zlarining 
xarakteristikalari bo„yicha dasturaviy modullar va boshlang„ich ma‟lumotlar orasida o„rin egallaydi; 
berilgan dialog grafi realizatsiyasi jarayonida ALT dialogli tizim tomonidan foydalaniladi; 

joriy loyihaviy informatsiya; loyiha holati va bajarilishining borishini aks ettiradi. Odatda 
bu informatsiya bo„sh strukturalangan, loyihalash jarayonida tez-tez o„zgaradi va matnli hujjatlar 
shaklida ifodalanadi. ALT informatsion fondini boshqarish usullarini tanlashda printsiplarni ta‟riflash 
va informatsion fond, ma‟lumotlarni strukturalash vositalarini aniqlash, ma‟lumotlar massivlarini 
boshqarish usullarini tanlab olishning ahamiyati katta. 
ALT informatsion fondini boshqarishning quyidagi usullarini farqlashadi: 

fayl tizimidan foydalanish; 

kutubxonalarni qurish; 

ma‟lumotlar bankidan foydalanish; 

adapterlar informatsion dasturlarini yaratish. 
F a y l l i t i z i m l a r d a n v a k u t u b x o n a l a r n i q u r i s h d a n foydalanish hisoblash 
tizimlarining ITni tashkil qilishda keng tarqalgan, chunki OT vositalari tomonidan qo„llab 
quvvatlanadi. ALT ilovalarida bu usullar dasturaviy modullarni simvolli va ob‟yektli kodlarda 
saqlashda, loyihalash jarayonini qo„llab-quvvatlashning dialogli stsenariylarini, boshlang„ich 
ma‟lumotlarning yirik massivlarini birlamchi kiritishini, matni hujjatlarni saqlashda qo„llaniladi. 
Lekin ular so„rovli ma‟lumotlarga tez kirishni ta‟minlashda, o„zgarib turuvchi ma‟lumotlarni 
saqlashda, joriy loyihaviy hujjatlarni boshqarishda, zarur bo„lgan matnli hujjatlarni qidirishda, har xil 
tilli modullar orasida o„zaro muloqotni tashkil qilishda ishga kam yaraydi. 
Uzluksiz ortib borayotgan informatsiya hajmini umumlashtirishning maqbul bo„lgan usullarini 
qidirib topish bo„yicha olib borilgan ishlar 60-yillar boshida «

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin