O’zbekiston Respublikasi
Urganch Davlat pedagogika institute Sirtqi bo’lim maktabgacha ta’lim 234 guruh Talabasi
KENJABOYEVA FOTIMANING
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanidan tayyorlagan
REFERATI
Mavzu: Mahalla institutining bola rivojlanishidagi ro’l REJA: 1. Oila tarbiyasining mohiyati. 2. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. 3. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. 4. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. 5. Oilaviy tarbiyada hamkorlik.
Oila tarbiyasining mazmuni va mohiyati. «Oila yangi avlodning vujudga kelishini taqozo etadi. Shu sababli nikoh ota-onalar bilan farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirib, turadi. Ijtimoiy hodisa bo’lgan oila yashagan davri xususiyatlarini hamisha o’zida aks ettiradi».
Bugungi iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar bo’sag’asida oila vazifasi, mas’uliyati yanada oshdi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek: «Respublikada sobitqadam bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish – bosh vazifadir. Mehnatsevar va badavlat ma’naviy yetuk va madaniyatli oila – shu jamiyatning asosini tashkil etadi».
Oila tarbiyasiga pedagogik rahbarlik. Pedagoglarning ota-onalar bilan hamkorligi. Hozirgi kunda maktablarda oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi fani o’tilmoqda. Bu fanda albatta oila va nikoh, yoshlar ma’naviy dunyosining go’zalligi, farzand, oilaviy munosabatlar to’g’risida ko’p ibratli ta’lim berilgan. Pedagoglar dars jarayonida, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda ham muntazam ravishda o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashga e’tiborlarini qaratishadi, biroq bu harakat bir tomonlama bo’lib yetarli natija bermaydi. Chunki doim ham o’qituvchilarning dunyoqarashi o’quvchi ota-onasining dunyoqarashi bilan to’g’ri kelmaydi. Natijada bir xil mavzu bo’yicha paydo bo’lgan qarama-qarshi fikrlar talabada ishonchsizlik tuyg’usini paydo qiladi. Shuning uchun ham oilaviy tarbiyaga ikki tomonlama yondashmoq zarur. Xalq pedagogikasi tajribasiga asoslangan holda pedagoglar va ota-onalar hamkorlikda o’quvchilarga quyidagi yo’nalishlarda tushuncha berishlari lozim:
1. Oila so’zining asl mohiyati, vazifalari, jamiyatdagi o’rni;
2. O’zbek xalq oilalari an’analari, udumlari, urf-odatlari;
3. Xalq pedagogikasi tajribalari;
5. Oilada ota va ona o’rni;
6. Oilada farzandlar o’rni;
7. Qarindosh-urug’chilik iplari;
8. Qo’ni-qo’shni munosabatlari;
9. Yaxshilik, yaxshilik va yana yaxshilik, haqida;
10. Vatanga sadoqat.
Oila–tarbiya o’chog’i dedik. Bu o’choqda barkamol farzandlar pishib etilishi uchun buyuk davlatimiz, havas qilsa arzigulik Prezidentimiz, jonkuyar xalqimiz barcha sharoitlarni yaratib bermoqda.
Bunga javoban biz ham oz bo’lsada o’z hissamizni qo’shishimiz shart deb o’ylaymiz.
Prezidentimiz I. A. Karimov so’zlari bilan aytganda: «Mendan eng katta boylik nima deb so’rasa, bilimli, aqlli, odobli, ertangi kunni o’ylaydigan farzand ota-onaning eng katta boyligi deb aytgan bo’lur edim. Bunday boylikga ega bo’lganlarni jamoa boy-badavlat ota-ona, boy-badavlat oila deb tan oladi. Bunday oila hech qachon xor bo’lmaydi».