3 – Ma’ruza. Mavzu: ALT klassifikatsiyasi Ma’ruza rejasi: 1. ALT klassifikatsiyasi
1.1. Loyihalash ob‟yektining turi
1.2. Loyihalash ob‟yektlarining hillari
1.3. Loyihalash ob‟yektining murakkabligi
1.4. Loyihalashni avtomatlashtirish darajasi
1.5. Loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi
1.6. Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning tavsifi
1.7. Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning soni
1.8. Texnikaviy ta‟minot strukturasidagi darajalar soni
2. ALTning boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o„zaro ta‟siri
Tayanch so‘zlar va iboralar ALT klassifikatsiyasi, avtomatlashtirilgan ish joyi, loyihalash ob‟yekti, loyihalashni
avtomatlashtirish darajasi, loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi
3.1. ALT klassifikatsiyasi ALTni klassifikatsiyalash asosida quyidagi asosiy masalalar yig„iladi:
−
o„rnatilgan klassifikatsiya belgilari majmui bo„yicha ALTning yiriklashgan formallashgan
bayonini shakllantirish;
−
sanoat va qurilish tarmoqlarining tashkilotlarida yaratilayotgan ALTlarni belgilash;
−
ALTni yaratish va rivojlantirish jarayonida loyihalashni avtomatlashtirish darajasi,
loyihalashning avtomatlashtirilishi kompleksliligi va ALTning boshqa ko„rsatkichlari qiymatlarini
oshirishni rejalashtirish;
−
ALTni yaratish, funktsiya qilishi va rivojlanishi jarayonini mutaxassislar, texnikaviy
vositalar, energiya, informatsiya, moliya va boshqa resurslar bilan ta‟minlashning texnikaviy
asoslangan me‟yorlarini ishlab chiqish uchun shartlarni berish.
GOST 23501.108-85 ga muvofiq ALTning formallashgan bayonini
−
standart o„rnatgan klassifikatsiya belgilari bo„yicha ALT klassifikatsion guruhlarining
kodlarini;
−
klassifikatsion guruhlar nomlarini (keltirilgan kodlarga muvofiqligini);
−
har bir klassifikatsion guruh kodi qaysi klassifikator, standart yoki metodikaga muvofiq
aniйlanganligi bo„yicha ko„rsatmalarni o„z ichiga oladi.
ALTni quyidagi belgilar tavsiflaydi: turi, xili (raznovidnost), loyihalash ob‟yektining
murakkabligi; loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi; tayyorlanadigan loyihaviy
hujjatlarning xarakteri va soni ALT texnikaviy ta‟minoti turidagi darajalar soni.
Uchta birinchi belgilar loyihalash ob‟yektining xususiyatlarini aks ettiradi, keyingi to„rttasi
tizimning imkoniyatlarini, sakkizinchi belgi esa – ALT texnikaviy bazasining xususiyatlarini
ifodalaydi. Muayyan ALT haqida umumiy tushunchaga ega bo„lish uchun u sanalgan belgilar
bo„yicha baholangan bo„lishi kerak. Ularni batafsil ko„rib chiqamiz.