25
hujjatlarining to„liq komplektidan iborat bo„lib, ushbu ob‟yektni tayyorlash va ekspluatatsiya qilish
jarayonida foydalanish uchun mo„ljallanadi. Ba‟zi oraliq loyihaviy
yechimlar ham THYaTga
muvofiq shakllantiriladi. Lekin loyihalashning o„zida foydalanishga mo„ljallangan oraliq yechimlar
uchun ularni ushbu loyihalash tizimida qabul qilingan maxsus shaklda ifoda etish xarakterlidir.
Xususan, bayonlar turli til shaklini qabul qilishi va ALTning turli xotirani saqlovchi qurilmalarida
joylashishi mumkin. Bu bayonlarda loyihalash ob‟yektlarining matematik
modellarining salohiyati
katta, chunki avtomatlashtirilgan loyihalashda loyihaviy protseduralarni bajarish matematik modellar
bilan ish ko„rishga asoslangan.
Texnikaviy ob’yektning matematik modeli (MM)
– texnikaviy ob‟yektning ba‟zi xossalarini aks
ettiruvchi matematik ob‟yektlar (sonlar, o„zgaruvchilar, matritsalar, ko„pchiliklar va sh.k.) tizimi va
ular orasidagi munosabatlardir. Loyihalashda ob‟yektning muhandis nuqtai nazaridan ahamiyatli
hisoblangan xossalarini aks ettiruvchi matematik modellardan foydalanishadi.
Ob‟yektning ma‟lum
ierarxik darajadagi, jumladan MMdagi, bayonlarida
aks ettiriladigan
xossalari orasida tizimlar, tizimlar elementlari va ob‟yekt funktsiyasini bajarishi lozim bo„lgan tashqi
muhitlarni farqlashadi. Ushbu xossalarning miqdoriy ifodasi
parametrlar
deb
nomlanuvchi
kattaliklar yordamida amalga oshiriladi. Tizim, tizim elementlari va tashqi muhit xossalarini
tavsiflovchi kattaliklar mos ravishda chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: