Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimlari
» (MBBT) deb ataluvchi maxsus dasturaviy komplekslar yaratilishiga olib keldi. 
MBBTning asosiy xususiyati – nafaqat ma‟lumotlarni o„zini, balki ular strukturasining 
bayonini ham kiritish va saqlash uchun protseduralarning mavjudligidir. Ularda saqlanayotgan 
ma‟lumotlar bayoni bilan jihozlangan va MBBT boshqaruvi ostida bo„lgan fayllar «Ma‟lumotlar 
banki» deb, so„ngra esa «
Ma’lumotlar bazasi
» (MB) deb atala boshlandi. 


13 
Misol: Samolyotlar harakatining jadvalini va Aeroport ishini tashkil qilish bilan bog„liq 
bo„lgan qator boshqa ma‟lumotlarni saqlash talab qilinsin. Buning uchun zamonaviy MBBTlarning 
biridan foydalanib jadvalning quyidagi bayonini tayyorlash mumkin: 
Jadval 
Jadvali tuzilsin 
(Reys_nomeri
Butun 
Hafta_kunlari
Matn (8) 
Jo„nash_punkti
Matn (24) 
Uchish_vaqti
Vaqt 
Borish_punkti
Matn (24) 
Borish_vaqti
Vaqt 
Samolyot_turi
Matn (8) 
Chipta_narxi
Valyuta) 
va u ma‟lumotlar bilan birga «Aeroport» MBsiga kiritilsin. 
Eng to„liq variantda MBBT quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo„lishi kerak: 

foydalanuvchi muhiti
– klaviatura yordamida ma‟lumotlarni bevosita boshqarish imkonini 
beradi; 

interpretator sifatida realizatsiya qilingan, ma‟lumotlarga ishlov berish amaliy tuzilishini 
dasturlash uchun 
algoritm tili
; interpretator dasturlarni tez tuzish va sozlash imkonini beradi; 

kompilyator
– tayyor bo„lgan dasturga mustaqil EXE-fayl shaklida tayyor kommertsiya 
mahsuloti ko„rinishini beradi; 

utilit-dasturlar
– o„zgarmas, oddiy operatsiyalarni tez dasturlashga xizmat qiladi 
(hisobotlar, ekranlar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari). 
MBBT – bu foydalanuvchi qobig„idir. Bunday muhit foydalanuvchining so„rovlarini tezlik 
bilan qonistirishga yo„nalganligi sababli, bu – doim intepretator-tizimdir. 
MBBTda dasturlash tilining mavjud bo„lishi muayyan masala va hatto muayyan 
foydalanuvchiga mo„ljallangan ma‟lumotlarga ishlov berish murakkab tizimlarini yaratish imkonini 
beradi. Faqat tilga ega bo„lib foydalanuvchi qobig„i bo„lmagan MBBTlar ham mavjud. Ular faqat 
dastur tuzuvchilarga mo„ljallangan; ular kompilyatsiyalovchi turdagi tizimlardir. Bunday paketlar 
faqat shartli ravishda MBBT deb atalishi mumkin. Odatda ularni kompilyatorlar deb atashadi. 
MBBT 
so‘rovlar tili
ma‟lumotlar bo„yicha ham dasturga va ham terminalga murojaat qilish 
imkonini beradi (2.1-rasm). 
So„rovni shakllantirib 
TANLANG Reys_nomeri, Hafta_kunlari, Uchish_vaqti 
JADVALDAN Jadval 
BU YERDA Jo‘nash_punkti = '
Toshkent

VA Qo‘nish_punkti = '
Kiev'
VA Uchish_vaqti > 17; 
kechki vaqtga «Toshkent – Kiev» jadvalini olamiz, quyidagi so„rov bo„yicha esa 
SONINI TANLANG (Reys_nomeri) 
JADVALDAN Jadval 
BU YERDA Jo‘nash_punkti = '
Toshkent

VA Qo‘nish_punkti = '
Minsk'
«Toshkent – Minsk» reyslari sonini olamiz. 
Lekin MBBT orqali ma‟lumotlarni almashtirish uchun, u yoki bu ilovalar uchun maxsus 
yaratilgan fayllardan shunday ma‟lumotlarni almashtirishga nisbatan, ko„proq vaqt talab qilinadi.
Ma‟lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi tillar yaratilgan; ular relyatsion algebraning hamma 
operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Ular orasida eng ko„p tarqalganlari – SQL 
(Structured Query Language – 
so‘rovlarning strukturlangan tili
) va QBE (Quere-By-Example – 
namuna bo‘yicha so‘rovlar
). Ikkala til ham juda yuqori darajadagi tilga kiradi; ular yordamida 


14 
foydalanuvchi ularni olish protsedurasini aniqlamay turib olinishi zarur bo„lgan ma‟lumotlarni 
ko„rsatadi. 
2.1-rasm. MBBTdan foydalanganda dasturlar va ma‟lumotlar orasidagi bog„lanish 
MBBT hamma foydalanuvchilarga jumladan: 

ma‟lumotlarning xotirada fizik joylashuvi va ularning bayoni; 

so„ralayotgan ma‟lumotlarni qidirib topish mexanizmi

bir xil ma‟lumotlarni, amaliy dasturlarni ko„p foydalanuvchilar bir vaqtning o„zida 
so„raganda hosil bo„ladigan muammolar; 

ma‟lumotlarni noto„g„ri yangilashlar va (yoki) ularga ruxsatsiz kirishdan himoyalashni 
ta‟minlash usullari; 

ma‟lumotlar bazasini dolzarb holda ushlab turish va h.k.lar haqida tushunchaga ega 
bo„lmagan yoki ega bo„lishni istamagan foydalanuvchilarga ham, ma‟lumotlarga kirish imkonini 
berish kerak. 
MBBT o„zining ushbu funktsiyalaridan asosiylarini bajarayotganda ma‟lumotlarning turli 
bayonlaridan foydalanishi kerak. Bu bayonnomalar qanday yaratiladi? 
Ma‟lumotlar bazasi loyihasini predmet (mavzu) sohasini tahlil qilishdan va alohida 
foydalanuvchilarning (tashkilot xizmatchilari; ma‟lumotlar bazasi ular uchun yaratiladi) unga 
qo„yadigan talablarini aniqlashdan boshlash zarur. Bu jarayon keyinchalik batafsilroq ko„riladi, bu 
yerda esa quyidagini qayd qilamiz – odatda loyihalash bir odamga (bir guruh odamlarga) – 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin